O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhlarga qo‘yilgan ba’zi
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
Bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhlarga qo‘yilgan ba’zi
me’yorlar 74 Me’yorlar Me’yoriy talablar YUridik shaxsning yirik ishtirokchisi (aksiyadori) Ustav kapitali yoki ovoz beruvchi ulushlarning (aksiyalarning) 10 yoki undan ortiq foiziga bevosita yoki bilvosita ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs; Yirik risk Jami summasi bank birinchi darajali kapitalining 10 foizidan oshadigan bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun riskk. Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun riskning eng Yuqori miqdori Bank birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga to‘g‘ri keluvchi ta’minlanmagan kredit, hamda faktoring Bank birinchi darajali kapitalining 5 foizidan oshmasligi zarur. 74 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining “Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorlari to‘g‘risida”gi nizomi asosida tuzilgan 274 xizmatlari uchun riskning eng Yuqori miqdori Yirik risklarning umumiy miqdori Bank birinchi darajali kapitalining 8 barobaridan oshmasligi lozim. CHet el valyutasida kiritilgan depozit ostida beriladigan kredit miqdori Valyutaning qiymati kredit qoldig‘ining kamida 105 foizini tashkil etishi lozim. Jadval ma’lumotlari Shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy talablariga asosan bankning bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun riskkning eng Yuqori miqdori bank birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak. Shuningdek, bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga to‘g‘ri keluvchi ta’minlanmagan kreditlar, bank amalga oshiradigan faktoring xizmatlari uchun riskkning eng Yuqori miqdori esa bank birinchi darajali kapitalining 5 foizidan oshmasligi zarur. Yuqorida keltirilgan talablar bozor qiymati kreditlarning 125 foizini qoplay oladigan davlat qimmatli qog‘ozlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati yoki boshqa majburiyatlari bilan ta’minlangan kreditlar, bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga qayta moliyalashtirilgan kreditlarga, Shuningdek, kredit beruvchi bankdagi depozitlar bilan kreditlar ta’minlangan bo‘lsa tadbiq etilmasligi ham Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida o‘z ifodasini topgan. Bank faoliyatida yuzaga keladigan risklardan himoyalanish maqsadida banklar tomonidan beriladigan yirik risk darajalarning umumiy miqdori bank birinchi darajali kapitalining 8 barobaridan oshmasligi, bankga qo‘yilgan depozit chet el valyutasida kiritilgan bo‘lsa, bu valyutaning qiymati kredit qoldig‘ining kamida 105 foizini tashkil etishi lozim. Tijorat banklari tomonidan bu me’yoriy talablar bajarilishi va har bir bank bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun riskning hamda yirik risklarga doir yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha yirik yo‘qotishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ular to‘lamagan bank krediti umumiy summasi, qarzdorning boshqa majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bankda 275 yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha yirik risklarning umumiy summasi)ni o‘z ichiga olgan hisobotni yuritishi va har oyda bir marotaba Markaziy bankka taqdim etishi lozim. Bu talablarning qo‘yilishi va ularning amalga oshirilishining talab qilinishi banklarni ular faoliyatda yuzaga keladigan qator risklardan himoya qilishda, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Banklar va ularning filiallari iqtisodiy normativlarni belgilovchi banklarga oid qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, Markaziy bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan 0,1 foizgacha jarima undirish yoxud ayrim operatsiyalarni o‘tkazishni olti oygacha bo‘lgan muddatga cheklab qo‘yish huquqiga ega. Agar yo‘l qo‘yilgan tartib buzilishlar yoki bank o‘tkazayotgan operatsiyalar omonatchilar va kreditorlarning manfaatlariga aniq xavf tug‘dirgan bo‘lsa, Markaziy bank: banklardan ustav kapitali eng kam miqdorining bir foizidan oshmagan summada jarima undirishga; bankdan bankni moliyaviy sog‘lomlashtirish, Shu jumladan aktivlar tuzilmasini o‘zgartirish, bank xarajatlarini kamaytirish va aksiyadorlarga dividendlar to‘lashni to‘xtatish tadbirlarini ko‘rishni, bank yoki uning filiali rahbarlarini, Shu jumladan bank kengashi rahbarlari va a’zolarini almashtirishni, bankni qayta tashkil etishni, filialni tugatishni talab qilishga; bank uchun iqtisodiy normativlarni olti oylik muddatgacha o‘zgartirishga; bankning ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirishini bir yilgacha bo‘lgan muddatga, Shuningdek filiallar ochishni ham Shuncha muddatga taqiqlab qo‘yishga haqli hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018 yil 18 avgustdagi 27/13-son qaroriga asosan “Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar to‘g‘risidagi nizom”ga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi va mazkur nizom bo‘yicha Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling