O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majburiy tugatish
Bankni ixtiyoriy tugatish kreditorlar va omonatchilar oldida majburiyatlar
bajarilishini ta’minlash imkoniga ega bo‘lgan bank aktsiyadorlari umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda amalga oshirilishi mumkin. Majburiy tugatish Markaziy bankning bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasini chaqirib olish to‘g‘risidagi qaroriga asosan amalga oshriladi. Markaziy bank quyidagi hollarda: a) bankning passivlari aktivlaridan oshib ketganda va bank to‘lovga layoqatsiz holga kelganda; b) litsenziya berish haqiqiy bo‘lmagan ma’lumotlarga asoslangan bo‘lsa; v) bank o‘z omonotchilari va boshqa kreditorlari oldida o‘z majburiyatlarini bajara olmay qolganda; g) hisobotlarda doimiy ravishda xatolarga yo‘l qo‘yilganda; d) bank faoliyati va operatsiyalarini amalga oshirishda qonun talablari buzilganda; e) bank kapitalining etarlilik koeffitsienti Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorning 75 foizidan kam bo‘lsa; yo) bank oxirgi uch chorakning har oyi davomida regulyativ kapitalning 10 foizidan ortiq yoki davriga qaramasdan regulyativ kapitalning 50 foizidan ortiq zararga ega bo‘lsa va boshqa hollarda bank kreditorlari va omonotchilarining talablarini qondira olmaydigan holatga tushganda, Markaziy bank tomonidan litsenziyani chaqirib olish va bankni majburiy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda bank majburiy tugatiladi. Banklarni tugatish to‘g‘risidagi nizomning 4- bo‘limida tugatuvchi (likvidator) vakolatlari va majburiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. 130 Tugatuvchi tayinlangan kundan boshlab bank boshqaruvi tugatuvchining ixtiyoriga o‘tadi va har bir bajarilgan operatsiya va faoliyat uchun tugatuvchi javobgar hisoblanadi. Tugatuvchi bankning aktiv va passivlari ustidan nazoratni amalga oshiradi, -bankning barcha ishlarini bajarishga mas’ul hisoblanadi; -kreditorlarning talabini qondirishga loyiq bahoda bank aktivlarini sotish; -doimiy ravishda lozim darajada bank hisobotini yuritish va Markaziy bankka hisobot berib borish; -bank faoliyatiga etkazgan zarari va noto‘g‘ri qaror qabul qilgan hollarda tugatuvchi javobgar hisoblanadi. Tugatuvchi bankni boshqarish, bank nomidan ish ko‘rish,bank aktivlarini aniqlash va ularni boshqarish, bank aktivlari va mulkini saqlash,zarur hollarda shartnoma asosida xodimlarni jalb qilish,bankning moliyaviy holatidan kelib chiqib xodimlarga ish haqi miqdorini belgilash, sudda tugatilayotgan bankning nomidan ishtirok etish va boshqalarni amalga oshirish huquqiga ega. Barcha ishlar tugatilgandan keyin tugatuvchi Markaziy bankka amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisobot va tugatuv balansini taqdim etadi. Likvidator (tugatuvchi) Markaziy bank bilan kelishilgan holda aktsionerlar umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni tugatish to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgan kundan boshlab 3 kun mobaynida tayinlanadi. Tugatish jarayonining maqsadi bank omonatchilari va kreditorlari talablarini tezlik bilan qondirishdan iborat. Bankni tugatish jarayoni Markaziy bank boshqaruvining litsenziyalarni qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori chiqqan kundan boshlangan deb hisoblanadi. Tugatilayotgan bankning Markaziy bank majburiy zaxiralar hisob varag‘ida hisobda turgan mablag‘lari tugatuvchi tomondan bankni tugatish jarayoni boshlanganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma taqdim etilgandan so‘ng bankning tugatish hisob varag‘ida aks ettiriladi. Markaziy bank tomonidan tugatish jarayoni boshlangandan 131 so‘ng aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishi, boshqa organlar vakolatlari to‘xtatiladi va boshqa cheklovlar kiritilishi mumkin. Bank hisobidan va nomidan hech qanday ish bajarilmaydi, qarz majburiyatlari muddati o‘tgan hisoblanadi. Bankning tugatilish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: - moddiy nazorat va inventarizatsiya; - aktivlarni tekshirish; - aktivlarni baholash va sotish; - sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish; - tugatish jarayonini aniqlashtirish. Bank tugatilishi boshlangandan so‘ng Markaziy bank moddiy nazoratni o‘rnatadi va likvidator inventarizatsiya o‘tkazadi. SHuningdek likvidator aktivlarni tekshirib tugatish hisobotini tayyorlashi lozim. Unda yakuniy balans, vakillik hisob varaqalari ahvoli to‘g‘risidagi hisobotlar, pul mablag‘lari va valuta hisobini yuritish, balans va kredit portfeli bo‘yicha kreditor qarzdorligini tekshirish natijalari aks ettirilishi lozim. Likvidator bank aktivlari bo‘lgan ya’ni pul mablag‘lari, ssudalar, qimmatli qog‘ozlar, valuta mablag‘larini baholaydi va sotadi. Tugatuvchi aktivlarni tekshiruvdan o‘tkazgandan keyin, vakillik hisob varaqlarinig holati, pul va valuta mablag‘lari hisobini yuritadi, kreditor qarzdorlik va bank inventar vositalarini o‘zida aks ettiruvchi yakuniy balansni tuzadi. Pul mablag‘lari, ssudalar, qimmatli qog‘ozlar, valuta mablag‘lari bankning moliyaviy aktivlari hisoblanadi. Pul mablag‘lari, valuta, monetalar, hisob raqamidagi mablag‘lar nominal qiymati bo‘yicha baholanadi. Qimmatli qog‘ozlar fond birjasidagi holat bo‘yicha baholanadi. Kredit portfeldagi kreditlar uchinchi tomonga sotiladi Kreditlar bahosi ularning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Muammoli kreditlar bo‘yicha olingan ta’minot sotuvga qo‘yiladi yoki sudda ko‘rib chiqishga o‘tkaziladi. Tugatuv jarayonida jismoniy shaxslarning omonotlari birinchi navbatda, to‘lanadi. Likvidator nizomga asosan omonatchilar va kreditorlar talabini qondirish kerak. Tugatish ishlari yakunlangandan so‘ng likvidator bajarilgan ishlar 132 to‘g‘risidagi yakuniy hisobotni va tugatish balansini tuzadi va Markaziy bankka taqdim etadi. Markaziy bank likvidator taqdim etgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, bankni banklarni ro‘yxatga olish Davlat kitobidan chiqarib tashlash to‘g‘risida qarorni qabul qiladi. Tugatuvchi tomonidan qonunchilik talablari buzilgan hollarda Markaziy bank boshqa tugatuv komissiyasini yoki tugatuv komissiyasi a’zolarini tayinlashi mumkin. Tugatuv komissiyasi faoliyati va tugatuv jarayonlarini Markaziy bank doimo nazorat qilib boradi. Bankni tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha harajatlar mazkur bank hisobidan amalga oshiriladi. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling