O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Bank tugatilayotganida omonatchilar va kreditorlar talablarining ko‘rib
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
Bank tugatilayotganida omonatchilar va kreditorlar talablarining ko‘rib
chiqilishi hamda qondirilishi tartibi. Likvidator tayinlanganidan keyin bir kunlik muddatda ikkita markaziy gazetada kreditorlar talablarini tasdiqlovchi xujjat bilan birgalikda talablarni bildirish tartibi va muddati hamda kreditorlar o‘z talablarini da’vo qilishlari mumkin bo‘lgan manzilni ko‘rsatgan holda bankni tugatish ishlari boshlanganligi to‘g‘risidagi xabarnomani beradi. Talablarni bildirish muddati tugatish jarayoni boshlanganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi lozim. Ushbu muddat tugaganidan keyin likvidator tomonidan qo‘yilgan talablar qabul qilinmaydi. Likvidator bankni tugatish ishlari boshlanganligi to‘g‘risida barcha kreditorlar va omonatchilarni yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda tugatuvchi xabarnomada ularning shaxsiy xisobvaraqlarida qayd etilgan qarz yoki omonat miqdorini ko‘rsatadi. Xabarnomada likvidator da’volarni berish muddatini ma’lum qiladi. Ushbu muddat tugagach da’volar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi. Kreditorlar va tugatilayotgan bankning o‘zaro majburiyatlari mavjud bo‘lsa, ular o‘zaro qoplanishiga yo‘l qo‘yiladi. O‘zaro qoplash quyidagi talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi: - o‘zaro qoplash faqat to‘lov muddati etib kelgan majburiyatlar bo‘yicha ruxsat etiladi; 133 - biron bir majburiyat bo‘yicha e’tiroz bildirilmaydi; - ikkala tomon ham qarzni inkassatsiya qilish va to‘lash xuquqiga ega bo‘lishi shart; - avtomatik ravishda o‘zaro qoplashga yo‘l qo‘yilmaydi, tomonlar bir-biriga ariza bilan murojaat qilishlari shart; - turli valyutalardagi majburiyatlarning o‘zaro qoplanishi Markaziy bankning uni bajarish kunidagi ayirboshlash kursi bo‘yicha amalga oshiriladi; - bankka aloqador shaxslar bank oldidagi majburiyatlarini bajarmasa, ularga bankning boshqa qarzdorlariga qo‘yilayotgan talablar qo‘yiladi; - bog‘liq shaxslarga berilgan qarzlarga oid majburiyatlarning o‘zaro qoplanishiga ruxsat etilmaydi; - aksiyadorning aksiyadorlik kapitalini to‘lashga doir bank oldidagi majburiyatlari bankning Ushbu aksiyador oldidagi boshqa majburiyatlari bilan qoplanishi mumkin emas. O‘zaro qoplashda omonatchilar va kreditorlar talablarini qondirish navbati hisobga olinadi. Bank tugatilayotganda uning kreditorlari talablari amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda qondiriladi. Jismoniy shaxs bo‘lgan omonatchilar tugatishdan kelib tushgan tushumlar hisobiga o‘z omonatlarini olishdan ustivorlikka egadirlar. Tugatilayotgan bankning mulki birinchi navbatdagi barcha talablarni to‘liq qondirish uchun etarli bo‘lmasa, mavjud mablag‘lar amaldagi qonunchilikka muvofiq kreditorlar o‘rtasida taqsimlanadi. quyidagi hollarda kreditorlarning talablarini qondirishdan bosh tortilishi mumkin: 134 a) talabnomalar belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng olingan bo‘lsa; b) tugatuvchi tomondan asossiz deb topilgan bo‘lsa. Likvidator kreditorlar tomonidan talablarni bildirish muddati tugaganidan so‘ng kreditorlar talablarini qondirishga doir quyidagi choralarni ko‘rishi lozim: - qabul qilingan talablar ro‘yxatini tuzish; - tugatuvchi tasdiqlamagan talablarni rad etish; - har bir kreditor qarzi miqdori va talablarini to‘lash ketma-ketligini belgilash; - kreditorga ularning talablari qabul qilinganligi yoki rad etilganiligi to‘g‘risida ma’lum qilish; - oraliq balansni tuzish. Kreditorlar talablarini qondirish rad etilganligi to‘g‘risida ularning manziliga yozma tarzda xabarnoma jo‘natiladi. Kreditor talablarini qondirish rad etilgan yoki uni ko‘rib chiqishdan bosh tortilgan holda u likvidatorga nisbatan da’vo bilan sudga murojaat qilishi mumkin. Tugatilayotgan bankning pul mablag‘lari kreditorlar talablarini qondirish uchun mavjud bo‘lmasa, tugatish komissiyasi sud qarorlari ijrosi uchun belgilangan tartibda Kim oshdi savdolari orqali bank mulkini sotadi. Tugatilayotgan bankning mulki etarli bo‘lmaganligi tufayli kreditorning qondirilmagan talablari to‘langan hisoblanadi. SHuningdek, kreditor da’vo bilan sudga murojaat qilmagan bo‘lsa, tugatuvchi tomonidan tan olinmagan hamda sud qarori bilan kreditorning talablari qondirilishi rad etilgan talablar to‘langan hisoblanadi. Kreditorlar talablari qondirilganidan so‘ng qolgan bank mulki qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlash uchun bank aksiyadorlariga beriladi. 135 Tugatish jarayonini yakunlash. Tugatish ishlari yakunlanganidan so‘ng tugatish komissiyasi (likvidator) bajarilgan ishlar xaqida yakuniy hisobot va yakuniy balans tuzadi. O‘z ishini yakunlagan likvidator Markaziy bankka quyidagilarni taqdim qiladi: - tugatish komissiyasining Markaziy bank tasdiqlaydigan qilingan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti; - bank aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy yig‘ilishining bankni tugatish (ixtiyoriy ravishda tugatilganda) to‘g‘risidagi bayonnomasi; - Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyani qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori; - bankni tugatish to‘g‘risida gazetalarda e’lon qilingan axborot nusxasi; - tugatish komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi qaror; - bankning oxirgi ish kunidagi balansi; - tugatish balansi; - balansdan tashqari hisobvaraqlar bo‘yicha tugatish balansi; - soliq inspeksiyasining tugatish dalolatnomasi; - yo‘q qilish uchun bank xujjatlari va yig‘majildlari ajratilganligi to‘g‘risida dalolatnoma; - xujjatlarni arxivda saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasi; - muhrlar yo‘q qilish uchun xuquqni muhofaza qilish organlariga topshirilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma. Markaziy bank taqdim etilgan xujjatlarni ko‘rib chiqib, bankni Banklarni ro‘yxatga olish Davlat kitobidan o‘chirib chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi. 136 Bankni Banklarni ro‘yxatga olish Davlat kitobidan o‘chirib chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng 10 kun davomida Markaziy bank Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga hamda bank joylashgan manzil bo‘yicha ularning organlariga bank tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni etkazadi. Bank Banklarni ro‘yxatga olish Davlat kitobidan o‘chirib tashlangan vaqtdan boshlab tugatilgan hisoblanadi. Bank xo‘jalik sudining bankni to‘lovga qobiliyatsiz (bankrot) deb topishi xaqidagi hal qiluvchi qarori asosida tugatilayotgan chog‘da O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq (yangi taxrirda) tugatish ishlari amalga oshiriladi. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling