O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


-§. Qimmatli qog’ozlar turlari va ular bilan operatsiyalarni tashkil


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

2-§. Qimmatli qog’ozlar turlari va ular bilan operatsiyalarni tashkil 
etishning huquqiy asoslari 
Tijorat banklari respublika qimmatli qog‘ozlar bozorining eng faol va asosiy 
ishtirokchilaridan hisoblanadi hamda Fond birjasi umumiy savdo aylanmasida 
tijorat banklari ulushining yuqoriligi bank qimmatli qog‘ozlarining ishonchliligi, 
ular to‘g‘risidagi axborotlarning ochiq-ligidan dalolat beradi. Agar biz 2014-yilda 
fond birjasida savdo hajmi yuqori bo‘lgan emitentlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, 10 
ta yirik emitentdan 9 tasi tijorat banklari hisoblanadi. 2014-yil davomida birja 
savdolari orqali jismoniy shaxslar investitsiyalarining 93,4 foizi, yuridik shaxslar 
investitsiyalarining 86,3 foizi aynan tijorat banklari qimmatli qog‘ozlariga 
yo‘naltirilgan. Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorida bir vaqtning o‘zida bir 
qancha vazifalarni bajarishi mumkin. Banklarning aksiyadorlik jamiyati shaklida 
faoliyat yuritishi ularga qimmatli qog‘ozlarni chiqaruvchi emitent sifatida fond 
bozorida faol ishtirok etishiga imkoniyat beradi. Shu sababli, tijorat banklarining 
birja savdolariga qo‘yilayotgan qimmatli qog‘ozlari mamlakatimizda pul 
aylanishini jadallashtirish, yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha turgan bo‘sh 
pul mablag‘larini jalb etib, ularni iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga investitsiya 
qilishga sharoit yaratadi. Bundan tashqari, tijorat banklari repo bitimlarini amalga 
oshirishda qimmatli qog‘ozlar bozorida investor sifatida ishtirok etishlari mumkin. 
Ma’lumki, repo bitimlari qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish yo‘li bilan pul 
mablag‘larini qarzga olishning ommabop usuli bo‘lib, investitsiya kiritishning 
boshqa usullariga qaraganda xavfsiz hisoblanadi va investorlarning zarar ko‘rish 
darajasini pasaytiradi. Shu bilan birga, tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorida 


291 
professional ishtirokchi sifatida qatnashish imkoniyatiga ega. Bugungi kunda 
tijorat banklari fond bozorida investitsiya vositachisi va maslahatchisi, aktivlarni 
ishonchli boshqaruvchi, transfer-agent va depozitariylik vazifasini ham 
bajarmoqda.
Bugungi kunda 20 ta tijorat bankining qimmatli qog‘ozlari birja savdolariga 
qo‘yilgan bo‘lib, ularning aksariyati birja listingining yuqori “A” toifasiga 
kiritilgan. Mazkur banklarning qimmatli qog‘ozlari birjada muntazam kotirovka 
qilinadi, qator tijorat banklari esa qimmatli qog‘ozlar bozorida professional 
faoliyatni amalga oshirish uchun brokerlik idoralarini tashkil etgan holda fond 
bozorida samarali faoliyat yuritib, aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotish 
va sotib olish orqali ularning qo‘shimcha daromad olishini ta’minlamoqda. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling