O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Kredit shartnomasi va qarz shartnomasining farqli jihatlari
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
- Bu sahifa navigatsiya:
- universal shartnomalar shakli mavjud emas.
Kredit shartnomasi va qarz shartnomasining farqli jihatlari
Kredit shartnomasi (Fuqarolik kodeksining 744-748-moddalari) Qarz shartnomasi (Fuqarolik kodeksining 732-743-moddalari) Asosan banklar, boshqa kredit tashkilotlari kredit berishi mumkin Barcha jismoniy va yuridik shaxslar boshqa shaxslarga qarz berishi mumkin Bankdan kredit sifatida faqat pul mablag‘lari beriladi Qarz sifatida esa pul mablag‘lari va boshqa ashyolar berilishi mumkin Doimo yozma shaklda tuzilishi kerak Ba’zi hollarda qarz shartnomasi og‘zaki shaklda ham tuzilishi mumkin Kredit shartnomasi konsensual shartnomadir Qarz shartnomasi real shartnomadir, ya’ni u pul yoki ashyolar qarz oluvchiga topshirilishi bilan tuzilgan hisoblanadi Kreditor tomonidan qarz oluvchiga, hatto shartnoma tuzilgandan keyin ham kredit summasi butunlay yoki qisman berilmasligi mumkin Qarz beruvchi qarz oluvchiga qarz summasini berishdan bosh tortishga haqli emas, chunki qarz summasi berilmagan taqdirda, qarz shartnomasi tuzilmagan bo‘lib qoladi 257 Bank bilan mijoz o‘rtasida kredit shartnomasini tuzishda barcha shartnomalar uchun zarur bo‘lgan quyidagi asosiy talablar inobatga olinsa, maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin: -barcha huquq va manfaatlarni to‘liq himoya qilish imkonini beruvchi, barcha holat va vaziyatlar uchun to‘g‘ri keluvchi universal shartnomalar shakli mavjud emas. Barcha holat va vaziyatlarni o‘z ichiga qamrab oladigan shartnoma shaklini ishlab chiqishning imkoni yo‘q; - shartnoma (bizning holatda kredit shartnomasi) individual xarakterga ega bo‘lgan rasmiy yuridik hujjatdir; - aniq kredit shartnomasini tuzishda, kredit olish uchun murojaat qilgan mijozlarga alohida (individual tarzda) yondashib, ularning huquqiy maqomi, tashkiliy-huquqiy shakli va kreditlanayotgan loyihaning xususiyatiga e’tibor berilishi maqsadga muvofiqdir. Shartnoma tuzish jarayoniga yuridik va iqtisodiy jihatdan puxta, aniq, talab darajasida ijodiy yondashish kerak. Kredit shartnomasi tarkibi qonunda belgilanmagan. Kredit shartnomasini tuzishda bir qancha talablarni, jumladan, kreditning maqsadi, summasi, muddati, ta’minlanganligi, foizlari, kreditni qoplash tartibi va boshqalar aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Kredit shartnomasining tarkibi odatda quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: • kirish qism - umumiy holat – shartnoma predmeti – kredit berish maqsadi, shartlari - hisoblanish shartlari va tarkibi – tomonlarning huquq va majburiyatlari – boshqa shartlari – yuridik manzillari, rekvizitlari, tomonlar imzolari. Har bir kredit shartnomasi shakliga ko‘ra quyidagi to‘rtta asosiy tamoyillarga asoslanadi: • mustahkam huquqiy asos; • shartnoma tuzish erkinligi; • tomonlarning o‘zaro manfaatdorligi; • shartnoma shartlarining kelishilganligi. 258 Kredit shartnomasining huquqiy asosini qonunlar, bank faoliyatiga oid boshqa yuridik va me’yoriy hujjatlar tashkil etadi. Kredit shartnomasini tuzish erkinligi mijozni ssuda olmoqchi bo‘lgan bankni tanlash erkinligida va bankning shu mijozga kredit berish masalasini yechish erkinligida o‘z aksini topadi. Ikkala tomon shartnomaviy munosabatlarga o‘z xohishlariga ko‘ra kiradilar. Tomonlarning bir-biridan o‘zaro manfaatdorligi kredit shartnomasi shartlarini kelishish imkoniyatini bildiradi. Har bir tomon ham o‘z manfaatlarini qondiruvchi optimal variantni topishga harakat qiladi. Kredit shartnomasi tarkibini shakllantirishda, muhim va yordamchi shartlarning bor ekanligiga ahamiyat berish kerak. Muhim shartlar deganda, biz kredit shartnomasini tuzish imkoniyatini aniqlovchi shartlarni tushunamiz. Ularga tomonlarning nomi, shartnoma muddati, predmeti va summasi, ssudani berish va qaytarish tartibi, ssudadan foydalanish bahosining darajasi, kredit qaytarilishinng ta’minlanganligi, tomonlarning javobgarligi kiradi. Qo‘shimcha shartlar kredit qaytarilishini ta’minlashga, qo‘shimcha garovni yaratishga qaratilgan bo‘ladi. Ular aniq bir qarzdorlar uchun qo‘llaniladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: • qarzdorning aniq bir kreditga layoqatlilik darajasiga erishish majburiyati; • hisob va hisobotning zaruriy holati; • garovga qo‘yilgan mulkning saqlanganligi; • bank nazorat qoidalariga rioya qilishlik; • bank ruxsatisiz korxonani qayta tashkil etishning ta’qiqlanganligi v.b. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlarni hisobga olgan holda, kredit shartnomasining umumiy sxemasi quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: • shartnoma maqsadi; • bank huquqlari; • qarz oluvchining huquqlari; • bank majburiyatlari; • qarz oluvchining majburiyatlari; 259 • shartnomaning amal qilish muddati; • boshqa shartlar; • tomonlarning yuridik manzili va imzolari. Shartnoma boshlanishida ishtirokchilarning yuridik shaxs sifatidagi rekvizitlari: qarz oluvchi uchun – nomi, hisob-kitob varag‘i raqami; bank uchun esa uning nomlanishi, ular tomonidan ish ko‘ruvchi shaxslar mansabi, ismi, familiyasi, otasining ismi ko‘rsatiladi. Bu bo‘limda, shuningdek, mijozning huquqiy shaklini: u alohida korxonami yoki tashkilotmi (shirkat, korporatsiya) ko‘rsatishi kerak. - “Shartnoma maqsadi” bo‘limi kredit bitimi obyektining sifat va miqdor tavsifini aks ettiradi. Kredit bitimi obyektining sifat tavsifi ssudaning maqsadli yo‘naltirilganligini ko‘rsatadi. Shularga ko‘ra kredit turi quyidagicha tavsiflanadi: Maqsadiga ko‘ra kredit: - kundalik ishlab chiqarish talablarini; - savdo-vositachilik ehtiyojlarini; - investitsiya ehtiyojlarini; - iste’mol ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Iqtisodiy tarkibiga ko‘ra kredit: - to‘lovga mablag‘ yetishmasligi; - tovar-moddiy boyliklarini shakllantirish; - qimmatli qog‘ozlarni sotib olish; - ishlab chiqarish xarajatlari; - ko‘chmas mulk sotib olish va boshqalar uchun berilgan kreditlar. Obyekt umumlashuviga ko‘ra kredit: - yiriklashgan; - jamlangan (yig‘ma); - alohida ehtiyojga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Shartnoma maqsadi bo‘limida kredit bitimi obyekti, shuningdek, kredit summasi ko‘rsatiladi. U kreditlashning miqdoriy chegarasini xarakterlaydi. Kredit 260 agarda kredit liniyasi ochish tartibida berilayotgan bo‘lsa, uning darajasi oylarga bo‘lingan holda ko‘rsatiladi. Ikkinchi bo‘lim ssudani berish va qaytarish tartibi va u bo‘yicha bank huquqlarini o‘z ichiga oladi. Yiriklashgan yoki jamlangan obyektni kreditlash sistematik tarzda amalga oshiriladi va shuning uchun kredit berish ayni to‘lovlar amalga oshirilayotgan paytda hisob-kitob varag‘idan o‘tmagan holda bajariladi. Kreditni qaytarish ham xuddi shunday sistematik tarzda hisob-kitob varag‘idan tomonlarni kelishilgan muddatlarida amalga oshiriladi. Kredit shartnomasida bankning quyidagi huquqlari belgilanadi: - qarz oluvchidan kreditni ishlatishini nazorat qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan buxgalteriya va statistika hisobotlarini olish; -berilgan kreditlar uchun foizlar olish; -shartnoma shartlariga amal qilinmagan hollarda shartnomani bekor qilib, kredit berishni qisman yoki to‘liq to‘xtatish va berilgan kreditlarning muddatidan oldin foizlari bilan undirib olish; -qayta moliyalash foizi o‘zgargan holda kredit uchun foizlarni o‘zgartirish; -shartnoma muddatini uzaytirish sabablarini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish; -shartnomada ko‘rsatilgan boshqa huquqlar; - kredit bo‘yicha qarzdorlik jadval bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka o‘tkazilgandan so‘ng mijozning hisob raqamiga pul mablag‘i bo‘lganda va kelib tushgan holatda kreditning asosiy summasini qaytarish maqsadida mijozning roziligisiz uning hisob raqamidan chegirib olish hisoblanadi. Bu holda bank qarz oluvchiga hisob raqamidagi mablag‘lar kredit bo‘yicha qarzni qondirishga qaratilishi to‘g‘risida yozma xabar beradi. Qarz oluvchining hisob raqamida mablag‘i bo‘lganda va mablag‘ kelib tushgan holda bank tomonidan kredit bo‘yicha qarzdorlik mijozning roziligisiz memorial order bilan chegirib olinishi amalga oshiriladi; 261 - qarzdorning pul mablag‘lari yetishmagan taqdirda kredit bo‘yicha qarzlarni qarzdorning roziligiga ko‘ra, uning likvidli mol-mulki hisobidan yoki xo‘jalik sudi orqali qarzdorning mol-mulkiga qaratish yo‘li bilan undirishdan iborat. Qarz oluvchi to‘lovga qobiliyatsiz deb belgilanganda, biznes-rejada ko‘rsatilgan pul oqimlari tushumi muddatida ta’minlamay bank oldida qarzdorliklarni yuzaga keltirganda, u tomonidan kreditning ta’minlanishi bo‘yicha majburiyatlari bajarilmaganda, kreditning asosiy qarzi yoki unga tegishli foiz to‘lovlar ushbu shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lanmaganda, qarz oluvchi tomonidan kreditning ishlatilishi majburiyatlari buzilganda, qarz oluvchi tomonidan hisobotlar muntazam taqdim etilmaganda yoki ular aniq bo‘lmaganda, bank xodimlariga birlamchi hisobotlar va buxgalterlik hujjatlarini o‘rganishga ruxsat berilmaganda, kafil tashkilotning moliyaviy holati yomonlashganda, tashkilotning tugatilishi yoki bankrot bo‘lishi holati kelib qolganda, garovga olingan mulk saqlash holati talabga javob bermagan hollarda bank quyidagi huquqlarga ega: - ushbu kredit shartnomasida qayd etilgan kreditni qarz oluvchiga to‘liq yoki qisman berishni rad etishi; - berilgan kredit va u bo‘yicha foiz to‘lovlarini muddatidan oldin undirish, shu jumladan, ushbu shartnomada belgilangan kredit ta’minoti hisobidan undirish; - ta’minot turini boshqa likvid turiga almashtirilishini talab qilishi mumkin. Alohida obyektlarni kreditlash esa o‘zgacha mexanizmga ega bo‘lib, u kredit shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak. Masalan, kreditni berish va qaytarish to‘liq summada yoki qismlarga bo‘lib bajarilishi mumkin. Muvofiq tarzda kredit berish va qaytarishning summa va muddatlari ko‘rsatilishi kerak. Ssudani berish mablag‘lari to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlarni bajarishga yo‘naltirish yo‘li bilan, shuningdek, mablag‘larni hisob-kitob qilish varag‘iga o‘tkazish yo‘li bilan ham amalga oshrilishi mumkin. Keyingi holatda ssudaning maqsadli yo‘naltirilganligini ta’minlovchi mexanizm bo‘lishi kerak. U o‘z ichiga: a) mijozning ssudaning maqsadli yo‘naltirilganliliga rioya etish majburiyati; b) berilgan mablag‘larning 262 maqsadli ishlatilishi ustidan bank nazorati shaklini oladi. Kredit shartnomasining 3-bo‘limida qarz oluvchining huquqlari ko‘rsatiladi. Mijoz quyidagi huquqlarga ega: - kredit shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va muddatda kreditni olish; - shartnomaga asosan yoki kreditor qarshi bo‘lmasa, kreditni muddatidan oldin qaytarish; - shartnomaga amal qilinmasa kredit shartnomasini bekor qilish; - kredit shartnomasi muddatini uzaytirish va qayta moliyalash stavkasiga asosan kredit foizini o‘zgartirishni talab qilish; - kredit shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa huquqlar. Kredit shartnomasining 4-bo‘limida bankning majburiyatlari aks etadi. Bank majburiyatlarida mijozga ssuda varag‘ini ochish, ssudalarni kerakli summa, ko‘rinish va aniq muddatlarda berishni kiritish mumkin. Bank majburiyatlariga quyidagilar kiradi: - o‘z vaqtida kreditni berish va pul hisob hujjatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish; - kredit shartnomasiga binoan kreditlarga foiz hisoblash; - kreditni va unga foizlarni muddatidan oldin undirish hollarida qarzdorga ma’lumot berish; - normativ hujjatlarning o‘zgarishi to‘g‘risida mijozni xabardor qilib turish; - shartnomada ko‘rsatilgan boshqa majburiyatlar. Bu majburiyatlarni bajarmaganda, bank mijozga jarima to‘lashi ko‘zda tutilgan bo‘ladi (odatda, har bir kechiktirilgan kun uchun 0,01 foiz miqdorida). Shuningdek, bank kredit berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish huquqiga egadir. Agar qarz oluvchi uni qaytara olmasligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lsa, berilgan kredit bank tomonidan muddatidan ilgari undirilishining sabablari to‘g‘risida qarz oluvchiga yozma xabar beradi. Qarz oluvchining hisobvarag‘iga mablag‘ kelib tushgan sana inobatga olingan holda berilgan kreditlar bo‘yicha kunlik foiz to‘lovlari hisoblanadi. 263 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni kreditlash bo‘yicha kiritiladigan o‘zgarishlar bo‘yicha qarz oluvchiga xabar berish v.b. 5-bo‘lim mijozning majburiyatlariga bag‘ishlanib, bu bo‘limda quyidagi mijozlar kredit va foizlarining o‘z vaqtidaligi to‘liq ko‘rsatilgan, qaytarilishiga yo‘naltirilgan kreditlarning maqsadsiz ishlatilishi aniqlangan hollarda, maqsadsiz ishlatilgan summaning 25 foizi miqdorida jarima to‘lash va ushbu shartnomaning 1-bandida ko‘rsatilgan kredit summasining to‘liq qaytarilishini; qarz oluvchi korxona rahbari investitsiya loyihalarini (biznes-reja) texnik- iqtisodiy asoslanganligi, axborotning o‘z vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslash parametrlarini va biznes-rejalarni amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob berishi, biznes-reja bo‘yicha ko‘zda tutilgan pul oqimlarini grafik bo‘yicha tushishini ta’minlashi; bankka garovga berilayotgan ko‘chmas mulk va moddiy boyliklar sug‘urta idoralarida sug‘urtalangan va kredit shartnomasi yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun harakatdagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan notarial idoralarda tasdiqlangan va davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi shart. Bankka garovga berilayotgan ko‘chmas mulk va moddiy boyliklarning yaxlitligini saqlash yuzasidan to‘liq moddiy javobgar bo‘lishi (kredit va unga hisoblangan foiz to‘lovlar to‘liq to‘langunga qadar), ularni sotib yubormasligi va boshqa uchinchi shaxsga bermasligi shart. Kafolatchi tashkilotning moliyaviy holati yomonlashganda, tugatilishi yoki bankrotlik holatiga kelib qolish holatlari ro‘y berganda, kredit ta’minotiga berilgan mulk holati yomonlashganda, bank talabiga binoan olingan kredit va foizlarni muddatidan oldin uzish yoki ta’minotini boshqa likvid ta’minotga almashtirish ko‘zda tutilishi mumkin. Kredit uchun foiz to‘lovlar har oyning 20 sanasigacha to‘lanadi. Qarz oluvchi bankka quyidagilarni taqdim etadi: - qarzlarning yuzaga kelish sanalari ko‘rsatilgan debitor va kreditor qarzdorligi bo‘yicha yoyilmasi ilova qilingan yillik va chorak balanslari; 264 - muddati o‘tgan qarzlar bo‘yicha solishtirma dalolatnomalar va bank nazorat funksiyasi uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar. Birlamchi hisobotlar va buxgalterlik hujjatlariga ruxsat berilishi va bank talabiga ko‘ra qarz oluvchi tegishli hujjatlardan zarurlarining nusxasi taqdim etilishi. Kreditning maqsadli ishlatilishi yuzasidan bank xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilishiga ruxsat berilishi, shuningdek, kreditning ishlatilishini joyiga chiqib tekshirish uchun ruxsat berilishidir. Ushbu kredit shartnomasi bilan huquqiy jihatdan bog‘liq bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarining saqlanishi holati bo‘yicha bank xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazishga ruxsat berilishi, agar kredit sug‘urtalangan bo‘lsa, har yil uchun sug‘urta to‘lovlarining o‘z vaqtida to‘lab borilishi, har yil uchun alohida kafil tashkilot moliyaviy holati to‘g‘risida yozma ma’lumot taqdim etish kabilar bo‘lishi lozim. Shuning uchun mijozning majburiyatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditning tamoyillari, qoidalari va shartlariga amal qilishga bog‘liqdir. Mijoz majburiyatlariga quyidagilar kiradi: - kreditdan belgilangan maqsadlarda foydalanishni ta’minlash; - o‘z vaqtida foizlarni to‘lash va kreditni qaytarish; - to‘lovga layoqatliligi to‘g‘risida bankka ma’lumot berib turish; - kreditni ta’minlash; - berilgan kredit bo‘yicha hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni yechish uchun birlamchi buxgalteriya hisobotlari va hujjatlarini kerakli paytda kredit bo‘limiga taqdim etish; - 3-shaxsdan kredit olish to‘g‘risida bankni xabardor qilish; - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgarishi hollarida bankni xabardor qilish; - likvidatsiya paytida zudlik bilan kreditni (foizlari bilan) qaytarish; - shartnomaga binoan boshqa majburiyatlar. Kredit shartnomasining 5-bo‘limida kredit qaytarilishini ta’minlovchi aniq usullari ko‘rsatiladi. Ular quyidagicha bo‘lishi mumkin: a) garovga qo‘yilgan tovar-moddiy boyliklar; 265 b) bank yoki sug‘urta tashkilotining kafolati; d) uchinchi shaxsning kafilligi; e) sug‘urta polisi. Yuqorida keltirilgan kredit qaytarilishining kafolatini ta’minlovchi usullar kreditning barcha turlarida, qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini hisobga olgan holda ishlatiladi. Ular mijozga ishonch yetarli bo‘lmaganda, ssudani pul tushumlari hisobiga qaytarishning yuqori riski mavjud bo‘lganida qo‘llaniladi. 5-bo‘limda kreditdan foydalanganlik uchun bankka to‘lanadigan foizlar darajasi aks etadi. Bu bo‘limda quyidagi hollardagi foiz stavkasini belgilash, qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir: a) shartnomada ko‘rsatilgan ssudadan foydalanish muddati davomida; b) ssuda prolongatsiya qilinganda; d) ssuda to‘lashni kechiktirganda; e) mijozning kreditga layoqatliligining yomonlashganida yoki bitimning kredit riskini ko‘paytiruvchi boshqa omillarning paydo bo‘lishida. Bundan tashqari kredit shartnomasida kreditga foiz hisoblash va uni undirish muddatlari ko‘rsatilishi zarur. Inflyatsiya sharoitida kredit shartnomasining yana bir punktida boshlang‘ich o‘rnatilgan foiz stavkalarining inflyatsiya o‘sish darajalariga bog‘liq holda o‘zgartirish tartibi berilgan bo‘ladi. Foiz stavkasini qayta ko‘rib chiqishga asos bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Ba’zi hollarda kredit shartnomasida tomonlarning javobgarligi 6-bo‘limda tomonlar olgan majburiyatlar qisman yoki to‘liq bajarilmaganda, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari oldida javobgar ekanligi haqida sanksiyalar berilgan bo‘ladi. “Shartnomaning qo‘shimcha shartlariˮ degan bo‘limda oldingi bo‘limlarda ko‘rsatilmagan boshqa shartlar belgilanadi. Ularga agar mijoz bu bankda hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lmasa, summa va muddati ko‘rsatilgan majburiy muddatli depozit ochish; kreditlash yoki kredit liniyasi limitining boshlang‘ich o‘rnatilgan summasini o‘zgartirish tartibi; kredit shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibini kiritish mumkin. 266 “Kelishmovchiliklarni hal qilishˮ bo‘limida quyidagilarni ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘ladi: a) tomonlar o‘rtasida shartnoma shartlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan kelishmovchiliklarni o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilish; b) o‘zaro kelishuv bilan hal qilish mumkin bo‘lmagan kelishmovchiliklarni O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan respublika xo‘jalik sudida hal qilish. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari kredit shartnomasining yana bir bo‘limi shartnomaning amal qilish muddati bo‘lib, unda kredit shartnomasining amal qilish muddatini, ya’ni uning boshlanishi va oxirini belgilaydi. Shartnomada, shuningdek, tomonlarning yuridik manzili (pochta manzili, hisob-kitob yoki vakillik hisoblari, telefon (faks) hamda muhrlar bilan tasdiqlangan imzolar aks etadi 72 . Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling