O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


-§. Tijorat banklari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish. Xisob-kitob


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

5-§. Tijorat banklari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish. Xisob-kitob 
va hisobotlar tartibi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi 
qonuniga ko‘ra: banklarda buxgalteriya hisobi yuritish va hisoblash qoidalari 
Markaziy bank tomonidan qonun xujjatlari va xalqaro standartlarga muvofiq 
belgilanadi. 
Buxgalteriya hisobi yuritishning asosiy tamoillari va umumiy qoidalari 
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunida
26
hamda uning asosida va xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan 
«Buxgalteriya hisobi milliy standartlari»da belgilab qo‘yilgan. 
Bank muassasalarida buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlari aks 
ettirilgani holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2004 yil 27 
noyabrda 2519-son qaror bilan «Tijorat banklarida buxgalteriya hisobi tartibi 
to‘g‘risida Nizom» tasdiqlangan.
27
Tijorat banklari tomonidan hisob-kitoblarni yuritish tartiblarini buzganlik, 
hisobotlarni taqdim etish muddatlariga, tartiblariga amal qilmaganlik, ishonarli 
bo‘lmagan hisobotlar taqdim etganlik uchun bank rahbarlariga nisbatan qonun 
xujjatlarida nazarda tutilgan xuquqiy javobgarlik choralari, banklarga nisbatan esa 
iqtisodiy jazo choralari (moliyaviy sanksiyalar) qo‘llashlik nazarda tutilgan. 
26
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1996 йил, 9-
сон, 142-модда. 
27
Ў£збекистон Республикаси қонун хужжатлари тўплами. 2004 йил, 50-сон, 
511-модда. 


141 
Bankda xisob-kitob va xisobotlarning qonun talablariga to‘la mos kelishi 
uchun bank rahbarlari va bosh buxgalteri shaxsan javobgar sanaladi. 
Bankning xo‘jalik faoliyati ustidan tekshirishni aksiyadorlik tijorat banki 
umumiy majlisi tomonidan belgilangan tartibda saylanadigan taftish komissiyasi 
olib boradi. 
Taftish komisssiyasi a’zolari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni halol va to‘liq 
bajarilishi uchun javobgar bo‘ladilar. 
Taftish komissiyasi bank tomonidan qonun va qonunosti me’yoriy xujjatlariga 
rioya etilishini, bank ichki nazorati ahvolini, bank operatsiyalarining qonuniyligini, 
kassa va mol-mulklar ahvolini tekshirib boradi. Tekshirish natijasida aniqlangan 
qonun buzarliklarni bartaraf etish, aybdorlarni javobgarlikka tortish chorasini 
ko‘radi. U o‘z faoliyati xaqida belgilangan tartibda bank aksiyadorlari umumiy 
yig‘ilishiga hisob beradi. 
Bank Kengashi yoki boshqaruvi a’zosi, bankda Biron-bir shtatli lavozimni 
egallagan shaxslar taftish komissiyasi a’zosi etib saylanishi mumkin emas. 
Taftish komissiyasi, uning son tarkibi va asosiy vazifalari Bank ustavida 
belgilab qo‘yiladi. 
Banklar faoliyati ustidan qonun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda vakolatli 
davlat organlari tomonidan nazorat amalga oshiriladi. 
Bankning yillik moliyaviy hisobotlari ishonchliligi hamda to‘g‘riligini 
tekshirish maqsadida tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari 
tomonidan auditorlik tekshiruvidan o‘tkazib turiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000 yil 24 iyunda 430-
son bilan «O‘zbekiston Respublikasi banklarida audit tekshiruvlarini o‘tkazish 
to‘g‘risida Nizom» tasdiqlangan. Bu nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligi tomonidan 2000 yil 4 noyabrda 982-tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan. 


142 
Ushbu nizomda audit tekshiruvlarini o‘tkazish xuquqini beruvchi sertifikat va 
malaka sertifikati berish bo‘yicha bank audit komissiyasi ishini, sertifikat berish 
tartibini, auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish tartibini va boshqa tartib-qoidalar 
nazarda tutilgan. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling