O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

Qimmatli qog‘oz – o‘zi bilan bog‘liq mulkiy huquqlarni aks ettiradigan 
hujjatdir, u daromad manbayi bo‘lib xizmat qiladi, fond bozorida muomalada 
yuritilishi va oldi-sotdi vositasi bo‘lishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bozori kredit 
munosabatlari bilan birgalikda, o‘z qiymatiga ega bo‘lgan, sotish, sotib olish va 
to‘lovini amalga oshirish mumkin bo‘lgan maxsus hujjatlar (qimmatli qog‘ozlar)ga 
egalik qilish bilan ham bevosita bog‘liq. Qimmatli qog‘ozlar o‘zida mulkchilik 
huquqini mujassamlashtirgan bozorda erkin aylanadigan, sotib olish-sotish va 
boshqa bitimlarning obyekti bo‘ladigan, doimiy va bir martalik daromad olish 
manbayi bo‘lib xizmat qiladigan, pul kapitalining bir ko‘rinishidagi hujjatdir. 
«Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2015-yil 4-iyunda e’lon qilingan 
O‘zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasiga asosan qimmatli qog‘ozlar – 
hujjatlar bo‘lib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning 
egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, 
dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib 
chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. 
Qimmatli qog‘ozlar turli subyektlar tomonidan chiqarilishi mumkin. Umumiy 
holda bu emitentlar 5 guruhga bo‘linadi: 
hukumat; 


292 
davlat korxonalari; 
xususiy sektor; 
Markaziy bank; 
chet el subyektlari. 
Egaligi yoki emitentiga qarab qimmatli qog‘ozlarni davlat, xususiy, xalqaro 
qimmatli qog‘ozlarga ajratish mumkin. Xususiy sektor tomonidan chiqarilayotgan 
qimmatli qog‘ozlar tarkibida turli ishlab chiqarish korxonalari, tijorat banklari
investitsion banklar, investitsion fondlar va boshqalarning qimmatli qog‘ozlari 
alohida o‘rin tutadi. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar esa ularning hisoblanadigan 
valyutasiga qarab va emitentlari bo‘yicha bo‘linadi. 
Qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lish hududiga ko‘ra regional (mahalliy), 
milliy va xalqaro qimmatli qog‘ozlarga bo‘linadi. 
Yuqorida ta’kidlangan qonunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi hududida 
quyidagi turdagi qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi va muomalada bo‘lishi mumkin: 
aksiyalar; 
obligatsiyalar; 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling