O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


kredit  254  shartnomasiga


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

kredit 


254 
shartnomasiga ko‘ra, bir taraf – bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) 
ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va 
shartlar asosida pul mabalg‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul 
summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi. 
Kredit shartnomasi: 
ikki taraflama shartnomadir, ya’ni har ikki taraf tegishli huquq va 
majburiyatlarga ega bo‘ladi; 
haq evaziga tuziladigan shartnomadir, ya’ni qarzdor kreditorga kredit 
olganligi uchun foiz, marja, komissiya ko‘rinishida haq to‘lashi lozim; 
konsensual shartnomadir, ya’ni u kredit shartnomasi taraflar tomonidan 
imzolanishi bilanoq tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi, biroq berilgan kreditga 
foizlar shartnoma tuzilgan kundan emas, balki haqiqatda kredit mablag‘laridan 
foydalanilgan davr uchun to‘lanadi; 
xo‘jalik shartnomasidir, chunki kredit shartnomasi asosan tadbirkorlik 
faoliyatiga mansub sohalarda tuziladi. 
Kredit miqdori va uning qaytarilish muddati, foiz miqdori va uni to‘lash 
muddati, kreditning maqsadi va boshqalar kredit shartnomasining muhim shartlari 
hisoblanadi. Tijorat banki va mijoz o‘rtasidagi kredit munosabatlari kredit 
shartnomasiga asoslanadi. Rivojlangan davlatlar bank tizimida har qanday kredit 
munosabatlari unda ishtirok etuvchi tomonlarning mavqeyidan qat’iy nazar o‘zaro 
manfaatli shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Kredit shartnomasida quyidagi 
asosiy shartlar ko‘rsatiladi: 
Kreditning maqsadi. 
Tijorat banki uchun kreditning qanday maqsadlarga so‘ralayotganligi muhim 
hisoblanadi. Shartnomada kreditning qaysi maqsad uchun ishlatilishi ko‘rsatiladi 
va bu korxonalarning biznes rejasida o‘z aksini topishi lozim. Biznes rejada 
ko‘rsatilgan maqsad bo‘yicha kredit summasi o‘tkazilib beriladi va korxonaning 
keyingi faoliyati ham bank tomonidan kreditning shartnomada ko‘rsatilgan 
maqsadlarga yo‘naltirilishi nazorat qilib boriladi.
Kredit summasi.


255 
Kredit shartnomasida kreditning summasi mijozning garovga qo‘ygan 
mulkining 120 foizi miqdorida yoki kafolatlangan summa miqdorida belgilanib 
ko‘rsatiladi. Tijorat banki mijoz arizasida ko‘rsatilgan summani har tomonlama 
asoslab berishi kerak. Odatda, mijozlar o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada 
baholab keladilar. Tijorat banklari kerakli hollarda kreditlanayotgan obyektni to‘la 
o‘rganib chiqish uchun mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. 
Kreditning foiz stavkasi. 
Hozirgi kunda ko‘pgina tijorat banklari qayta moliyalash stavkasini va jalb 
qilgan resurslarining bahosini hisobga olgan holda o‘zlarining kredit siyosatiga 
muvofiq mustaqil foiz stavkalarini o‘rnatadi. 
Kreditni qaytarish muddati. 
Shartnomaga asosan kreditdan foydalanish muddati kelganda, kredit olgan 
korxona muddatida kreditni qaytarmasa, muddati o‘tgan qarz hisob raqamiga 
chiqariladi. Har oyning birinchi kuniga har oy uchun olinadigan foiz summasini 
o‘z vaqtida to‘lab bormasa, muddati o‘tgan foiz hisoblanib boriladi. Kredit uchun 
olinadigan foiz bir necha marta muddati o‘tgan foiz hisob raqamiga chiqsa, bank 
kreditni muddatidan oldin yopishga farmoyish beradi. Barcha ssuda operatsiyalari 
shu hisob raqam orqali olib boriladi. Kredit summasi bankning o‘z mablag‘lari 
hisobidan vakillik hisob raqami orqali to‘lab beriladi.
Respublikamizda qisqa muddatli kreditlash va, umuman, tijorat banklari 
tomonidan kredit berish “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga asosan 
olib boriladi. Banklar tomonidan kredit berish kreditlashning asosiy tamoyillari 
kreditning maqsadliligi, kreditning ta’minlanganligi, muddatliligi, qaytarilishi, 
to‘lovliligi asosida amalga oshiriladi. 
Kredit shartnomasi huquqiy jihatdan bir qator xususiyatlarga ega. O‘zining 
huquqiy tabiatiga ko‘ra kredit shartnomasi tomonlarning maqsadlarini va shu 
maqsadlarning amalga oshishini birlashtiradi. Maqsad sifatida kredit shartnomasi 
bankning ma’lum shartlar asosida ssuda berish roziligi va qarz oluvchining uni 
ma’lum davrdan so‘ng qaytarib berishga tayyorligini aks ettiradi. Maqsadlarning 
bajarilishi sifatida kredit shartnomasi ssuda berish va to‘lash bo‘yicha aniq 


256 
harakatni ko‘zda tutadi. Mijozning ssudani qaytarish bo‘yicha majburiyatlari 
shartnomani imzolashdan oldin amalga oshirilgan bo‘lsa ham, faqatgina ssuda 
olingandan so‘ng paydo bo‘ladi. Kredit shartnomasi, shuningdek, kredit bitimining 
iqtisodiy shartlarini tartibga soladi. U bir tomondan mijoz talabining to‘laroq 
hisobini, ikkinchi tomondan esa bankni kredit riskidan saqlashning muvofiq 
mexanizmini ta’minlab beradi. 
Kredit shartnomasi qarz shartnomasining bir turi hisoblansada, u qarz 
shartnomasidan farq qiladi. Bu farqni quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin.
26-jadval 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling