O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
mlrd.so‘m miqdorida belgilangan.
Ustav fondi ta’sischilar tomonidan pul mablag‘laridan, shuningdek ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulkdan shakllantirishi mumkin. Bunda kredit, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lar foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‘laridan shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng bir oydan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga litsenziya berish haqidagi ariza, mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari, mikrokredit tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi, mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank hujjatini, mikrokredit tashkiloti joylashgan binodagi kassa xonalari texnik va qo‘riqlash – yong‘indan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanishi va bu to‘g‘risida Markaziy bankning tegishli hududiy boshqarmasining xulosasini taqdim etishi kerak. Markaziy bank tomonidan arizava zarur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida ko‘rib chiqiladi litsenziya berish rad qilingan holda asoslangan raddiyani yozma shaklda etkazishi lozim. Agar litsenziya berilgan vaqtdan boshlab olti oy muddat ichida mikrokredit tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirishmasa Markaziy bank tegishli choralar ko‘rishga haqli hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorini, moliyaviy va kassa operatsiyalari o‘tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini, shuningdek iqtisodiy me’yorlarni belgilash, ko‘rsati layotgan mikro moliyaviy xizmatlar uchun foizlarni hisoblash tartibini tasdiqlash, mikrokredit tashkilotlarining 95 faoliyatini tekshirish va ularning faoliyatida aniqlangan mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishlarini bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, mikrokredit tashkilotining faoliyatini auditdan o‘tkazishga doir talablarni belgilash, mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir talablarni belgilash, mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari va belgilangan iqtisodiy me’yorlar buzilgan taqdirda, ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha jarima undirish, mikrokredit tashkiloti tomonidan Ayrim moliyaviy operatsiyalar o‘tkazishni uch oygacha bo‘lgan muddatga cheklash, mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish yoxud litsenziyani qayta rasmiylashtirish va bekor qilish orqali mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi. Mikrokredit tashkiloti faoliyatida kamchiliklar aniqlangan hollarda, shu jumladan, litsenziya talablari va shartlari buzilganda, qoida buzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar bajarilmaganda Markaziy bank tomonidan litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishi mumkin. Mikrokredit tashkiloti to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qolgan da, mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining, belgilangan iqtisodiy me’yorlarning talablari muntazam ravishda buzilganda va hisobot ma’lumotlari buzib ko‘rsatilganda, mikro moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan paytdan e’tiboran olti oydan ortiq kechikkanda Markaziy banklitsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishi mumkin. Mikrokredit tashkiloti buyurtma beruvchiga uning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida, mikro moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha har ajatlar to‘g‘risida, ko‘rsatiladigan mikro moliyaviy xizmat bo‘yicha foiz stavkasi haqida to‘g‘ri hamda to‘liq axborotni yozma shaklda xabar qilmagan, shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda 96 mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatmagan, qarz oluvchiga zarar etkazgan, moliyaviy va kassa operatsiyalari o‘tkazish qoidalariga, shuningdek belgilangan iqtisodiy norma tivlarga rioya qilmagan va boshqa salbiy hollarda Markaziy bank unga nisbatan choralar ko‘rishga haqlidir. Qonunchilik bo‘yicha mikrokredit tashkilotlariga qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga, jismoniy shaxslardan qarz mablag‘larini jalb qilishga, o‘z muassislarining majburiyatlari bo‘yicha kafil bo‘lishga yoki kafolat beruvchi bo‘lishga, shuningdek ularga o‘z majburiyatlari bajarilishini ta’minlashning boshqa usullarini taqdim etishga ruxsat etilmaydi. Aktivlarining balans qiymati bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan mikrokredit tashkilotida mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organining qarori bilan ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati mikrokredit tashkilotining faqat yuqori boshqaruv organiga hisobdordir. Ichki audit xizmatining rahbariva boshqa xodimlari mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organi tomonidan tayinlanadi. Ichki audit xizmati o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi. Mikrokredit tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda filiallar tashkil etishi mumkin. Filiallar o‘z faoliyatini mikrokredit tashkiloti uchun berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. Bugungi kunda 50 mikrokredit tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirib mikro moliyaviy xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling