O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


«Bank omonati shartnomasi bo‘yicha birinchi tarafdan (omonatchidan) qabul


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

«Bank omonati shartnomasi bo‘yicha birinchi tarafdan (omonatchidan) qabul 
qilib olgan yoki uning nomiga kelgan pul summasini (omonatni qabul qilib 
olgan ikkinchi taraf bank) shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida va 
tartibda omonat summasini qaytarish va unga foizlar to‘lash majburiyatini 
oladi». 
Bank 
omonati 
shartnomasi 
omonatlarni 
jalb 
etish 
bilan 
bog‘liq 
bank 
operatsiyalarini 
amalga 
oshirish 
vakolatini 
olgan 
banklar va boshqa kredit muassasalari bilan omonatchi jismoniy va yuridak 
shaxslar 
o‘rtasida 
tuzilishi 
mumkin. 
qonunda 
belgilanganidek, 
omonatchining 
pul 
mablag‘i 
bankka 
kelib 
tushgan yoki topshirilgan kundan boshlab bank omonati shartnomasi tuzilgan 
xisoblanadi. 
Bank omonati shartnomada maxsus ko‘rsatib qo‘yilgan bo‘lsa, talab qilib 
olingunicha qo‘yilgan omonatlarga to‘lanadigan foizlar miqdori bank tomonidan 
o‘zgartirilishi mumkin. Bank foizlari kamaytirilgan taqdirda, bu bank foizlarni 
kamaytirishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin qo‘yilgan omonatlarga 
nisbatan qo‘llaniladi. Undan avval qo‘yilgan omonatlarga nisbatan esa 
shartnomada boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa omonatchi bu haqda yozma 
xabardor qilinganidan keyin bir oy o‘tgach qo‘llanilishi mumkin. Muddatli 
omonatlar uchun to‘lanadigan foiz haqlar shartnomada bu haqda maxsus ko‘rsatib 


208 
qo‘yilgan hollardan tashqari bank tomonidan bir tomonlama pasaytarilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Bank qabul qilib olgan omonatning qaytarilishini ta’minlashi shart. Ushbu 
kafolatni amalga oshirilish vositalari va usullari qonunlar bilan hamda bank omonati 
shartnomasida nazarda tutiladi. 
Bank tomonidan omonatga qaytarilishi ta’minlanmagan ta’minotni yo‘qotgan 
yoki yomonlashtirilgan bank omonatiga tegishli foizlar to‘lashdan tashqari omonatchi 
ko‘rgan barcha zararlarni qoplab berishi shart. qonunda uchinchi shaxs foydasiga 
omonat qo‘yilish mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lib, tegishli pul bankka kelib 
tushgan paytdan boshlab u omonatchi huquqlariga ega bo‘ladi. 
Bank yoki boshqa kredit muassasasining aholidan va yuridik shahslardan omonat 
qabul qilishga haqli ekanligi ushbu muassasaga O‘zbekiston Resnublikasining 
Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda berishni maxsus ruxsatnoma 
(litsenziya)da ko‘rsatib qo‘yilgan bo‘lishi lozim. 
Ana shunday maxsus ruxsat (litsenziya) olmagani holda fuqarolardan omonat 
qabul qilgan bank yoki boshqa shaxs omonatni darhol qaytarib berishi, 
shuningdek, o‘zining ana shunday g‘ayriqonuniy harakati tufayli etkazilgan zarar 
o‘rnini to‘la qoplab bsrishi lozim. Bunday zarar jumlasiga o‘z mablag‘ini ishonib 
topshirgan fuqaro ololmay, qolgan daromad va foyda summalari, unga etkazilgan 
ma’naviy zararlar kiritilishi mumkin
Tegishli ruxsat (litsenziya)siz yuridik shaxslar mablag‘i omonatga qabul 
qilinganda bunday shartnomalarning belgilangan tartibda haqiqiy emas deb 
topilishiga va aybdorga fuuqarolik kodeksining 327 - moddasida ko‘zda tutilgan
javobgarlik qoidalari
qullanilishi mumkin. Ushbu moddaga ko‘ra, boshqa shaxslarning pul mablag‘larini 
g‘ayriqonuniy jamg‘arish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablag‘lar 
summasiga foiz to‘lanishi kerak. 


209 
Foiz miqdori kreditor yashaydigan joyda, kreditor yuridik shaxs bo‘lganida esa, 
uning joylashgan erida pul majburiyati yoki uning tegishli qismi bajarilgan kunda 
mavjud bo‘lgan bank foizlarining hisob stavkasi bilan belgilanadi. qarz sud 
tartibida undirilganida esa kreditorning xohishiga ko‘ra qarz berilgan kundagi yoki 
sud qarori chiqarilgan kundagi bank foizining hisob-stavkasiga qarab undirib 
berilishi mumkin. 
Bank omonati shartnomasi odatda yozma shaklda har ikkala tomon 
imzolaydigan maxsus hujjat tarzida tuzilishi va rasmiylashtirilishi lozim. Biroq 
qonunga muvofiq belgilangan bank qoidalarida va bank amaliyotida 
qo‘llaniladigan ish muomalasi odatda ko‘zda tutilgan hollarda shartnomaga xos 
xususiyatlarni o‘zida aks ettiruvchi boshqa hujjatlar tuzilganligi va omonat 
qo‘yuvchiga berilganligi ham bank omonati shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi 
fakt hisoblanishi va shartnoma tuzilganidagi huquqiy oqibatlarni yuzaga keltirish 
mumkin. Ana shunday xujjatlar qatoriga omonat daftarchasi, jamg‘arma (depozit) 
sertifikati yoki boshqa hujjatlar kiritilishi mumkin. Amaldagi fuqarolik va bank 
qonunchiligi jismoniy shaxslarning ham, yuridik shaxslarning ham pul 
mablag‘larini omonatga jalb etish mumkinligini belgilaydi hamda jismoniy 
shaxslar pul mablag‘larini jalb etishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab qo‘yadi. 
Bu xususiyatlar fuqarolar omonatlarini himoyalashning maxsus, qushimcha 
choralari belgilanganligi bilan ajralib turadi. 
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunda o‘zbek so‘mida ham, chet el 
valyutasida ham omonatlar qo‘yilishi yoki qabul qilinishi mumkinligi nazarda 
tutiladi. Bank omonati shartnomasi fuqarolik huquqiy belgilariga ko‘ra bir 
tomonlama, real hamda xaq barobariga tuziladigan shartnomalardan sanaladi. 
Omonatchi jismoniy shaxslar o‘z pul mablag‘larini saqlashlik uchun cheklanmagan 
miqdorda omonat hisoblariga ega bo‘lishlari mumkin. «O‘zbekiston Respublikasi 
banklarda ochiladigan bank xisob raqamlari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»da belgilab 
qo‘yilgan. 


210 
Fuqarolik kodeksining 759-moddasida fuqaro omonatchi bo‘lgan bank omonati 
shartnomasi ommaviy shartnoma bo‘lib hnsoblanib, ommaviy shartnomaga xos 
xususiyatlar fuqarolik (kodeksining 358-moddasida sanab k.o‘rsatilgan va unga 
muvofiq jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish xuquqi berilgan bank uni 
murojaat qiluvchi har qanday fuqarolardan pullarni omonatga qabul qilishi lozim 
bo‘ladi. Bunda bank qonunda bevosita ko‘rsatib qo‘yilgan hollardan tashqari 
kimgadir afzallik berishga, kimningdir huquqlarini cheklashga haqli bo‘lmaydi, 
barcha shaxslar bilan bir xil shartlarda shartnoma tuzishi kerak bo‘ladi. O‘zbekiston 
Respublikasi hukumati tomonidan banq omonati shartnomasi tuzish paytida har 
ikkala tomon uchun majburiy bo‘lgan qoidalar ishlab chiqilishi va joriy etilishi 
mumkin. qonun talablariga va mazkur majburiy qoidalarga zid keluvchi shartnomalar 
o‘z-o‘zidan xaqiqiy sanalmaydigan bitimlar bo‘lib hisoblanadi. Bank omonatining 
turlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiniyag 762-moddasida 
ko‘rsatilgan bo‘lib, unda omonat talab qilinishi bilanoq berilishi (talab qilinguncha 
saqlanadigan omonat bo‘lsa) lozim bo‘lgan hamda omonatni shartnomada 
belgilangan muddat tugaganidan keyin qaytarish (muddatli omonat bo‘lsa) lozim 
bo‘ladigan omonatlarga bo‘linadi. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling