O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Bank tugatilayotganida omonatchilar va kreditorlar talablarining ko‘rib


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

Bank tugatilayotganida omonatchilar va kreditorlar talablarining ko‘rib 
chiqilishi hamda qondirilishi tartibi. Likvidator tayinlanganidan keyin bir kunlik 
muddatda ikkita markaziy gazetada kreditorlar talablarini tasdiqlovchi xujjat bilan 
birgalikda talablarni bildirish tartibi va muddati hamda kreditorlar o‘z talablarini 
da’vo qilishlari mumkin bo‘lgan manzilni ko‘rsatgan holda bankni tugatish ishlari 
boshlanganligi to‘g‘risidagi xabarnomani beradi. Talablarni bildirish muddati 
tugatish jarayoni boshlanganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab ikki 
oydan kam bo‘lmasligi lozim. Ushbu muddat tugaganidan keyin likvidator 
tomonidan qo‘yilgan talablar qabul qilinmaydi. 
Likvidator bankni tugatish ishlari boshlanganligi to‘g‘risida barcha kreditorlar 
va omonatchilarni yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda tugatuvchi xabarnomada 
ularning shaxsiy xisobvaraqlarida qayd etilgan qarz yoki omonat miqdorini 
ko‘rsatadi. 
Xabarnomada likvidator da’volarni berish muddatini ma’lum qiladi. Ushbu 
muddat tugagach da’volar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi. 
Kreditorlar va tugatilayotgan bankning o‘zaro majburiyatlari mavjud bo‘lsa, 
ular o‘zaro qoplanishiga yo‘l qo‘yiladi. O‘zaro qoplash quyidagi talablarga rioya 
qilingan holda amalga oshiriladi: 
- o‘zaro qoplash faqat to‘lov muddati etib kelgan majburiyatlar bo‘yicha 
ruxsat etiladi; 


133 
- biron bir majburiyat bo‘yicha e’tiroz bildirilmaydi; 
- ikkala tomon ham qarzni inkassatsiya qilish va to‘lash xuquqiga ega bo‘lishi 
shart; 
- avtomatik ravishda o‘zaro qoplashga yo‘l qo‘yilmaydi, tomonlar bir-biriga 
ariza bilan murojaat qilishlari shart; 
- turli valyutalardagi majburiyatlarning o‘zaro qoplanishi Markaziy bankning 
uni bajarish kunidagi ayirboshlash kursi bo‘yicha amalga oshiriladi; 
- bankka aloqador shaxslar bank oldidagi majburiyatlarini bajarmasa, ularga 
bankning boshqa qarzdorlariga qo‘yilayotgan talablar qo‘yiladi; 
- bog‘liq shaxslarga berilgan qarzlarga oid majburiyatlarning o‘zaro 
qoplanishiga ruxsat etilmaydi; 
- aksiyadorning aksiyadorlik kapitalini to‘lashga doir bank oldidagi 
majburiyatlari bankning Ushbu aksiyador oldidagi boshqa majburiyatlari bilan 
qoplanishi mumkin emas. 
O‘zaro qoplashda omonatchilar va kreditorlar talablarini qondirish navbati 
hisobga olinadi. 
Bank tugatilayotganda uning kreditorlari talablari amaldagi qonunchilikda 
belgilangan tartibda qondiriladi.
Jismoniy shaxs bo‘lgan omonatchilar tugatishdan kelib tushgan tushumlar 
hisobiga o‘z omonatlarini olishdan ustivorlikka egadirlar. 
Tugatilayotgan bankning mulki birinchi navbatdagi barcha talablarni to‘liq 
qondirish uchun etarli bo‘lmasa, mavjud mablag‘lar amaldagi qonunchilikka 
muvofiq kreditorlar o‘rtasida taqsimlanadi. 
quyidagi hollarda kreditorlarning talablarini qondirishdan bosh tortilishi 
mumkin: 


134 
a) talabnomalar belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng olingan bo‘lsa; 
b) tugatuvchi tomondan asossiz deb topilgan bo‘lsa. 
Likvidator kreditorlar tomonidan talablarni bildirish muddati tugaganidan 
so‘ng kreditorlar talablarini qondirishga doir quyidagi choralarni ko‘rishi lozim: 
- qabul qilingan talablar ro‘yxatini tuzish; 
- tugatuvchi tasdiqlamagan talablarni rad etish; 
- har bir kreditor qarzi miqdori va talablarini to‘lash ketma-ketligini belgilash; 
- kreditorga ularning talablari qabul qilinganligi yoki rad etilganiligi 
to‘g‘risida ma’lum qilish; 
- oraliq balansni tuzish. 
Kreditorlar talablarini qondirish rad etilganligi to‘g‘risida ularning manziliga 
yozma tarzda xabarnoma jo‘natiladi. 
Kreditor talablarini qondirish rad etilgan yoki uni ko‘rib chiqishdan bosh 
tortilgan holda u likvidatorga nisbatan da’vo bilan sudga murojaat qilishi mumkin. 
Tugatilayotgan bankning pul mablag‘lari kreditorlar talablarini qondirish 
uchun mavjud bo‘lmasa, tugatish komissiyasi sud qarorlari ijrosi uchun 
belgilangan tartibda Kim oshdi savdolari orqali bank mulkini sotadi. 
Tugatilayotgan bankning mulki etarli bo‘lmaganligi tufayli kreditorning 
qondirilmagan talablari to‘langan hisoblanadi. 
SHuningdek, kreditor da’vo bilan sudga murojaat qilmagan bo‘lsa, tugatuvchi 
tomonidan tan olinmagan hamda sud qarori bilan kreditorning talablari qondirilishi 
rad etilgan talablar to‘langan hisoblanadi. 
Kreditorlar talablari qondirilganidan so‘ng qolgan bank mulki qonunchilikda 
belgilangan tartibda taqsimlash uchun bank aksiyadorlariga beriladi. 


135 
Tugatish jarayonini yakunlash. Tugatish ishlari yakunlanganidan so‘ng 
tugatish komissiyasi (likvidator) bajarilgan ishlar xaqida yakuniy hisobot va 
yakuniy balans tuzadi.
O‘z ishini yakunlagan likvidator Markaziy bankka quyidagilarni taqdim qiladi: 
- tugatish komissiyasining Markaziy bank tasdiqlaydigan qilingan ishlar 
to‘g‘risidagi hisoboti; 
- bank aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy yig‘ilishining bankni tugatish 
(ixtiyoriy ravishda tugatilganda) to‘g‘risidagi bayonnomasi; 
- Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyani qaytarib olish to‘g‘risidagi 
qarori; 
- bankni tugatish to‘g‘risida gazetalarda e’lon qilingan axborot nusxasi; 
- tugatish komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi qaror; 
- bankning oxirgi ish kunidagi balansi; 
- tugatish balansi; 
- balansdan tashqari hisobvaraqlar bo‘yicha tugatish balansi; 
- soliq inspeksiyasining tugatish dalolatnomasi; 
- yo‘q qilish uchun bank xujjatlari va yig‘majildlari ajratilganligi to‘g‘risida 
dalolatnoma; 
- xujjatlarni arxivda saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasi; 
- muhrlar yo‘q qilish uchun xuquqni muhofaza qilish organlariga 
topshirilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma. 
Markaziy bank taqdim etilgan xujjatlarni ko‘rib chiqib, bankni Banklarni 
ro‘yxatga olish Davlat kitobidan o‘chirib chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qarorni 
qabul qiladi. 


136 
Bankni Banklarni ro‘yxatga olish Davlat kitobidan o‘chirib chiqarib tashlash 
to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng 10 kun davomida Markaziy bank 
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga hamda bank joylashgan manzil bo‘yicha 
ularning organlariga bank tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni etkazadi. Bank 
Banklarni ro‘yxatga olish Davlat kitobidan o‘chirib tashlangan vaqtdan boshlab 
tugatilgan hisoblanadi. 
Bank xo‘jalik sudining bankni to‘lovga qobiliyatsiz (bankrot) deb topishi 
xaqidagi hal qiluvchi qarori asosida tugatilayotgan chog‘da O‘zbekiston 
Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq (yangi taxrirda) 
tugatish ishlari amalga oshiriladi. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling