O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


-§. Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

5-§. Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun 
risk darajasining eng ko‘p miqdorlari
O‘zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunga 
asosan bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan bankka bog‘liq bo‘lmagan 
shaxslarga nisbatan qulayroq shartlar asosida bitim tuzishni ta’qiqlaydi va 
Markaziy bankka bunday bitimlar bo‘yicha cheklashlar belgilash yuzasidan 
vakolatlar berilgan. Bankning asosiy aksiyadorlari, uning rahbarlari, xodimlari va 
ular bilan bog‘liq shaxslar bank xizmatlaridan imtiyozli asosda foydalanmasliklari 
va amaldagi qonunlarga rioya qilishlari kerakdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015 yil 22 
iyuldagi 19/16 –sonli qaroriga binoan qabul qilingan “Bir qarz oluvchi yoki bir-
biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorlari 
to‘g‘risida”gi nizom bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi 
uchun riskning eng ko‘p miqdorlarini belgilaydi. 
Mazkur nizomga binoan
 
yuridik shaxsning yirik ishtirokchisi 
(aksiyadori) — ustav kapitali yoki ovoz beruvchi ulushlarning (aksiyalarning) 10 
yoki undan ortiq foiziga bevosita yoki bilvosita ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik 
shaxs hisoblanadi, yirik risk deganda esa — jami summasi bank birinchi darajali 
kapitalining 10 foizidan oshadigan bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz 
oluvchilar guruhi uchun to‘g‘ri keladigan risk tuShuniladi. 
Agarda faoliyati davomida qarzdor(lar)dan biri boshqa qarzdor(lar)ga katta 
ta’sir o‘tkaza olishi mumkin bo‘lsa, bankning qarzdori bo‘lgan shirkat, mas’uliyati 


273 
cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning ishtirokchisi ayni bir paytda 
bankning qarzdori bo‘lsa, ikki yoki undan ortiq qarzdor aynan bir shaxsning (bu 
shaxs bank oldida qarzdor yoki qarzdor emasligidan qat’i nazar) ta’siri ostida 
bo‘lsa, xo‘jalik jamiyati yoki shirkatning bankdan qarzdor bo‘lgan ikki yoki undan 
ortiq ishtirokchisi aynan bir shaxs bilan solidar javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan 
bo‘lsa (bu shaxs bank oldida qarzdor yoki qarzdor emasligidan qat’i nazar), bir 
qarzdor ikkinchisiga kredit sifatida olingan mablag‘larni bergan bo‘lsayoki 
ko‘pchilik bo‘lib olingan kreditlar bir sub’ektga berilgan bo‘lsa, ikki va undan 
ortiq qarzdorlar birgalikda faoliyat yuritishga bankdan kreditlar olsa va uni dan 
Yagona manbadan to‘lashsa, qarzdorlarning birida moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga 
kelgan taqdirda to‘lov bo‘yicha muammolar qarzdorlarning boshqasida ham 
yuzaga keladigan hollar bo‘ladigan bo‘lsa, bunday sub’ektlar banklar faoliyatida 
bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi deb hisoblanadi. 
Quyida biz banklar faoliyatida bir-biriga daxldor qarz oluvchilar 
guruhlarga qo‘yilgan ba’zi me’yorlarni keltirib o‘tamiz. 
-jadval

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling