O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bankka aloqador shaxsga yoki uning nomidan faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsga beriladigan har qanday kreditlarning ta’minoti bo‘yicha me’yorlar 75
- Tayanch so’zlar
banklar tomonidan bankka aloqador shaxsga yoki uning nomidan faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsga beriladigan har qanday kredit ta’minoti bo‘yicha me’yorlarga o‘zgartirishlar kiritildi.Bu o‘zgarishlarni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin. 276 -jadval Bankka aloqador shaxsga yoki uning nomidan faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsga beriladigan har qanday kreditlarning ta’minoti bo‘yicha me’yorlar 75 Ko‘rsatkichlar O‘rnatilgan me’yorlar Kredit beruvchi bankka milliy valyutada kiritilgan depozitlar qo‘yilganda Depozitlar kreditning kamida 100 foizi miqdorida bo‘lishi shart. Kredit beruvchi bankka chet el valyutasida kiritilgan depozitlar qo‘yilganda Chet el valyutasida kiritilgan depozitlar kreditning kamida 105 foizi miqdorida bo‘lishi shart. Kreditning ta’minoti sifatida davlat qimmatli qog‘ozlari qo‘yilganda davlat qimmatli qog‘ozlari kreditning kamida 125 foizi miqdorida bo‘lishi shart. Kreditning ta’minoti sifatida boshqa ta’minot vositasi qo‘yilganda kreditning kamida 130 foizi miqdori bozor bahosidagi ta’minot bilan ta’minlanishi shart. Bank faoliyatini tartibga solish bo‘yicha Xalqaro Bazel qo‘mitasining asosiy talablari qabul qilingan bo‘lib Bazel qo‘mitasi o‘zining “Bazel I”, “Bazel II”va 2010 yil 12 sentyabr kuni dunyoning 27 mamlakati markaziy banklari vakillari banklar kapital bazalariga talablarni kuchaytiruvchi “Bazel III” bank faoliyati nazorati me’yorlarining yangi to‘plamini tasdiqladilar. “Bazel III”ga ko‘ra, banklarning kelajakda ehtimoli bo‘lgan inqirozlarga qarshi tura olishi uchun kapitalning 2,5 foizi miqdorida qo‘shimcha “himoya yostig‘i”ga ega bo‘lishi talab etiladi. Bank faoliyatini tartibga solish tizimining iqtisodiy tabiatiga ta’sir ko‘rsatuvchi sermazmun yangiliklar tarkibiga qo‘yidagilar kiritiladi: -markaziy bank vositasida alohida banklarni emas, balki yalpi moliyaviy tizimning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan makroprudensial nazoratni tatbiq etish; -kredit davrining real iqtisodiyotga salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan kontrsiklik tartibga solishni rivojlantirish. Banklar faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirish borasida Bazel qo‘mitasining bazaviy tamoyillari 25 tadan iborat bo‘lib ular: ➢ Samarali bank nazoratini ta’minlash shart-sharoitlari; 75 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018 yil 18 avgustdagi 27/13- son qaroriga asosan “Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar to‘g‘risidagi nizom”ga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi va mazkur nizom asosida tuzildi. 277 ➢ Litsenziyalash va struktura; ➢ Prudensial talablar va prudensial tartibga solish; ➢ Joriy bank faoliyatini tartibga solishning metodikasi; ➢ Axborotni taqdim etish bo‘yicha talablar; ➢ Nazorat instansiyalarining vakolatlari; ➢ Xalkaro bank operatsiyalari kabilarni o‘z ichiga oladi. 76 Tayanch so’zlar: kredit, kredit shartnoma. Mijoz huquqi? Bank huquqi, majburiyat, taminot, kredit taminoti, kafil, kafillik, subekt, obekt, nazorat Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling