O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
Kreditlash usullari Kredit monitoringi Kreditlash mexanizmi Kreditlas h subyektla ri Kreditlas h obyektlar i Kredit ta’minoti Kreditor Qarz oluvchi Qarzga berilgan qiymat yo‘nalishi 246 17-rasm. Kreditlash mexanizmi elementlari Kredit subyekti, obyekti, ta’minoti, kreditlash metodlari va usullari, kredit monitoringini yuritish va boshqalar kredit mexanizmining asosiy elementlari hisoblanadi. Albatta, kredit mexanizmining mohiyatiga turlicha yondashuvlar mavjud, lekin shu bilan birga, yuqorida keltirilgan elementlar kredit mexanizmining asosini tashkil etadi. Kredit munosabatlarini o‘rnatishda mazkur elementlarning qaysi biridir muhim ahamiyatni o‘zida mujassamlashtirishi va kreditorning qaror qabul qilishida hal qiluvchi omilga aylanishi mumkin. Masalan, obro‘li va xalqaro bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan kompaniya yoki firma, joriy faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelib bank kreditiga murojaat etdi. Bunda bank iloji boricha unga kreditni berishga harakat qiladi, chunki bunday mijozni yo‘qotish bank uchun foydali emas. Yana bir misol – korxona kelajakda juda samarali va yuqori foyda keltiradigan, istiqbolli loyihasini bankka taqdim etib, bu loyihani moliyalashtirishni so‘rashi mumkin. Bank ushbu loyiha istiqboliga amin bo‘lib, yuqori foyda olish maqsadida kredit berishi mumkin. Bu ikkala misolda, birinchi holda, kreditlash subyektiga, ikkinchi holda, kreditlash obyektiga e’tibor berilmoqda. Bu hollarda kreditlash riskini inobatga olish muhim hisoblanadi. Shuning uchun kreditlash jarayonida kredit mexanizmining yuqorida sanab o‘tilgan bazaviy elementlarga umumlashgan holda e’tibor berish lozim. Endi kreditlash subyektiga yana qaytadigan bo‘lsak, qarz oluvchi bo‘lib mulkchilik turidan qat’iy nazar, bank ishonchini qozongan, ma’lum moddiy va 247 huquqiy kafolatlarga ega foiz to‘lash va kreditni o‘z vaqtida qaytarishga rozi bo‘lgan subyektlar bo‘lishi mumkin. Kreditlash subyektlariga yanada aniqroq yondashadigan bo‘lsak, ularni quyidagilarga bo‘lish mumkin: - davlat korxona va tashkilotlari; - xususiy mulkchilikka asoslangan korxona va tashkilotlar; - kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari, kooperativlar; - ishlab chiqarish subyektlari va savdo tashkilotlari; - oilaviy tadbirkorlik, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar, fermerlar, mikrofirmalar, birlashmalar; - boshqa banklar; - boshqa xo‘jaliklar, xususan, hukumat korxonalari, qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Undan tashqari, qisqa muddatli kreditlarning yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tadbirkorlar ham olishlari mumkin. Yuqoridagi subyektlar kredit oluvchi sifatida faoliyat ko‘rsatsa, tijorat banklari yoki boshqa kredit muassasalari kredit beruvchi subyekt sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, banklar banklararo kreditlarda qarz oluvchi subyekt sifatida ham faoliyat ko‘rsatadilar. Tor ma’noda kreditlash obyekti, kredit (ssuda) aynan qaysi maqsad uchun berilsa, shu kredit obyekti hisoblanadi va kredit bitimi shu obyekt bo‘yicha tuziladi. Amaliyotda qisqa muddatli kreditlar ishlab chiqarish zaxiralarining turli elementlari uchun beriladi. Sanoatda, masalan, banklar xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, zaxiralar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot va boshqalarni kreditlaydi. Savdoda kreditlashning obyekti bo‘lib, tovaroborotdagi tovarlar, xizmatlar hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida banklar dehqonchilik va chorvachilik xarajatlari; mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i va boshqa xarajatlarni kreditlaydi. Umuman olganda, 248 qisqa muddatli kreditlar quyidagi 3 ta asosiy obyektni kreditlashga yo‘naltiriladi: - tovar-moddiy boyliklar; - ishlab chiqarish xarajatlari; - hisob-kitoblar uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar. Tovar moddiy boyliklari yuqori salmoqqa ega bo‘lgan kreditlash obyekti hisoblanadi. Korxonaning tovar moddiy boyliklarini ishlab chiqarishga joriy qilish, sotish jarayonlarida, mavsumiy korxonalarda tovar moddiy boyliklarni rejadan tashqari qabul qilinganda, import mahsulotlari kelib tushganda, ularning transportirovkasi bilan bog‘liq xarajatlarni, savdo va ta’minot tashkilotlarida normativdan yuqori tovar zaxiralari yuzaga kelganda kreditlarga murojaat etadi. Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish bilan mablag‘lar tushishi jarayoni bir-biriga mos kelmaganda, tugallanmagan ishlab chiqarish salmog‘i oshib ketganda kelgusi davr xarajatlariga, ba’zi korxonalarga yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish va korxonani qayta ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni amalga oshirishda kreditlarga murojaat etiladi. 70 Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling