O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


-rasm.Tijorat banklari boshqaruv organlari va ularning tizimi


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

 
6-rasm.Tijorat banklari boshqaruv organlari va ularning tizimi 
3-§. Banklarni qayta tashkil etish va tugatish.
Bankni qayta tashkil etish aktsiyadorlar umumiy yig‘ilish qaroriga ko‘ra 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Bu 
holda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim: 
- bank kengashi raisi tomonidan imzolangan iltimosnoma; 
- aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishining bankni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi 
qarori;
- bankni qayta tashkil etishning taxminiy shartlari, shakllari, tartib va 
muddatlarini aks ettiradigan hujjatlar; 
- qayta tashkil etishning natijalari haqidagi moliyaviy taxminlar, shu 
jumladan, bankning u qayta tashkil etilganidan keyin hisob-kitob balansi va bankni 
qayta tashkil etish natijasida vujudga keladigan yuridik shaxslar haqidagi 
ma’lumotlar. 
Mazkur hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ikki 
oy davomida ko‘rib chiqiladi. 
Bank aksiyadorlarining umumiy yig’ilishi 
Bank Kengashi 
Bank Boshqaruvi 
Bank taftish 
komissiyasi 
Bank Boshqaruvi 
raisi 


126 
Bank faoliyatini to‘xtatish va banklarni tugatish “Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida”gi Qonunda hamda Markaziy bankning 240-sonli “Banklarni tugatish 
tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi. Aktsiyadorlar 
yig‘ilishining qaroriga ko‘ra, Markaziy bank litsenziyani qaytarib olganda, bankrot 
deb e’lon qilinganda o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bu holda bank Markaziy bank 
tomonidan banklarni Davlat ro‘yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Uni faoliyati 
to‘xtatilganligi to‘g‘risida matbuotda e’lon qilinadi.
Litsenziyaning bekor qilinishi tijorat banki tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonun 
buzilishi holatiga nisbatan qo‘llaniladigan qattiq huquqiy sanktsiya bo‘lib qonun 
buzilish holatiga Markaziy bankning bildirilgan munosabati va bankning 
faoliyatini to‘xtatish uchun asos hisoblanadi. 
Litsenziya bekor qilingandan keyin bank mavjud bo‘lib turadi, ammo bank 
operatsiyalarini amalga oshira olmaydi. 
Litsenziyani bekor qilish Markaziy bank boshqaruvi tomonidan qo‘llanadigan 
og‘ir jazo chorasi hisoblanganligi sababli, boshqa jazo choralari natija bermagan 
quyidagi hollardagina qo‘llaniladi; 
- bank to‘lov qobiliyatini yo‘qotib, passivlari aktivlaridan ortib ketganida; 
- litsenziya berilishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning haqiqiy emasligi 
aniqlanganda; 
- bank o‘z kreditorlari va omonatchilari oldidagi majburiyatlarini o‘tashga 
qobiliyatsiz bo‘lib qolganda; 
- hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda; 
- bank operatsiyalarini qonunchilikka va litsenziya shartlariga xilof tarzda 
amalga oshirilganida; 
- litsenziya berilganidan keyin bir yildan ortiq vaqt davomida bank 
operatsiyalarini amalga oshirishga kirishmasligi oqibatida; 
- O‘zbekiston 
Respublikasida 
shu’ba bank ochgan xorijiy bank 
litsenziyasining chaqirib o‘z mamlakati tomonidan bekor qilinganida. 


127 
Litsenziyaning bekor qilinishi tijorat bankning sudga murojaat qilmasdan 
majburiy suratda tugatilishi uchun asos bo‘ladi. Buni Markaziy bank tomonidan 
tayinlangan tugatish komissiyasi amalga oshiradi. 
Bank quyidagi hollarda o‘z faoliyatini to‘xtatadi:
aktsiyadorlar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra;
Markaziy bank litsenziyani chaqirib olganida;
bankrot deb e’lon qilinganida.
O‘z faoliyatini to‘xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni davlat 
ro‘yxatiga olish daftaridan chiqariladi va bu haqidagi xabar matbuotda e’lon 
qilinadi.

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling