O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


-§. Kredit shartnomasi tushunchasi va uning asosiy belgilari. Kichik va


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

 2-§. Kredit shartnomasi tushunchasi va uning asosiy belgilari. Kichik va 
xususiy biznes sub’ektlarini kredit bilan ta’minlash. 
YUqorida ta’kidlanganidek, kredit munosabatlari vositasida turli manbalar 
hisobiga jamg‘arilgan mablag‘lar iqtisodiy-ijtimoiy loyihalarni hal etishga jalb 
etiladi va muayyan xalq xo‘jaligi vazifalarini bajarishga imkon yaratiladi. 
Kredit operatsiyalari tijorat banklari faoliyatida asosiy o‘rinlardan birini 
egallaydi va bank uning vositasida yuridik hamda jismoniy shaxslarning omonatga 
jalb etilgan mablag‘lari, o‘z mablag‘lari hamda tashkil etilgan maqsadli davlat 
mablag‘lari hisobiga tadbirkorlik sub’ektlariga, fuqarolarga turli ko‘rinishlardagi 
kreditlar berish, evaziga foizlar olish orqali tijorat faoliyatini amalga oshiradi. 
70
Abdullaeva Sh.Z., Azizov U.O’. Bank ishi T.: IQTOSOD-MOLIYA 2019 y.278-285 b. 


249 
Davlat o‘z iqtisodiy va ijtimoiy siyosati ustuvor yo‘nalishlarini amalga 
oshirish uchun muayyan tarmoqlarni qo‘llab - quvvatlash hamda rag‘batlantirish 
bilan shug‘ullanadi. Ana shunday qo‘llab-quvvatlash shakllaridan biri – tegishli 
soxani imtiyozli shartlarda tijorat banklari orqali kredit bilan ta’minlashdan 
iboratdir. 
Ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosatining xuquqiy asoslari O‘zbekiston 
Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi «Bank tizimini yanada 
erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 avgustdagi «Iqtisodiyotni 
kreditlash mehanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
349-sonli, 2003 yil 4 fevraldagi «Pul-kredit ko‘rsatkichlarini tartibga solish 
mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 63-sonli, 2003 yil 23 
dekabrdagi «Kichik tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash 
mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 563-sonli qarorida va boshqa 
normativ-xuquqiy hjjatlarda mustahkamlangan. 
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2004 yilda tijorat banklari 
tomonidan kichik biznes sub’ektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan jami 
354 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan bo‘lib, uning 249 mlrd. so‘mi yoki 
70,3 foizi uzoq muddatli kreditlarni tashkil etdi. SHu hisobdan mamlakatda 81 
mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 
Bugungi kunda (2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra) respublikamizda 29 ta 
tijorat banki ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, ularning 5 tasi davlat banki, 13 tasi 
aksiyadorlik-tijorat banki, 5 tasi xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklar, 6 tasi esa 
xususiy banklardan iborat. 2011 yilda O‘zbekistonda kredit uyushmalari faoliyati 
to’[tatildi va bugungi kunda respublikamizda kredit uyushmalar faoliyat olib 
bormaydi.


250 
Kredit munosabatlarini amalga oshirishning asosiy huquqiy shakli kredit 
shartnomasi tuzishdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 744- moddasiga muvofiq: 
«Kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit tashkiloti 
(kreditor) ikkinchi taraf — (qarz oluvchi)ga shartnomada nazarda tutilgan miqdorda 
va shartlarda pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini 
qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi. Kredit shartnomasi 
bank amaliyotida bank ssudasi (qarzi) shartnomasi deb ham yuritiladi. 
Bank krediti shartnomasi oddny qarz shartnomasidan o‘z sub’ektlari va 
ob’ektlari doirasi bilan farq qiladi. Eng avvalo, kredit shartnomasida qarz beruvchi 
bo‘lib tegishli vakolatga (litsenziyaga) ega bo‘lgan banklar va boshqa kredit 
tashkilotlari (masalan, jamg‘armalar, sug‘urta tashkilotlari)gina qatnasha olishi 
mumkinligi, ikkinchidan, bu shartnomaning krediti faqat pul (o‘zbek so‘mlaridagi yoki 
chet el valyutasidagi) mablag‘larigina bo‘lishi mumkinligi qayd etilmog‘i lozim. 
Kredit shartnomasi haq barobariga, qaytarilishi sharti bilan, oldindan 
kafolatlanish yo‘li bilan, maqsadli shaklda tuziladi. U bir tomonlama, real tuziladi. 
Tomonlar kelishuviga ko‘ra yoki qonunda bevosita ko‘rsatilgan hollarda bu 
shartnoma tekin (foiz olinmasdan) tuzilishi ham mumkinligi qonunda ko‘zda 
tutilgan. 
Fuqarolik kodeksining 745-moddasiga ko‘ra kredit shartnomasi yozma 
tuzilishi shart. ©zma shartnomaga rioya qilmaslik uning xaqiqiy bo‘lmasligiga olib 
keladi. Ko‘pchilik hollarda har ikkala tomon imzolaydigan yagona hujjat 
shaklidagi shartnoma tuziladi. Ammo ayrim hollarda qarz oluvchi bu xaqda yozma 
ariza va o‘z iltimosini asoslovchi hujjatlar (texnik-iqtisodiy asoslar, biznes reja) 
bilan murojaat 
Q
ilishi
mumkin. Bank ariza va taqdim etgan xujjatlarni, kredit olish 
shartlarini, qarz oluvchining to‘lov qobiliyati, kredit olinayottan loyiha 
tavakkalchiligi olinadigan foyda hajmi, kredit kafolatlari va boshqa holatlarni 


251 
hisobga olgan holda kredit berish yoki iltimosni rad etish to‘g‘risida qaror qabul 
qilishi mumkin. 
Ayrim tarmoqlar bo‘yicha yoki ayrim ob’ektlar bo‘yicha kredit bilan 
taminlashning o‘ziga xos qoidalari alohida me’Єriy hujjatlar bilan tartibga 
solinadi. Masalan, hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan 1999 yil 9 oktyabrda tasdiqlangan 330-sonli «Xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarni O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan uzoq va o‘rta mudatli kredit 
bilan ta’minlashni tashkil etish qoidalari, «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
tomonidan yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan fermerlik xo‘jaliklari va 
kichik biznesning boshqa sub’ektlarini milliy va chet el valyutasida mikrokreditlash 
tartibi», 2000 yil 7 martda 907 tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan. «O‘zbekiston 
Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni moliyalash va kredit bilan 
ta’minlash tartibi», «SHaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash 
jamg‘armasi tomonidan kredit liniyasi ochilganida tijorat banklari tomonidan dehqon va 
fermer xo‘jaliklarini kredit bilan ta’minlash tartibi»,
O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki va boshqa bir qator manfaatdor vazirliklar xamda idoralar 
tomonidan 1998 yil 20 iyulda tasdiqdangan «Byudjetdan tashqari jamg‘armalar 
tomonndan O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida kredit liniyalari ochish yo‘li bilan 
kichik va o‘rta biznes subektlarini kredit bilan ta’minlash tartibi» va boshqa me’yoriy 
hujjatlar amal qilmoqda. O‘zbekiston Resiublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 
yil 22 avgustda «Banklarga lombard kredit berish tartibi to‘g‘risida nizom» 
tasdiqlangan. 
Kredit berilish usullari, ular uchun olinadigan foiz haq miqdori va uning 
to‘lanishi, kreditdan foydalanish tartibi, muddati kelgan kreditni qaytarish tartiblari 
o‘z vaqtida qaytarilgan kredit uchun javobgarlik choralarini qo‘llanilishi masalalari 
fuqarolik kodeksida, bank qonunchiligida va boshqa meyoriy hujjatlarda hamda 
kredit shartnomasida belgilab qo‘yilgan. 


252 
Bank krediti berilishi paytida uning qaytarilishini ta’minlash choralari (garov, 
ipoteka), uni qo‘llash tartib va shakllari hamda oqibatlari ham amaldagi qonunchilikda 
nazarda tutilgan. 
Ashyolarni kreditga berish va tijorat krediti (muayyan mahsulot yoki ish uchun pul 
to‘lashni kechiktirib berishga oid masalalar) tegishli qonunchilik hujjatlari bilan 
tartibga solingan. 
Tijorat banklari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va o‘rta 
biznes sub’ektlarini byudjetdan tashqari jamg‘armalarning kredit liniyalari 
hisobidan kreditlash tartibi shu xaqdagi Nizom bilan belgilangan.
71
Ushbu Nizomga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor mikrofirma va kichik 
korxonalarga mikrokreditlar, dastlabki (start) kapitalini shakllantirish maqsadlari 
uchun kreditlar beriladi. Nizomda kredit berish shartlari, muddatlari, eng ko‘p 
miqdorlari va berilish tartiblari batafsil belgilangan. 
Fermer xo‘jaliklariga bo‘lg‘usi hosilni garovga olgan holda, er uchastkasini 
garovga olgan holda kredit berish tartiblari joriy etilgan. Bunday shartlarda kredit 
berish tartiblari va olingan kreditni qaytarilish masalalari tegishli normativ xuquqiy 
hujjatlarda nazarda tutilgan. Tijorat banklari o‘z mijozlariga kredit berish 
yuzasidan tegishli kredit siyosatini ishlab chiqishlari hamda uni og‘ishmay 
ro‘yobga chiqarishlari lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000 yil 22fevralda 
«Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi 
Nizom» tasdiqlangan. Mazkur «Nizom»da har bir tijorat banki tomonidan 
ishlab chiqiladigan kredit siyosatiga qo‘yiladigan asosiy talablar ko‘rsatib 
qo‘yilgan. Kredit siyosati alohida hujjat sifatida ishlab chiqilishi va bank Kengashi 
tomonidan tasdiqlanishi lozim. Kredit siyosati haqidagi hujatda bank muassasasi 
amalga oshiradigan kredit siyosatining mazmuni, maqsad va strategiyasi, 
71
ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 2001 йил 3 октябрда 
1074-сон билан давлат р¤йхатига олинган (унга ¢¤шимча 2004 йил 24 январдаги 
203-В-2 24 сон ¢арор билан киритилган). 


253 
kreditlarni to‘planishi, to‘lanishi, garov ta’minotiga qo‘yiladigan talablar va 
boshqa zarur holatlar batafsil bayon etiladi. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling