O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


-§. Valyuta operatsiyalari tushunchasi va amalga oshirilishining umumiy


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

2-§. Valyuta operatsiyalari tushunchasi va amalga oshirilishining umumiy 
qoidalari 
Valyuta operatsiyalari deganda valyuta boyliklariga nisbatan mulk xuquqini 
bir shaxsdan boshqa shaxsga o‘tkazish, xususan, ulardan to‘lov vositasi sifatida 
foydalanish, uni sotish yoki sotib olish, O‘zbekiston xududiga olib kirish yohud 
chetga olib chiqish, xalqaro pul jo‘natmalarini amalga oshirish bilan bog‘liq 
bo‘lgan amaliyotlar nazarda tutiladi. 
Valyuta operatsiyalari vakolatli banklar yoki boshqa muassasalar orqali 
amalga oshirilishi mumkin. Rezidentlar bilan norezidentlar o‘rtasida milliy 
valyutada amalga oshiriladigan operatsiyalar ham valyuta operatsiyalari bo‘lib 
hisoblanadi. 


304 
Joriy xalqaro operatsiyalar va kapital harakati bilan bog‘liq valyuta 
operatsiyalari o‘zaro farqlanadi. 
Joriy xalqaro operatsiyalarga quydagilar kiradi:
• tashqi savdo, boshqa joriy faoliyat olib borilishi, shu jumladan xizmatlar 
ko‘rsatilishi munosabati bilan, shuningdek odatdagi qisqa mudatli bank va 
kredit mexanizimlari ishlashi munosabati bilan to‘lanishi zarur barcha 
to‘lovlar;
• foizlar va boshqa daromadlar ko‘rinishida, shu jumladan bank omonatlari, 
kriditlar hamda lizing bo‘yicha olinadigan foizlar va boshqa daromadlar 
shaklida, shuningdek boshqa investitsiyalardan olinadigan sof daromad 
shaklida to‘lanishi zarur to‘lovlar;
• kriditlarni, qarzlarni uzish uchun yoki to‘g‘risidan – to‘g‘ri investitsiyalar 
amortizatsiyasi uchun maqbul summalarni to‘lash;
• savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan pul jo‘natmalarining maqbul summalari.
Savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan pul jo‘natmalariga quydagilar kiradi:
• ish xaqi, stipendiyalar, pensyalar, alimentlar to‘lash;
• xodimlarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga 
yuborish bilan xarajatlarni to‘lash;
• talim va davolanish uchun haq to‘lash;
• O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlaridagi diplomatik va boshqa 
vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo yoki 
hukumatlararo tashkilot huzuridagi doimiy vakolatxonalari ta’minoti uchun 
haq to‘lash. 
• Notarial va tergov xarakatlari bilan bog‘liq to‘lo‘vlar, shuningdek bunday 
xarakatlarni amalga oshirish va ishlarni sudlarda ko‘rish munosabati bilan 
davlat boji to‘lash; 
• sudning, arbitrajning, shuningdek tergov va boshqa huquqini muhofaza 
qiluvchi organlarining karorlari asosida pul mablaglari to‘lash; 


305 
xalkaro kongresslar, simpoziumlar, konferensiyalarda, sport va madaniy 
tadbirlarda shuningdek boshqa xalqaro uchrashuvlar, ko‘rgazmalar va 
yarmarkalarda ishtirok etganlik uchun to‘lovlar investitsiya bilan bog‘liq va 
moddiy xarajatlar bundan mustasno;
• dafn qilish bilan bog‘liq to‘lovlar; 
• mualiflik haqini to‘lash, patent bojlarini to‘lash va intellektual mulk 
sohasidagi litsenziya shartnomalari bo‘yicha haq to‘lash;
• xalqaro notijorat tashkilotlariga badallar; 
• O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan boshqa 
operatsiyalar.
Joriy xalqaro operatsiyalar va chet el valyutasini ular bilan bog‘liq holda sotib 
olish yoki sotish cheklovlarsiz amalga oshiriladi. 
Kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari joriy xalqaro 
operatsiyalar hisoblanmaydigan barcha operatsiyalar, shu jumladan:
• investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
• kriditlar olish va berish, lizing operatsiyalarining amalga oshirish
• ko‘chmas mulk sotib olish va sotish;
• xorijiy davlatlardan mablag‘larini hisobvaraqalarini va omonatlarga jalb 
etish hamda xorijiy davlatlarda mablag‘larni hisobvaraqalari va omonatlari 
joylashtirishi kiradi.
O‘zbekiston Respublikasiga to‘g‘ridan - to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb 
etish va ularni repatriatsiya qilish, shuningdek to‘g‘ridan – to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalarni amalga oshirish munosabati bilan olingan huquqlardan 
foydalanish cheklovlarisiz amalga oshirish. 
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik va boshqa vakolatxonalari
ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ko‘chmas mulk 
ob’ektlari olish va ularni ko‘rish bo‘yicha kapital harakati bilan bog‘liq valyuta 
operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan 


306 
amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan 
belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimatli qog‘ozlar 
muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimatli qog‘ozlar sotib 
olinishi, shuningdek rezidentlar chiqarga qimmatlar qog‘ozlar bozorni tartibga 
solish va muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank bilan birgalikda belgilanadi.
Jismoniy shaxslar:
• o‘z mulkida O‘zbekiston Respublikasida olingan yoki sotib olingan valyuta 
boyliklariga ega bo‘lishga; 
• vakolatli banklarga va ularning filiallarida chet el valyutasida hisobvaraqalar 
ochish hamda omonatlar qo‘shishga; 
• bank hisobvaraqalarini ochgan holda yoki bunday hisobvaraqalarini ochmay 
turib xalqaro pul jo‘natmalarini amalga oshirishga; 
• valyuta boyliklarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston 
Respublikasiga o‘tkazish, olib kirish va jo‘natishga, shuningdek O‘zbekiston 
publikasida o‘tkazish, olib chiqish va jo‘natishga;
• valyuta boyliklaridan qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda 
foydalanishga; 
• qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishiga haqli. 
O‘zbekiston Respublikasi xududida chet el valyutasini sotib olish va sotish 
yuridik shaxslar tomonidan vakolatli banklar orqali; 
Jismoniy shaxslar tomonidan vakolatli banklar, ularning filiallari va 
ayiraboshlash shoxobchalari orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish 
bo‘yicha operatsiyalar milliy valyutasining chet el valyutasiga nisbatan chet el 
valktasiga bo‘lgan talab hamda taklifning joriy nisbati asosida shakillanadigan 
almashuv kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.


307 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalari bo‘yicha 
buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti hamda boshqa hisobot maqsadlari uchun, 
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank valyutasi operatsiyalari 
hisobi, statistika hisobati hamda boshqa hisobat maqsadlar uchun, shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni 
hisoblash uchun milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini muntazam
ravishda belgilab boradi. 
Jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Resspublikasi hududiga naqd chet el 
valyutasini olib kirish cheklovlarisiz amalga oshiriladi. 
Rezident jismoniy shaxslar nakd chet el valyutasini olib chiqish xuquqini 
tasdiqlovchi xujjatlarni ko‘rsatmasdan qonun xujjatlarida belgilangan miqdordagi 
naqd chet el valyutasini olib chiqish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini 
ko‘rsatmasini qonun hujjatlarida belgilangan miqdordagi naqd chet el valyutasini 
O‘zbekiston Respublikasidan bir yo‘la olib chiqishlari mumkun. 
Qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiq bo‘lgan naqd chet el 
valyutasining rezident jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqilishi ulardan 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki vakolatli banklar tomonidan 
beriladigan, O‘zbekiston Respublikasidan naqd chet el valyutasini olib chiqish 
huquqini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. 
Norezident jismoniy shaxslar:
Bojxona deklaratsiyasiga muvofiq olib kirilgan naqd chet el valyutasi 
miqdoridagi naqd chet el valyutasini; 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va vakolatli banklar tomonidan 
beriladigan, ularning naqd chet el valyutasini olib chiqish huquqini tasdiqlovchi 
hujjatlar bo‘lgan taqdirda esa olib kirilgan naqd chet el valyutasidan ko‘p bo‘lgan 
miqdordagi naqd chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasidan bir yo‘la olib 
chiqishlari mumkun. 


308 
Rezident hamda norezident yuridik shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasi 
va milliy valyutasini olib kirish hamda olib chiqish bo‘yicha opersiyalarni amalga 
oshirish taqiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va vakolatli 
banklar bundan mustasno. 
Vakolatli banklar tomonidan naqd chet el valyutasi va milliy valyutasini olib 
kirish hamda olib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 
ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. 
Rezident va norezident jismoniy shaxslarni naqd milliy valyutasini olib kirish 
hamda olib chiqish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Rezident 
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli banklarda 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda chet el 
valyutasida hisobvaraqlar ochishlari mumkin. 
Rezident yuridik shaxslar chet el valyutasidagi mablag‘lar O‘zbekiston 
Respublikasi 
hududidagi 
vakolatli 
banklardagi 
valyuta 
xisob
varaqlarida saqlanadi va ular tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil 
ravishda foydalanadi. 
Rezident yuridik shaxslar tomonidan olinadigan chet el valyutasi, shu 
jumladan tavarlar (ishlar, xizmatlar) ekisportidan olingan valyuta tushumi, agar 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqacha qoida belgilagan bo‘lmasa, 
ularning vakolatli banklardagi hisobvaraqlariga o‘tkazilishi shart. 
Rezident yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi 
banklarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan 
tartibda milliy valyutada va chet el valyutasida hisobvaraqlar ochishga hamda 
ulardan foydalanishga haqlidir. 
O‘zbekiston Respublikasining rezident jismoniy shaxslar, diplomatiya va 
boshqa vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tashkilotining chet 
eldagi, xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ulanmaydigan 


309 
vakolatxonalari O‘zbekiston respublikasidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga 
hamda bu hisobvaraqlardan foydalanishga xaqli va faoliyat ko‘rsatishi davrida 
bunga yo‘l qo‘yiladi. Ularning chet elda bo‘lishi yoki faoliyati ko‘rsatishi 
tugagach, hisobvaraqalari yopilishi lozim, hisobvaraqlardagi mablag‘larning 
qoldiqlari esa O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkaziladi. 
O‘zbekiston Respublikasida qonun xujjatlarida bevosita nazarda tutilgan 
hollardan tashqari barcha hisob-kitoblar va to‘lovlar milliy valyutada (so‘mda) 
amalga oshiriladi 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling