O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
muvofiqlashtirish
1-§. Banklarning xalqaro operatsiyalari, valyutaga oid munosabatlar va valyuta qonunchiligi asoslari. Valyuta munosabatlari deganda ko‘pincha chet el davlati pul birligi sanaluvchi boylikka nisbatan bo‘lgan xuquqlarni o‘zga shaxsga o‘tkazish yoki qo‘lga kiritish yuzasidan shaxslar o‘rtasida yuz beradigan ijtimoiy aloqalar tushuniladi. Valyutaga oid munosabatlarni tartibga solishning xuquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirda 2019 yil 15 noyabrda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi, “Markaziy bank to’g’risida”gi qonunlari, 2019 yil 7 noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “To’lovlar va to’lov tizimlari to’g’risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Hukumat qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilinadigan idoraviy me’yoriy xujjatlarda belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra: “Chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasidagi to‘lov xujjatlari va sof quyma oltin valyuta boyliklari hisoblanadi”. Tashqi iqtisodiy munosabatlarni keng rivojlanishi, tovarlar, ishlar, xizmatlar eksporti va importini avj olishi, mamlakatlararo iqtisodiy-ijtimoiy, ilmiy- texnikaviy, madaniy, siyosiy aloqalarni kuchayib borayotganligi tufayli xalqaro hisob-kitoblar kengayishiga ham sabab bo‘lmoqda. Bunday xalqaro hisob-kitoblar odatda xorijiy valyuta birliklarida amalga oshiriladi. Mamlakat iqtisodiy va siyosiy xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni va milliy tovar ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini muhofaza qilish, pul muomalasi barqarorligini saqlab turish maqsadlarida chet el valyutasi bilan amalga oshiriladigan hisob-kitob va boshqa opersiyalarni maxsus tartibga solish, uni davlat nazorati ostida saqlash zarurati yuzaga keladi. O‘zbekiston Respublikasi valyuta qonunchiligi tizimi hamda uning 303 vositasida amalga oshiriladigan valyuta nazorati yuqoridagi vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi xududida valyutani tartibga soluvchi organ bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki hisoblanadi. Valyutani tartibga soluvchi organ o‘ziga berilgan vakolatlarga muvofiq chet el valyutasi va chet el valyutasidagi to‘lov xujjatlari muomalasi tartibini, milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash mexanizmini, chet el valyutasidagi hisobvarag‘larni ochish tartibini, rezident yuridik shaxslar tomonidan xorijda xisobvarag‘lar ochish tartibini, chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibini belgilab beradi. Vakolatli banklarga chet el valyutasida bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berishning umumiy qoidalarini belgilash ham, bu soxadagi bank faoliyatini nazorat qilish ham valyutani tartibga solishga oid faoliyatidan iboratdir. Valyutani tartibga soluvchi organ o‘z vakolatlari doirasida boshqa turdagi faoliyatlarni ham amalga oshiradi. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling