O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Mavzuni o‘rganish bo‘yicha nazorat savollar


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

Mavzuni o‘rganish bo‘yicha nazorat savollar: 
1.Kredit shartnomasi tushunchasini ayting 
2..Kredit shartnomasining asosiy belgilarinimalar? 
3.Kredit munosabatining asosiy huo‘uo‘iy shakli nima? 
4.Kredit shartnomasining ob’ekti, sub’ektlari doirasi oddiy o‘arz shartnomasidan 
o‘anday faro‘ o‘iladi? 
5.Kredit berish usullari tartib o‘oidalarini belgilovchi asosiy huo‘uo‘iy xujjat 
nima? 
6.Kredit siЄsatiga nisbatan talablar o‘aysi me’Єriy xujjatda berilgan? 
7.Kredit berishga oid xujjatlarga nimalar kiradi? 
8.Kredit xujjatlarni rasmiylashtirish tartibi o‘anday? 
9.Ipoteka krediti o‘anday rasmiylashtiriladi? 
10. Kredit shartnommasida o‘arzdorning o‘zgarishi o‘anday rasmiylashtiriladi?
11. Kreditga oid nizolar o‘anday xal o‘ilinadi? 
 
 
76
Abdullaeva Sh.Z., Azizov U.O’. Bank risklari T.:IQTISOD-MOLIYA 2019 y. 


286 
IX BOB. Banklarning qimmatli qog‘ozlar, maxsus vositalar bilan 
operatsiyalarining huquqiy asoslari. 
1-§. Qimmatli qog‘ozlar tushunchasi va uning huquqiy asoslari. 
Qimmatli qog‘ozlar bozori O‘zbekiston Respublikasidagi moliya bozorining 
muhim segmenti bo‘lib xisoblanadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtincha 
bo‘sh turgan pul mablag‘larini ushbu bozorga jalb etilishi natijasida mamlakat 
iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash, muhim ijtimoiy muammolarni hal etish, pul 
muomalasini barqarorlashtirish, inflyasiya jarayonlarini sekinlashtirish imkonini 
beradi. Ikkinchidan esa, bo‘sh mablag‘larni investitsion muomalada bo‘lishi uning 
sohibi bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsga ham barqaror foyda olishni 
ta’minlaydi. 
Bozor 
munosabatlarining 
asosiy 
prinsiplaridan 
biri 
– to‘xtovsiz 
harakatlanishdan iborat va bu qoida ayniqsa pul shaklidagi kapitalga nisbatan to‘la 
taalluqlidir. 
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan tijorat bank muassasalari 
qimmatli qog‘ozlar bozorining eng faol ishtirokchilari bo‘lib, ular ushbu bozorda 
turli shaklda ishtirok etadilar. 
“Qimmatli qog‘ozlar” tushunchasi keng va tor ma’noda ta’riflanadi. Uning 
keng ma’nosi, mulkiy xuquq ob’ekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksining 96-moddasida berilgan bo‘lib, unga ko‘ra: 
Mulkiy huquqlarni belgilangan shakilga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan 
holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi, ularni taqdim etgan 
taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish 
mumkin bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlarning boshqa shaxsga berilishi bilan ular 
tomonidan tasdiqlanadigan hamma huquqlar ham o‘sha shaxsga o‘tadi. 
Qimmatli qog‘ozlar jumlasiga; obligatsiyalar, veksel, chek, depozit va 
jamg‘arma setifikati, bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg‘arma 


287 
daftarchasi, konosament, aksiya hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qog‘ozlar 
jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi. 
Uning tor ma’nodagi (qimmatli qog‘ozlar bozoridagi muomala ob’ekti 
siftidagi) ta’rifi O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 3 iyunda yangi tahrirda 
qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunida keltirilgan. 
Unga ko‘ra qimmatli qog‘ozlar — hujjatlar bo‘lib, ular mazkur hujjatlarni 
chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki 
qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad 
to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga 
o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. 
Qimmatli qog‘ozlar chiqarilish shakliga ko‘ra blankalar tarzida hujjatli va 
elektron shakldagi hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida hujjatsiz bo‘lishi 
mumkin

Qimmatli qog‘ozlar –blankalar, sertifikatlar shaklida yoki schetlardagi 
yozuv shaklida bo‘lishi va hisob –kitob qilishda, shuningdek kriditlar bo‘yicha 
garov sifatida foydalanilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar yuridik va jismoniy 
shaxislar o‘rtasida ixtiyoriylik asosida tarqatiladi. 
Kiritilgan ulush shaklidan qat’i nazar, qimmatli qog‘ozlarning qiymati 
O‘zbekiston Respublikasi puli berilganda, ularni chiqarish shartlarida nazarda 
tutilgan holda esa –chet el valyutasida ( aksiyalar bo‘yicha – mulkni o‘tkazib 
berish yo‘li bilan ham ) ifodalanadi va to‘lanadi. 
YUqoridagi ikki hil ta’rif qimmatli qog‘ozlarning umumfuqarolik 
muomalasidagi hamda qimmatli qog‘ozlar bozoridagi holatini o‘zida ifodalaydi. 
Qimmatli qog‘ozlarning chiqarilish shakli qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli 
qog‘ozlar chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilanadi. 
Aksiyalar, korporativ va infratuzilma obligatsiyalari, shuningdek depozitar tilxatlar 
hujjatsiz shaklda chiqariladi.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish u to‘g‘risidagi qaror bo‘yicha 
chiqariladi.Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda 
quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 


288 
-emitentning to‘liq nomi, joylashgan eri (pochta manzili) va elektron pochta 
manzili; 
-emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlangan sana; 
-emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlagan 
emitent boshqaruv organining nomi; 
-emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning turi va xili hamda ularning chiqarilish shakli; 
-emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar egasining huquqlari; 
-emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish shartlari; 
-chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning soni; 
-ilgari joylashtirilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning soni; 
-emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati. 
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda qonun 
hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar ham ko‘rsatilishi mumkin. Emissiyaviy 
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror qonun hujjatlariga va 
emitentning ustaviga muvofiq emitent boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi. 
Emitent majburiyatlarining bajarilishi garov, bank kafolati yoki qonunda nazarda 
tutilgan boshqa usullar bilan qo‘shimcha ta’minlanadigan obligatsiyalarni 
chiqarish to‘g‘risidagi qarorda qo‘shimcha ta’minot bergan shaxs to‘g‘risidagi va 
ta’minot shartlari haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi kerak. Bu holda 
obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror qo‘shimcha ta’minot bergan shaxs 
tomonidan ham imzolanishi kerak.
Korporativ obligatsiyalar quyidagi shartlarga rioya etgan holda: 
-emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan 
sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitali miqdori 
doirasida; 
-keyingi uch yilda rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va 
likvidlilikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy 


289 
ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
mustaqil reyting bahosini olgan emitentlar tomonidan; 
-investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi bo‘yicha 
to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi. 
Infratuzilma obligatsiyalari esa quyidagi shartlarga rioya etgan holda: 
-emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan 
sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitali va chiqarilish 
bo‘yicha qo‘shimcha ta’minot miqdori doirasida; 
-infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan olingan mablag‘lardan O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
yoki 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining qarorida nazarda tutilgan loyihani moliyalashtirish uchun 
foydalanilsa; 
-infratuzilma obligatsiyalari bo‘yicha emitentning majburiyatlari ular to‘liq 
muomaladan chiqarilguniga qadar belgilangan tartibda
 
sug‘urtalangan bo‘lsa, 
chiqariladi. 
Davlat korxonalari infratuzilma obligatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi bilan kelishilgan holda chiqaradi. 
Infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lar alohida bank 
hisobvarag‘ida jamlanadi va emitentning ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat 
qiluvchi kuzatuv kengashi yoki yuqori boshqaruv organi qaroriga ko‘ra sarflanadi. 
Aksiyalarga doir opsionni chiqarish shartlari ularning muomalasiga cheklovlarni 
nazarda tutishi mumkin.Agar aksiyadorlik jamiyatining e’lon qilingan aksiyalari 
soni olish huquqini opsionlar beradigan aksiyalar sonidan kam bo‘lsa, mazkur 
jamiyat aksiyalarga doir bunday opsionlarni joylashtirishga haqli emas. 
Aksiyadorlik jamiyatining mehnat jamoasi va kuzatuv kengashi a’zolariga 
mukofotni yoki rag‘batlantirish to‘lovini aksiyalarga doir opsionlar tarzida berish 
to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. 


290 
Olish huquqini opsionlar beradigan muayyan turdagi aksiyalarning soni 
aksiyalarga doir opsionlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 
hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga ko‘ra joylashtirilgan ushbu turdagi 
aksiyalarning 5 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Aksiyalarga doir opsionlar 
aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali uni ta’sis etish chog‘ida to‘liq 
to‘langanidan keyin joylashtirilishi mumkin bo‘ladi. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling