O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
-§. Valyuta nazorati va valyuta qonunchiligini buzganlik uchun
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
3-§. Valyuta nazorati va valyuta qonunchiligini buzganlik uchun
javobgarlik. Valyuta nazorati bu – chet el valyutasi bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshirilishi chog‘ida qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlatning vakolatli organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan faoliyatdan iborat. Valyuta nazorati moliyaviy faoliyat ustidan olib boriladigan nazorat ko‘rinishlaridan biridir. Valyuta nazoratining asosiy yo‘nalishlari jumlasiga: a) valyuta operatsiyalarini amalga oshirilishi uchun litsenziya mavjudligini, o‘tkazilayotgan operatsiyalarning qonun talablariga mosligini aniqlash; b) rezidentlar tomonidan chet el valyutasi bilan bog‘liq majburiyatlarni, shu jumladan valyuta tushumining muayyan qismini majburiy sotish bo‘yicha majburiyatini bajarishini kuzatib borish; v) valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblar va hisobotlar to‘liqligi, to‘g‘riligini kuzatib borish; g) chet el valyutasi bilan bog‘liq noqonuniy operatsiyalarga yo‘l qo‘ymaslik kabilar kiradi. 310 O‘zbekistonda valyuta nazoratini amalga oshirish vakolati quyidagi davlat organlariga berilgan: a) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki; b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi; v) O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasi; g) O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Qo‘mitasi. Ushbu organlarning valyuta nazoratini amalga oshirish yuzasidan vakolatlari tegishli qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan. Vakolatli tijorat banklari ham chet el valyutasi bilan bog‘liq bank operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida bunday operatsiyalarning qonun talablariga muvofiq kelishini kuzatib boradilar. Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga doir cheklovlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga hamda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida belgilanishi mumkin. 79 Mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga taxdid soluvchi xavf-xatar yuz bergan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vaqtincha chet el valyutasida operatsiyalar amalga oshirilishini to‘xtatib qo‘yishi yoki muayyan cheklovlar joriy etishi mumkin. Valyuta nazoratini amalga oshirilishi chog‘ida yoki xuquqbuzarlik holatlarini vakolatli organlar tomonidan surishtirish-tergov qilish chog‘ida valyuta qonunchiligi buzilgani haqidagi faktlar ma’lum bo‘lgani hollarda tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan iqtisodiy javobgarlik, mansabdor shaxslarga nisbatan esa ma’muriy yoki hatto jinoiy javobgarlik qo‘llanilishi mumkin. 79 Жумладан, Ўзбекистон Республикасининг 2004 йил 26 августдаги “Жиноий фаолиятдан олинган даромадларни легаллаштириш ва терроризмни молиялаштиришга қарши кураш тўғрисида”ги Қонуннинг 14-моддасида мажбурий назорат қилинадиган молиявий операциялар белгиланган. Қаранг Ўзбекистон Республикаси Қонун хужжатлари тўплами. 2004 йил, №43, 223-модда. 311 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga binoan chet el valyutasida olingan daromadlarni yashirganlik, ular yuzasidan soliqlar va boshqa majburiy badallarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik, to‘lovni kechiktirganlik, daromadlarni kamaytirib ko‘rsatganlik uchun iqtisodiy jazo chorasi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida (176-modda) hamda Jinoyat kodeksida (177-178 moddalar) valyutaga oid qonunchilikni buzganlik uchun jinoiy javobgarliklar nazarda tutilgan. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling