O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

Tayanch so‘zlar: omonot, depozit, omonot shartnomasi, omonotnt kafolatlash, 
kafolat, Fond, bank siri, fond majburiyatlari, bank haqi, agent
 
Mavzuni o‘rganish bo‘yicha nazorat savollar: 
1. Bank omonati va kreditining io‘tisodiЄtdagi o‘rnini 
tushintirib bering. 
2. Bank omonati tushunchasini ayting. 
3. Omonat sao‘lashning huo‘uo‘iy asoslari o‘aysi o‘onunda berilgan. 
4. Omonat shartnomasi tushunchasi va mazmunini aytib bering. 
5. Omonat shartnomasi munosabatlari sub’ektlari kimlar bo‘lishi mumkin? 
6. Bank omonati operatsiyasini o‘ziga xos xususiyatlari nimada? 


214 
7. YUridik shaxslar tomonidan depozit xisob varao‘lari va mablaYOlarini 
sao‘lash tartiblari o‘aysi o‘onun xujjatida o‘ayd etilgan? 
8. Fuo‘arolar omonatchi bo‘lgan bank omonati shartnomasi o‘anday xarakterdagi 
shartnoma hisoblanadi? 
9. Omonat shartnomasiga ko‘ra tomonlar xuo‘uo‘ va burchlari o‘anday? 


244 
VIII BOB. Kredit munosabatlarini muvofiqlashtirishning huquqiy asoslari 
1-§. Kredit munosabatlarining sub’ektlari va ular o‘rtasida shartnomalarning 
zarurligi
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning asosiy turi bo‘lib, bank krediti
ya’ni tijorat banklari tomonidan beriladigan har xil turdagi va ko‘rinishdagi 
kreditlar hisoblanadi. Kredit munosabatlari yuzaga kelishi uchun uning 
obyektlari va subyektlari bo‘lishi lozim. Kreditlarning turiga qarab kredit 
munosabatlarining ishtirokchilari, ya’ni kreditning obyekti yoki subyekti turli 
subyekt va obyektlar bo‘lishi mumkin. Bank krediti sohasidagi kredit 
munosabatlarining subyekti bo‘lib banklar xo‘jalik subyektlari, aholi, davlat va 
boshqa subyektlar hisoblanishi mumkin. Ma’lumki, kreditlash jarayonida, bir 
tomondan, kredit beruvchi va ikkinchi, tomondan, qarz oluvchi o‘rtasida kredit 
munosabatlari yuzaga keladi. Kreditorlar bo‘lib, o‘zining vaqtincha bo‘sh turgan 
pul mablag‘larini ma’lum bir muddatga qarz oluvchi ixtiyoriga beruvchi 
jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadilar. 
Qarz oluvchi – o‘ziga tegishli bo‘lmagan mablag‘ni vaqtincha ishlatib, uni 
belgilangan muddatda qaytarib berish va u bo‘yicha foiz to‘lash majburiyatini 
oluvchi tomondir. Bank kreditiga kelsak, kredit munosabatlarining subyektlari 
bo‘lib, albatta, kredit beruvchi bank va turli yuridik va jismoniy shaxslar esa 
qarzdor bo‘lib hisoblanadilar. Kreditning bu turi asosan banklarning jalb 
qilingan mablag‘lar bilan ishlashiga bog‘liq. O‘zida jalb qilingan mablag‘larni 
ehtiyoji borlarga pul mablag‘larini qayta taqsimlash orqali banklar kreditor 
sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
XX asrning 80-yillarida iqtisodiyotda qayta qurish jarayonlarining 
boshlanishiga qadar sobiq ittifoqda bank kreditini qarzga oluvchi bo‘lib asosan 
xo‘jalik yurituvchi korxona va tashkilotlar qatnashganlar, ammo xo‘jalik 
organlari va banklar orasida bank krediti sohasidagi amalga oshirilgan 
munosabatlar aksariyat hollarda bir xil turdagi davlat mulkchiligiga asoslangan 
subyektlar o‘rtasida bo‘lgan.


245 
Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi va bozor munosabatlarining shakllanishi 
bilan O‘zbekistonda kredit munosabatlari subyektlarining mavqeyi o‘zgardi. Bu 
vaziyat mulkchilik munosabatlarining chuqur o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ldi. 
Bank sohasidagi mulkchilik munosabatlari qo‘shimcha ravishda “Banklar va 
bank faoliyati to‘g‘risidaˮgi qonun bilan tartibga solina boshlandi. Ishlab 
chiqarishni dekonsentratsiyalash va mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish jarayonlarini joriy qilish, iqtisodiyotni demonopolizatsiyalash 
O‘zbekistonda qabul qilingan qonunlar asosida to‘g‘ri amalga oshirilishi: 
birinchidan – xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa banklar sonining tez 
ko‘payishiga; 
ikkinchidan – ularning ko‘pchiligida egalik qilayotgan davlat mulkchilik 
shaklini turli xil mulkchilik shakllariga o‘zgartirilishiga olib keldi. 
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasida xususiy, davlat, jamoa va 
kollektiv mulkchiligiga asoslangan korxona va tashkilotlar tuzilishi hamda 
faoliyat ko‘rsatishiga, aralash mulkchilikka asoslangan korxonalarning tashkil 
etilishi va faoliyat ko‘rsatishiga huquqiy asos yaratildi.
Ayniqsa, hukumat tomonidan xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni 
rag‘batlantirish, aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish, ularni 
xususiylashtirish va faoliyatini erkinlashtirish borasida qonunlar va qator 
me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi kredit munosabatlari subyektlari 
ko‘lamining oshib borishini jadallash-tirmoqda. 
Kreditlash obyekti bu qarzga olingan summa va uning qaysi obyekt-
tovar-moddiy boyliklar, xarajatlar va hokazolarga yo‘naltirilganligini anglatadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, kreditlash tarkibini quyidagicha tasvirlash 
mumkin:

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling