O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
-§. Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati va uning huquqiy
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
3-§. Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati va uning huquqiy
asoslari. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozorida ishtirok etishi bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, yuqorida eslatilgan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi, , “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Hukumat qarorlari hamda idoraviy meyyoriy xujjatlar bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi xududida qimmatli qog‘ozlar chiqarish, ular muomalasini tashkil etish, ikkilamchi bozorni yo‘lga qo‘yish hamda qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozordagi muomalasi tartib-qoidalarini belgilashning 78 Shelagh Heffernan.Modern Banking. Ltd.Great Britain .John Wiley & Sons,.2012..19-26. David S. Kidwell, Richard L. Peterson,David W. Blackwell. Financial institutions, markets, and money. New Jersy : John Wiley & Sons, c.2003. 235-255.p. Henny van Greuning,Sonia Brajovich Bratanovich. The Analysis of banking risks. THE WOLD BANK Washington,D.C.2014. 296 tashkiliy hamda xuquqiy mexanizmlari yuqorida qayd etib o‘tilgan qonunlar, qonun xujjatlari hamda boshqa aktlar bilan belgilanadi. Bunda qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari bo‘lgan sub’ektlarning bevosita o‘zlari tomonidan qabul qilinadigan hamda amalda qo‘llaniladigan lokal me’yoriy xujjatlar (depozitariylar, fond birjalari va boshqa sub’ektlar tomonidan ishlab chiqiladigan ichki nizomlar, namunaviy shartnomalar va xokazolar) ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra tijorat banklariga qimmatli qog‘ozlar bozorida ishtirok etish, ular bilan bog‘liq bank operatsiyalarini amalga oshirish vakolati berilgan (Qonunning 4-moddasi). Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq quydagi operatsiyalarni amalga oshirilishi mumkin: - qimmatli qog‘ozlar ( veksellar. Aksiyalar, obligatsiyalar. Depozit sertifikatlari va boshqalar ) chiqarish (emissiya qilish); - qimmatli qog‘ozlarni sotib olish. Sotish, saqlash va ular bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish; -mahsulot etkazib berish, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ravishda yuzaga keluvchi talab qilish huquqlarini olish, bunday talablarni bajarish tavakkalchiligini o‘z zimmasiga olishi va ularni indekssatsiyalashi; - ishonchli boshqarish ( trast ) operatsiyasi xizmatlarini ko‘rsatish: qimmatli qog‘ozlarni jalb etishi va joylashtirilishi, mijoz topshirig‘iga ko‘ra boshqa operatsiyalarni ado etishi; -qimmatli qog‘ozlarga oid bank operatsiyasi xizmatlarini ko‘rsatishi: qimmatli qog‘ozlarni jalb etish va joylashtirilishi, mijoz topshirig‘iga ko‘ra boshqa operatsiyalarni ado etish; - qimmatli qog‘ozlarga oid bank operatsiyalari yuzasidan maslahat xizmat ko‘rsatish. 297 Banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida professional ishtirokchilar – investitsiya institutlari sifatida ishtirok etib, u erda tadbirkorlikning quyidagi turlari bilan shug‘ullanilishlari mumkin: -emissiya faoliyati; - brokerlik faoliyati; - dillerlik faoliyati; - qimmatli qog‘ozlar va ular bilan bog‘liq pul mablag‘larini o‘tkazish bo‘yicha hisob – kiliring, depozitor faoliyati; - qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil etish faoliyati; - trast opratsiyalari; - inkasso faoliyati; - maslahat faoliyati va boshqalar. Tijorat banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida yuritilayotgan siyosatga muvofiq ravishda amalga oshiriladigan operatsiyalarni tanlab olish. Bunday tijorat banklar qimatli qog‘ozlar bozorida ishtirok etishdan bir qator maqsadlarni ko‘zlashi mumkin. Ular jumlasiga. Qimmatli qog‘ozlar chiqarish orqali kredit faoliyati uchun qo‘shimcha mablag‘lar jalb etish; -mijozlarga qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar orqali xizmat ko‘rsatishda foyda olish; - qimmatli qog‘ozlar orqali kamyob moliyaviy resurslprni qo‘lga kiritish va boshqalar kiritilishi mumkin. Tijorat banklari belgilangan tartibda olingan umumiy bank litsenziya asosida qimmatili qog‘ozlar bozorida qatnashishlari mumkin va buning uchun qo‘shimcha, maxsus litsenziya olish talab etilmaydi. Faqat qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq 298 operatsiyalarni bevosita amalga oshiruvchi bank mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va « Qimmatli qog‘ozlar operatsiyasi» bo‘yicha kurslarni o‘tashlari va fond bozori mutaxassisi malaka attestatini olishlari lozim. Tijorat banklari qimmatli qohozlar bozorida ishtirok etishining ayrim shakillarini batafsilroq ko‘rib o‘taylik. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling