O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

 Bank muassisi sifatida davlat nomidan faqat O‘zbekiston Respublikasi 
Hukumati qatnasha oladi. Bir yuridik yoki jismoniy shaxs (davlat yohud chet ellik 
ishtirokchilardan tashqari) ovoz beruvchi aksiyalarning 35 foizdan ortiq qismiga 
egalik qilishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu qoida bitim orqali o‘zaro bog‘langan, 
bir-birlarining mol-mulklarini o‘zga tarzda nazorat qiladigan shaxslarga ham 
taalluqlidir. 
Bankning ustav kapitali muassislar va aksiyadorlarning o‘z mablag‘laridan 
tashkil topadi. Byudjet mablag‘lari, kreditga va garov sifatida olingan mablag‘lar, 
boshqa jalb etilgan mablag‘lar bank ustav kapitaliga muassis ulushi sifatida jalb 
etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 


115 
Ustav kapitalini to‘lash uchun muassislar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankida pul mablag‘larini jamlaydigan hisobvarag‘ ochadilar. Bank ro‘yxatga 
olinishi paytida eng kam ustav kapitali muassislar tomonidan milliy valyuta-
so‘mda to‘lab bo‘lingan bo‘lishi lozim. 
2017- 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish 
bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» PF-5177-sonli Farmoni, 
shuningdek, bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, xalqaro tajribani 
hisobga olgan holda, bank tavakkalchiligini baholashni takomillashtirish, tijorat 
banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning zamonaviy tamoyillari 
hamda mexanizmlarini joriy etish maqsadida: 
2017 yilning 1 oktyabridan ustav kapitalining (fondining) minimal miqdori 
yangi tashkil etiladigan: 
tijorat banklariga — 100,0 mlrd.so‘m; 
mikrokredit tashkilotlariga — 2,0 mlrd. so‘m; 
lombardlarga — 500 mln.so‘m etib belgilandi. 
Tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar 2019 yilning 1 
yanvarigacha ustav kapitallarining minimal miqdorlarini mazkur bandga muvofiq 
belgilangan minimal talablar darajasiga keltirilishini ta’minlashlari lozim. 
23
1-Jadval 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling