O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


-§. Tijorat banklarining moddiy-texnika bazasi va kadrlar malakasiga


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

4-§. Tijorat banklarining moddiy-texnika bazasi va kadrlar malakasiga 
qo‘yiladigan asosiy talablar
Bank ochiladigan vaqtda barcha operatsiyalarni to‘liq amalga oshirilishini, 
to‘lov tizimida ishtirok etishini va ichki jarayonlarga to‘liq rioya etishini 
ta’minlovchi dasturiy-texnik jihozlarga ega bo‘lishi kerak. Bankning dasturiy-texik 
jihozlari «Markaziy bankning dasturiy-texnik jihozlarga qo‘yiladigan talablari»ga 
muvofiq bo‘lishi lozim. 
Bank quyidagilarni ta’minlashi lozim: 
a) bankda dasturiy-texnik vositalarni ekspluatatsiyasini, hisoblash texnikasi va 
dasturiy ta’minotni ta’minlovchi xodimlarning bo‘lishi va mazkur xodimlar 
telekommunikatsion jihozlar, kompyuter va server vositalari bilan ishlash amaliy 
ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim; 
b) Markaziy bank uslubiy qo‘llanmalariga muvofiq dasturiy-texnik jihozlarni 
ishga tushirilishiga tayyorligi; 
v) bankning avtomatlashtirilgan bank tizimi bilan ishlovchi xodimlari maxsus 
kurslarda o‘qishi va tegishli sertifikatga ega bo‘lishi; 


137 
g) Markaziy bank bilan ma’lumot almashinuvini amalga oshiradigan ishchi 
stansiya xonasiga kirib-chiqish, tarmoqli yoki avtonom kodli qulf bilan ta’minlash. 
d) bank bo‘yicha elektron arxivlar ishini yurituvchi javobgar mutaxassisni 
buyruq asosida tayinlash va ushbu shaxs bilan molddiy javobgarlik to‘g‘risida 
shartnoma tuzish.
Xodimlar malakasiga qo‘yiladigan talablar. 
Tijorat banklari tomonidan rahbarlik lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod 
quyidagilarni bilishi lozim: 
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlarida yoritilgan asosiy 
masalalar mohiyati; 
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va bank faoliyatiga oid qonunlar, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Markaziy bankning me’yoriy 
xujjatlari va boshqa me’yoriy xujjatlarni, shu jumladan: 
a) fuqarolik, xo‘jalik va mehnat qonunchiligi; 
b) bank hisobotlarini tuzish tartibi; 
v) hisob kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish tartibi; 
g) bank ichki kredit siyosati va kreditlash tartibi; 
d) kichik va o‘rta biznesni kreditlash tartibi; 
e) omonatlarni qabul qilish va berish tartibi; 
j) bankni korporativ boshqarish tartibi; 
z) ichki audit vazifalari va faoliyati; 
i) emissiya-kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi; 
y) chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish tartibi; 


138 
k) pul muomalasini tashkil etish masalalari; 
l) Respublika bank tizimida olib borilayotgan kadrlar siyosatining mohiyati va 
ahamiyati. 
SHuningdek nomzod Bazel qo‘mitasining bank faoliyatiga oid asosiy 
tamoyillarini bilishi lozim. 
Tijorat banklarining respublika apparati, ularning viloyat va Toshkent shahar 
boshqarmalari (filiallari) boshliqlari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod bank 
tizimida bevosita rahbarlik lavozimida kamida 6 yil ishlagan bo‘lishi, bosh 
buxgalter lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod esa bevosita rahbarlik lavozimida 
kamida 5 yil ishlagan bo‘lishi lozim.
Tijorat banklarining shahar va tuman bo‘limlari boshqaruvchisi lavozimiga 
tavsiya etilayotgan nomzod bank tizimida kamida 4 yil mehnat stajiga ega bo‘lib, 
boshqaruvchi o‘rinbosari yoki bo‘lim boshlig‘i lavozimida 2 yil ishlagan bo‘lishi, 
bosh buxgalter lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod esa bosh buxgalter 
o‘rinbosari lavozimida kamida 2 yil ishlagan bo‘lishi lozim. 
Ayrim hollarda bank sohasida belgilangan muddatdan kam ish stajiga ega 
bo‘lgan va ish faoliyatida alohida o‘rnak ko‘rsatgan yuqori malakali nomzodlar 
ham Respublika tijorat banki Boshqaruvining tavsiyanomasi (tegishli Boshqaruv 
qarori) bilan Komissiya suhbatiga qo‘yilishi mumkin. 
Bank xodimlarining malakasi va kasbga muvofiqligi qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
25
Malaka talablarini qo‘yish va kasbga muvofiqlikni aniqlash bank ishi va 
amaliyotini yuritishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash 
25
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 2003 йил 23 январда 
1204-сон билан р¤йхатга олинган «Ўзбекистон Республикаси Марказий банки 
томонидан тижорат банклари ва уларнинг филиаллари раҳбарлари ҳамда бош 
бухгалтерлари лавозимларига тавсия этилаётган номзодларга нисбатан малака 
талаблари қўйиш тартиби тўғрисида»ги низом. 


139 
uchun yuqori malaka va salohiyatga hamda benuqson ishbilarmonlik va jamoa 
orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan mutaxassislarni tanlash usuli sanaladi. 
Kasbga muvofiqlikni aniqlash oshkoralik, kengashlilik va xolislik tamoillariga 
asosan amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qoshida Tijorat banklari va ularning 
filiallari raxbarlari hamda bosh buxgalterlarining kasbga muvofiqligini aniqlash 
komissiyasi faoliyat yuritadi. 
Mazkur Komissiyada tijorat banklari Boshqaruvi raislari, rais o‘rinbosarlari 
(Vazirlar Maxkamasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlar bundan mustasno), 
Boshqaruv 
a’zolari, bosh bankning bosh buxgalteri, Koraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar, shaxar va tuman filiallari, amaliyot boshqarma 
(bo‘lim)lari raxbarlari xamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tayinlash uchun 
tavsiya etilayotgan nomzodlarning kasbga muvofikligi aniqlanadi. 
Tijorat banklari Boshqaruvi raislari, ularning o‘rinbosarlari, bosh 
buxgalterlari, filial raxbarlari va bosh buxgalterlari quyidagi hollarda tavsiya 
etilaetgan lavozimga muvofiq emas deb topiladilar va o‘z navbatida ular bu 
lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas: 
- oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar; 
- amalga oshirgan xarakatlari yuridik shaxslarning bankrotlikka yoki 
moliyaviy ahvoli yomonlashuviga olib kelganligi to‘g‘risida dalillar ma’lum 
bo‘lgan taqdirda, bankrotlikka uchragan yoki moliyaviy ahvoli yomonlashgan 
banklar va yuridik shaxslarning sobik, raxbarlari, boshqaruv va kuzatuv kengashi 
a’zolari xamda yirik ishtirokchilar (ustav kapitalida 10 foiz va undan ko‘p 
miqdorida ovoz beruvchi aksiyalar yoxud ulushlarga ega bo‘lgan shaxslar); 
- o‘zining ishbilarmonlik va shaxsiy xatti-harakatida noto‘g‘ri ish olib borish 
va vijdonan ish
yuritmaslikni namoyon qilgan shaxslar; 


140 
- o‘zaro yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslar bir bankda pahbarlik yoki moddiy 
javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki 
uning nazorati ostida birga ishlasa. 
Bank yoki filial raxbarlari bir bank tarkibida boshka filialga yoki umuman 
boshka bankka teng lavozimlarga o‘tkazilganida ularning kasbga muvofiqligi 
Komissiya tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling