O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

Bankni ixtiyoriy tugatish kreditorlar va omonatchilar oldida majburiyatlar 
bajarilishini ta’minlash imkoniga ega bo‘lgan bank aktsiyadorlari umumiy 
yig‘ilishi tomonidan bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risida qaror qabul 
qilingan hollarda amalga oshirilishi mumkin. 
Majburiy tugatish Markaziy bankning bank faoliyatini amalga oshirish 
huquqini beruvchi litsenziyasini chaqirib olish to‘g‘risidagi qaroriga asosan amalga 
oshriladi. 
Markaziy bank quyidagi hollarda: 
a) bankning passivlari aktivlaridan oshib ketganda va bank to‘lovga 
layoqatsiz holga kelganda;  
b) litsenziya berish haqiqiy bo‘lmagan ma’lumotlarga asoslangan bo‘lsa; 
v) bank o‘z omonotchilari va boshqa kreditorlari oldida o‘z majburiyatlarini 
bajara olmay qolganda; 
g) hisobotlarda doimiy ravishda xatolarga yo‘l qo‘yilganda; 
d) bank faoliyati va operatsiyalarini amalga oshirishda qonun talablari 
buzilganda; 
e) bank kapitalining etarlilik koeffitsienti Markaziy bank tomonidan 
o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorning 75 foizidan kam bo‘lsa; 
yo) bank oxirgi uch chorakning har oyi davomida regulyativ kapitalning 10 
foizidan ortiq yoki davriga qaramasdan regulyativ kapitalning 50 foizidan ortiq 
zararga ega bo‘lsa va boshqa hollarda bank kreditorlari va omonotchilarining 
talablarini qondira olmaydigan holatga tushganda, Markaziy bank tomonidan 
litsenziyani chaqirib olish va bankni majburiy tugatish to‘g‘risida qaror qabul 
qilinganda bank majburiy tugatiladi. Banklarni tugatish to‘g‘risidagi nizomning 4-
bo‘limida tugatuvchi (likvidator) vakolatlari va majburiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. 


130 
Tugatuvchi tayinlangan kundan boshlab bank boshqaruvi tugatuvchining 
ixtiyoriga o‘tadi va har bir bajarilgan operatsiya va faoliyat uchun tugatuvchi 
javobgar hisoblanadi. Tugatuvchi bankning aktiv va passivlari ustidan nazoratni 
amalga oshiradi, 
-bankning barcha ishlarini bajarishga mas’ul hisoblanadi; 
-kreditorlarning talabini qondirishga loyiq bahoda bank aktivlarini sotish; 
-doimiy ravishda lozim darajada bank hisobotini yuritish va Markaziy bankka 
hisobot berib borish; 
-bank faoliyatiga etkazgan zarari va noto‘g‘ri qaror qabul qilgan hollarda 
tugatuvchi javobgar hisoblanadi. 
Tugatuvchi bankni boshqarish, bank nomidan ish ko‘rish,bank aktivlarini 
aniqlash va ularni boshqarish, bank aktivlari va mulkini saqlash,zarur hollarda 
shartnoma asosida xodimlarni jalb qilish,bankning moliyaviy holatidan kelib 
chiqib xodimlarga ish haqi miqdorini belgilash, sudda tugatilayotgan bankning 
nomidan ishtirok etish va boshqalarni amalga oshirish huquqiga ega. 
Barcha ishlar tugatilgandan keyin tugatuvchi Markaziy bankka amalga 
oshirgan ishlari bo‘yicha hisobot va tugatuv balansini taqdim etadi.
Likvidator (tugatuvchi) Markaziy bank bilan kelishilgan holda aktsionerlar 
umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni tugatish to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgan 
kundan boshlab 3 kun mobaynida tayinlanadi. Tugatish jarayonining maqsadi bank 
omonatchilari va kreditorlari talablarini tezlik bilan qondirishdan iborat. Bankni 
tugatish jarayoni Markaziy bank boshqaruvining litsenziyalarni qaytarib olish 
to‘g‘risidagi qarori chiqqan kundan boshlangan deb hisoblanadi. Tugatilayotgan 
bankning Markaziy bank majburiy zaxiralar hisob varag‘ida hisobda turgan 
mablag‘lari tugatuvchi tomondan bankni tugatish jarayoni boshlanganligi 
to‘g‘risidagi tasdiqnoma taqdim etilgandan so‘ng bankning tugatish hisob 
varag‘ida aks ettiriladi. Markaziy bank tomonidan tugatish jarayoni boshlangandan 


131 
so‘ng aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishi, boshqa organlar vakolatlari to‘xtatiladi va 
boshqa cheklovlar kiritilishi mumkin. Bank hisobidan va nomidan hech qanday ish 
bajarilmaydi, qarz majburiyatlari muddati o‘tgan hisoblanadi. Bankning tugatilish 
jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: 
- moddiy nazorat va inventarizatsiya; 
- aktivlarni tekshirish; 
- aktivlarni baholash va sotish; 
- sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish; 
- tugatish jarayonini aniqlashtirish. 
Bank tugatilishi boshlangandan so‘ng Markaziy bank moddiy nazoratni 
o‘rnatadi va likvidator inventarizatsiya o‘tkazadi. SHuningdek likvidator aktivlarni 
tekshirib tugatish hisobotini tayyorlashi lozim. Unda yakuniy balans, vakillik hisob 
varaqalari ahvoli to‘g‘risidagi hisobotlar, pul mablag‘lari va valuta hisobini 
yuritish, balans va kredit portfeli bo‘yicha kreditor qarzdorligini tekshirish 
natijalari aks ettirilishi lozim. Likvidator bank aktivlari bo‘lgan ya’ni pul 
mablag‘lari, ssudalar, qimmatli qog‘ozlar, valuta mablag‘larini baholaydi va 
sotadi. Tugatuvchi aktivlarni tekshiruvdan o‘tkazgandan keyin, vakillik hisob 
varaqlarinig holati, pul va valuta mablag‘lari hisobini yuritadi, kreditor qarzdorlik 
va bank inventar vositalarini o‘zida aks ettiruvchi yakuniy balansni tuzadi. Pul 
mablag‘lari, ssudalar, qimmatli qog‘ozlar, valuta mablag‘lari bankning moliyaviy 
aktivlari hisoblanadi. Pul mablag‘lari, valuta, monetalar, hisob raqamidagi 
mablag‘lar nominal qiymati bo‘yicha baholanadi. Qimmatli qog‘ozlar fond 
birjasidagi holat bo‘yicha baholanadi. Kredit portfeldagi kreditlar uchinchi 
tomonga sotiladi Kreditlar bahosi ularning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Muammoli kreditlar bo‘yicha olingan ta’minot sotuvga qo‘yiladi yoki sudda 
ko‘rib chiqishga o‘tkaziladi. Tugatuv jarayonida jismoniy shaxslarning omonotlari 
birinchi navbatda, to‘lanadi. 
Likvidator nizomga asosan omonatchilar va kreditorlar talabini qondirish 
kerak. Tugatish ishlari yakunlangandan so‘ng likvidator bajarilgan ishlar 


132 
to‘g‘risidagi yakuniy hisobotni va tugatish balansini tuzadi va Markaziy bankka 
taqdim etadi. Markaziy bank likvidator taqdim etgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, 
bankni banklarni ro‘yxatga olish Davlat kitobidan chiqarib tashlash to‘g‘risida 
qarorni qabul qiladi. Tugatuvchi tomonidan qonunchilik talablari buzilgan hollarda 
Markaziy bank boshqa tugatuv komissiyasini yoki tugatuv komissiyasi a’zolarini 
tayinlashi mumkin. Tugatuv komissiyasi faoliyati va tugatuv jarayonlarini 
Markaziy bank doimo nazorat qilib boradi. Bankni tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan 
barcha harajatlar mazkur bank hisobidan amalga oshiriladi. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling