O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
III. Depozitarlik faoliyati. Tijorat banklari «Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida»gi qonun, «Qimmatli qog‘ozlar bozorida depozitariylar faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasi, fuqarolik kodeksining 896-moddasi va boshqa qonun hujjatlariga ko‘ra boyliklarni, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlarni omonat saqlashi mumkin. Tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlarning hisob-kitobini olib borish va saqlash mijoz bilan o‘zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq tarzda amalga oshiriladi. Ular umumiy bank litsenziyasi asosida depozitar faoliyati Bilan shug‘ullanadilar va bu faoliyat davomida qimmatli qog‘ozlarni hisobga olib borish va saqlashdan tashqari ularni o‘tkazish, sotish va sotib olish, buhgalteriya hisob- kitobini to‘g‘ri yuritilishini kuzatib borish va boshqa operatsiyalarni ham ro‘yobga chiqarish mumkin. Bank depozitariy sifatida asosan uch turdagi operatsiyalarni: - ma’muriy operatsiyalari; - buxgalterlik operatsiyalar; - axboratlar bilan bog‘liq operatsiyalarni bajaradi. IV. Brokerlik faoliyati. Tijorat banklari o‘z mijozlari topshirig‘iga ko‘ra qimmatli qog‘ozlarni sotish, sotib olishi, ya’ni komissioner sifatida ishtirok etishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni, Fuqorolik kodeksining 832-848 – moddalari, «Qimmatli qog‘ozlar bozorning faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida»gi, «Qimmatli qog‘ozlar va 300 fond birjalari to‘g‘risida»gi va boshqa qonun hujjatlari bu sohadagi faoliyatining huquqiy asoslaridir. Tijorat banki broker sifatida o‘z mijozi bilan vositachilik shartnomasi hamda ushbu asosga tayangani holda uchinchi shaxslar bilan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki sotib olish shartnomasini tuzish mumkin. Qimmatli qog‘ozlar savdosida brokerlik vazifasini bajarish, mijozlar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarini tartibga solish, topshiriq, uning mazmuni va ijro etilishi tartiblari qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lib, bank mijozi talabini birjaga o‘tkazishdan avval uni tekshirib ko‘rish shart. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling