O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
-§. Kredit berishga oid hujjatlarni rasmiylashtirish. Kreditlashtirishga oid
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
4-§. Kredit berishga oid hujjatlarni rasmiylashtirish. Kreditlashtirishga oid
qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik. Kredit shartnomasining qonun hujjatlariga to‘la mos tarzda to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uning qaytarilishini, bank manfaatlari buzilmasligi uchun zarur huquqiy baza yaratilishiga, bank mijozlari huquqlari ishonchli muxofaza etilishiga sabab bo‘ladi. Kredit munosabatlari asosi sifatida kredit shartnomasiga qo‘yiladigan asosiy talablar fuqarolik qonunchili- gida va uning asosida qabul qilingan boshqa qonun hujjatlarida mustahkamlangan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000 yil 22 fevralda tasdiqlangan 432-sonli «O‘zbekiston Respublikasi banklarida kredit xujjatlarini yuritish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000 yil 2 martida 906-son bilan ro‘yxatga olingan) mavjud. 72 Abdullaeva Sh.Z. Bank ishi T.: IQTOSOD-MOLIYA 2019 y.312-317 b. 267 Ushbu nizomda Respublikadagi barcha tijorat banklari tomonidan o‘z mijozlariga beriladigan kreditlar va ularda ochilayotgan kredit liniyalariga nisbatan qo‘llaniladi. Kredit bank tomonidan kredit shartnomasi asosida pul shaklida beriladi (mijozning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi). Bank har bir berilgan kredit bo‘yicha kredit yig‘majildini tayyorlaydi, u kredit shartnomasi imzolangan yoki tasdiqlangan kundan boshlab ochiladi hamda mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan hollardan tashqari asosiy qarz va foizlar to‘liq to‘langanidan so‘ng yopiladi. Kredit yig‘majildi hujjatlari muhofazasi va vakolatliligini ta’minlash majburiyati yuklatilgan bank xodimi kredit yig‘majildini yuritish va saqlash uchun mas’uldir. qabul qilingan buxgalterlik andozalariga muvofiq tayyorlangan, oxirgi hisobot sanasida qarzdor tomonidan imzolangan, moliyaviy hisobotlar, jumladan, balans hisoboti hamda daromadlar va pul oqimiga doir hisobotlar; zarurat tug‘ilganda qarz oluvchining hisobotlari bank va bankning maslahat bo‘limining mas’ul kredit xodimi hamkorligida talab qilinayotgan formatga muvofiq keltirilishi shart; Mas’ul bank xodimi tomonidan tayyorlangan, kreditni to‘lash uchun qarzdorning pul oqimi etarliligini tasdiqlovchi pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot tahlili; Bank kredit qo‘mitasining kredit tasdiqlangan muddat va shartlarini o‘z ichiga oluvchi kredit shartnomasini tasdiqlashga doir qarori. Agar kredit ko‘chmas mulk garovi bilan ta’minlangan bo‘lsa, unda kredit yig‘majildida qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim: Ipoteka to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning asl nusxasi; Garovga beruvchi va bank tomonidan imzolangan, garov ob’ekti qiymatini kelishuv dalolatnomasi; 268 Garovga qo‘yilgan mulkni sug‘urga qilish shartnomasi va ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta polisi; Garov shartnomasining davlat kadastr idoralarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki davlat kadastr idoralarida garov shartnomasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi, belgilangan shaklda garov shartnomasiga qo‘yilgan belgi; Garov predmetini sotish narxini tasdiqlovchi hujjatlar, agar kredit, uni sotib olishni moliyalash maqsadida berilgan bo‘lsa. Agar kredit ko‘chmas mulkni qurish, ta’mirlash va tiklashni moliyalash maqsadida bsrilgan bo‘lsa, bank kredit yig‘majildiga smeta hujjatlarini, shuningdek, bank tomonidan tayyorlangan tekshirish to‘g‘risidagi hisobotni yoki kredit berilgan ishlar bajarilishligini tasdiqlovchi qabul qilib olish to‘g‘risidagi dalolatnomani kiritishi lozim. Agar kredit boshqa shaxs tomonidan kafolatlansa, kredit yig‘majildiga quyidagi qo‘shimcha hujjatlar kiritiladi: - kafillik to‘g‘risidagi shartnoma yoki yozma kafolat; - auditorlik tashkiloti yoki auditorning kafolatchiniig (kafil) qoniqarli moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi xulosasi; - shaxsning kafil nomidan (kafolatchi) kafolat to‘g‘risidagi shartnomani (majburiyatni) imzolash xuquqini tasliqlovchp hujjat. Kreditni berishga doir bank bilan tuzilgan shartnomaga, jumladan, garov to‘g‘risidagi shartnomaga kiritiladigan, o‘zgartirish va qo‘shimchalar ushbu shartnomalar shartlariga muvofiq rasmiylashtirilishi va tegishli yig‘majildlarga kiritilishi lozim. Kredit to‘liq yoki qisman to‘langanligini tasliqlovchi hujjatlar kredit yig‘majildiga kiritilishi na kreditni to‘lash manbalarini (qarzdor tomonidan o‘tkazilgan yoki garov ob’ektini sotishdan olingan mablag‘lar) aks ettirishi zarur. 269 qarzdorning o‘zgarishi dastlabki qarzdor tomonidan o‘z qarzini boshqa shaxs — yangi qarzdorga berish to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, kredit shartnomasiga kiritiladigan tegishli to‘ldirishlar yordamida rasmiylashtiriladi. qarzdor o‘zgargan kreditga doir asosiy xujjaglar quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi lozim: - qarzdor va mo‘ljallanayotgan yangi qarzdorning bank to-monidan qarzni o‘tkazishga rozilik berishini surab yozgan arizalari; - YAngi qarzdorga nisbatan tayyorlangan asosiy hujjatlar, ular qarzni o‘tkazish to‘g‘risidagi bank roziligi, qarzdor o‘zgarishi munosabati bilan kredit shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga oid hujjatlarga nisbatan qo‘llaniladi; - bankning qarzni o‘tkazish yuzasidan bergan yozma roziligi, dastlabki va yangi qarzdor o‘rtasida tuzilgan yozma shartnoma; - kredit shartnomasiga yozma tarzda kiritilgan va yangi qarzdor tomonidan imzolangan o‘zgartirish va to‘ldirishlar. Bank qarzni o‘tkazish yuzasidan o‘z roziligini berishga asos bo‘lgan, yangi qarzdor bergan ta’minot shartlariga qarab yangi qarzdorga ochilgan kredit yig‘majildiga tegishli qo‘shimcha hujjatlar kiritib qo‘yilishi lozim. qarzdor kreditni to‘lamagan taqdirda, kafil bank javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi haqida kreditorga yozma ravishda xabar berilgan holda kafolat berishga doir yozma shartnomada bank tomonidan kafillik va kafolatlar berilishi mumkin. qarzdor kreditni to‘lamaganligi sababli bank tomonidan amalga oshirilgan kafolatlar bo‘yicha yig‘majildi ochiladi. U kafolat berilgan shaxs tomonidan qarz to‘langunga qadar yuritiladi. Bank tomonidan kafil sifatida majburiyatlarning bajarilishi munosabati bilan ochilgan kredit yig‘majildlari mazkur nizomda ko‘zda tutilgan talablarga muvofiq kafolat berish to‘g‘risidagi shartnomani tuzish uchun tayyorlangan xujjatlarni o‘z ichiga oladi. 270 qarzdorning o‘ziga kafolat berayotgan bank oldidagi majburiyatlari ta’minlangan taqdirda ushbu kafolatga doir kredit yig‘majildi tayyorlangan hujjatlarni qamrab olishi kerak. Bank har bir berilayotgan yoki olinayotgan kreditlar bo‘yicha yig‘majildga quyidagi hujjatlarni tikib qo‘yishi lozim: - qarzdorning moliyaviy ahvoli va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkoniyatini tekshirish maqsadida tegishli shartnomalar tuzilganidan so‘ng bank va qarzdor o‘rtasida yuz bergan muomalalarni aks ettiruvchi yozishmalar va hujjatlar; - kredit ta’minoti sifatida berilgan mulkni tekshirish hujjatlari; - qarzdor kafilining (kafolatchi) moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi barcha hujjatlar; - kreditlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini tasdiqlovchi hujjatlar; - qarzdor to‘lovlarni amalga oshirmagan holda bank tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlarni tasdiqlovchi hujjatlar. Kreditga doir xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma shartlariga muvofiq kreditning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini aks ettiruvchi hujjatlarni kredit yig‘majildida yuritishi shart. Tijorat banklari tomonidan kredit hujjatlarini qonun hujatlarida nazarda tutilgan tartib va talablariga qat’iy amal qilinishi kreditlar qaytarilishining hamda ulardan maqsadga muvofiq foydalanilayotganligini nazorat qilishning muhim shartlaridan bo‘lib sanaladi. Kreditlash va kredit shartnomasi tuzish hamda uni bajarilishiga oid qonunchilik normalari, o‘zaro tuzilgan kredit shartnomasi shartlarini buzganlik uchun xuquqiy hamda moliyaviy (iqtisodiy) javobgarlik yuz beradi. Bunda kreditga oid munosabatlarda huquqbuzarlik hatti-xarakatiga yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan va javobgarlikka tortiladigan shaxslar doirasini to‘g‘ri belgilab olinishi muhim ahamiyatga ega. 271 Bizning nazarimizda bunday shaxslar jumlasiga quyidagilar kiritilishi mumkin: a) tijorat bank muassasasi; b) bank xodimlari (rahbar va mansabdor shaxslar); c) kredit olgan mijozlar (tadbirkorlik sub’ektlari, ayrim fuqarolar); d) tadbirkorlik sub’ekti bo‘lgan korxona va tashkilot mansabdor shaxslari. O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunining 73 30-moddasiga ko‘ra: «Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari kredit resurslaridan erkin foydalanishda teng xuquqlarga ega. Byudjetdan tashqari fondlar mablag‘laridan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishga ajratiladigan kreditlardan foydalanganlik uchun davlat tomonidan imtiyozli foiz stavkalari belgilanishi mumkin». Tadbirkorlik sub’ektlarining ushbu huquqlarini buzgan yoki ularni amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilgan banklar va ularning mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunning 38- moddasida tadbirkorlik sub’ektlariga g‘ayriqonuniy hatti-harakatlar bilan etkazilgan moddiy va ma’naviy zarar o‘rni aybdor shaxslardan, shu jumladan bank muassasalari va ularning mansabdor shaxslaridan undirib beriladi. Banklarning mansabdor shaxslari tomonidan g‘arazli maqsadlarda mansabni suiste’mol qilish, ta’magirlik qilish tegishli hollarda jinoiy javobgarlikni yuz berishiga olib kelishi mumkin. Banklar tomonidan kreditga oid munosabatlarda sansalorlikka yo‘l qo‘yish, kredit shartnomasida tuzishdan asossiz bosh tortish, pul mablag‘larini o‘z vaqtida tadbirkorlik sub’ektiga ajratmaslik, kredit hujjatlarini yuritish qoidalarini buzish kabi shakllarda huquqbuzarliklar sodir etilishi mumkin. 73 £збекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2000 йил, 5-6 сон, 140-модда. 272 Kreditga oid munosabatlarda bank mijozlari – kredit oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shartnoma shartlarini bajarmaslik, sohta hujjatlar va ishonchli bo‘lmagan axborotlar taqdim qilish, kreditni qaytarish rejasi va jadvaliga rioya qilmaslik, uni o‘z vaqtida qaytarmaslik ko‘rinishlarida huquqbuzarliklar sodir etiladi. Ko‘pchilik hollarda bank mijozi-kredit olgan xo‘jalik sub’ekti xo‘jalik sudi orqali fuqarolik huquqiy-mulkiy javobgarlikka tortiladi. Ammo, korxona rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslarning mulkiy hamda g‘arazli jinoyatlar sodir etganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilish hollari uchrab turadi. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling