O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


-§. Kredit m unosabatlarini tashkil etishda kredit shartnomaning


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

3-§. Kredit m unosabatlarini tashkil etishda kredit shartnomaning
xususiyatlari va ahamiyati
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banki va mijoz o‘rtasidagi kredit 
munosabatlar kredit shartnomasiga asoslanadi. Shu bois bank tomonidan yuridik 
va jismoniy shaxslarni kreditlashni tashkil etishning asosiy xususiyatlaridan biri 
– bu har bir kredit bitimining shartnomaviy xarakterga ega ekanligidadir.
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunnida banklar va ularning 
mijozlari o‘rtasidagi munosabatlari shartnomalar asosida amalga oshirilishi 
belgilangan bo‘lib, amaliyotda banklar va mijozlar o‘rtasidagi har bir kredit 
munosabati shartnomaviy xarakterga ega. Bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan 
kredit shartnomasi kredit bitimining huquqiy-iqtisodiy shartlarini aniqlaydi va bu 
shartlar kredit munosabatlari ishtirokchilarining mavqeyidan qat’iy nazar o‘zaro 
manfaatlarga asoslangan bo‘ladi.
Kredit shartnomasi yuridik hujjat hisoblanib, uning barcha punktlari 
bajarilishi tomonlar uchun majburiydir. Bu O‘zbekiston Respublikasining 
Fuqarolik kodeksi bilan belgilab qo‘yilgan. Kredit shartnomasining mohiyati 
shundan iboratki, unga ko‘ra bank (kreditor) shartnomada ko‘rsatilgan shartlar 
asosida va unda belgilangan miqdorda qarz oluvchiga pul mablag‘larini kreditga 
berish, qarz oluvchi esa kreditni va unga hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida qaytarib 
berish majburiyatini oladi.
Kredit shartnomasida tomonlarning nomlanishi, shartnomaning amal qilish 
muddati, kredit bitimining predmeti va shartlari, tomonlarning huquq va 
majburiyatlari, bu majburiyatlarni bajarilishining huquqiy kafolatlari ko‘rsatilgan 
bo‘ladi. 
Kredit shartnomasi, odatda, yozma shaklda tuziladi va kerakli shaxslar 
tomonidan imzolanadi. Yozma shaklda tuzilmagan kredit shartnomasi haqiqiy 
hisoblanmaydi. 
Fuqarolik 
kodeksining 
744-moddasiga 
asosan 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling