O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

6-§. Banklarga vasiylik qilish. 
Vasiylik – bankni adekvat moliyaviy ahvoliga keltirish, uning faoliyati 
qonunchilikka mos kelishini ta’minlash, uni qayta tashkil etish yoki tugatishga 
tayyorlash maqsadida Markaziy bank tomonidan joriy etiladigan hamda ma’muriy, 
xuquqiy, moliyaviy, tashkiliy va boshqa tadbirlarni o‘z ichiga olgan chora-tadbirlar 
majmuidir. 
Bankka nisbatan vasiylik joriy etilgan holda uni boshqarish vasiy etib 
tayinlangan mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi. 
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra: «Bankning muvaqqat 
ma’muriyatini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda Markaziy bank 
vasiy tayinlaydi va vasiylik qilish xaqida farmoyish chiqaradi. Farmoyish 
matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi».
Bankning vasiydan oldindan rozilik olmay qilgan yuridik harakatlari haqiqiy 
sanalmaydi. Vasiylik tartibida boshqarishning boshlang‘ich muddati 12 oydan 
iborat. 
Bankka vasiylik qilish tartibi bank tomonidan yo‘l qo‘yilgan omonatchilar va 
kreditorlar manfaatlariga real xavf soluvchi tartibbuzarliklar yuz bergan hollarda 
joriy etiladi. Bankning etarlilik koeffitsientining pasayib ketishi, depozitorlar va 
kreditorlar talabi bo‘yicha to‘lovni amalga oshira olmasligi, zarar ko‘rib ishlashi 
kabi holatlar omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga jiddiy xavf tug‘diruvchi 
holatlar bo‘lib hisoblanishi hamda vasiylik joriy etish uchun asos bo‘lishi mumkin. 
Vasiylik vakolatlari, majburiyatlari va unga nisbatan qo‘yiladigan talablar. 


143 
Vasiy Markaziy bank tomonidan bank nazorati bilan shug‘ullanuvchi 
Markaziy bank xodimlari, yuridik va konsalting firmalari xodimlari hamda 
mustaqil mutaxassislar tarkibidan tayinlanadi. Vasiy o‘z faoliyatida O‘zbekiston 
Respublikasi qonunchiligi, Markaziy bank me’yoriy xujjatlari va ko‘rsatmalariga 
amal kiladi. 
Bankka vasiy etib tayinlanadigan shaxs «Banklarni ro‘yxatga olish va ularga 
litsenziya berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda bank boshqaruvi raisiga nisbatan 
belgilangan talablarga mos kelishi lozim. 
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq bank aksiyadori, 
qarzdori va kreditori yoki bankka aloqador bo‘lgan shaxs yoxud "Banklar o‘rtasida 
va ularga daxldor shaxslar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalar to‘g‘risida"gi 
Nizomga ko‘ra bunday shaxsning yaqin qarindoshlari vasiy etib tayinlanishi 
mumkin emas. 
Vasiy hamda muvaqqat ma’muriyatda band bo‘lgan shaxsga ish haqi to‘lash 
shartlari Markaziy bank va vasiy o‘rtasida tuziladigan alohida shartnoma bilan 
belgilanadi. Muvaqqat ma’muriyatda band bo‘lgan Markaziy bank xodimlari, 
jumladan, vasiyga vasiylik tartibi belgilangan bankda ish xaqi to‘lanadi. Ushbu 
toifadagi shaxslar ish haqi miqdori ularning asosiy ish joylaridagi ish xaqidan kam 
bo‘lmasligi lozim. Vasiyning ish xaqi bank boshqaruvi raisining ish xaqidan kam 
bo‘lmasligi kerak. Muvaqqat ma’muriyat a’zolarining qayd etilgan toifasi uchun 
ularning asosiy ish joylarida lavozim maoshi mikdorida ish haqi saqlanib qoladi. 
Vasiyning vazifasi bankning kreditorlari va depozitorlari manfaatlarini 
ko‘zlab, uning to‘lovga layoqatliligini saqlab qolish hamda tiklash bo‘yicha 
choralar qabul qilish, mavjud tartibbuzarliklarga barham berishni ta’minlovchi 
boshqarish mexanizmini yaratish, shuningdek, moliyaviy ahvolni sog‘lomlashtirish 
va bank faoliyatining qonunchilikka mos kelishini ta’minlashga yo‘naltirilgan 
samarali tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. 


144 
Vasiylikni joriy etish to‘g‘risidagi karor topshirilgan vaqtdan boshlab hamda 
butun tartib davomida: 
a) bank boshqaruvi, bank kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining
vakolatlari to‘xtatiladi; 
b) bank boshqaruvi, bank kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining 
barcha vakolatlari vasiyga o‘tadi; 
v) vasiy vasiylik belgilangan bank nomidan harakat qiladi. 
Vasiy quyidagi xuquqlarga ega: 
a) o‘z xohishiga ko‘ra bank, bank iazorati, yuridik, konsalting yoki auditorlik 
kompaniyalari xodimlari yoki mustaqil mutaxassislar tarkibidan muvaqqat 
ma’muriyat uchun xodimlarni ishga yollash; 
6} vasiylik qilinayotgan bank xodimlarining ish xaqini uning moliyaviy 
ahvolini hisobga olgan holda belgilash; 
v) bank xodimlarini amaldagi mehnat qonunchiligiga ko‘ra ishdan bo‘shatish; 
g) amaldagi qonunchilikka muvofiq bank bo‘limlari va filiallarini yopish 
to‘g‘risida qaror qabud qilish; 
d) bank aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlariga doir dividendlarni, 
shuningdek, bank rahbariyati va mansabdor shaxslariga to‘lanadigan barcha 
to‘lovlarni to‘xtatib qo‘yish; 
e) bank mablag‘lari hisobidan investitsiyalash yoki kreditlash ko‘zda tutilgan 
bank shartnomalariga bir tomonlama tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritish; 
j) agar fuqarolar depozitlari va investitsiyalarining (bank aksiyalaridan 
tashqari) taxminiy qiymatini saqlab qoladigan choralar ko‘riladigan bo‘lsa, ushbu 
depozitlar va investitsiyalarni ko‘pi bilan bir yilga qisman yoki to‘liq cheklab 
qo‘yish to‘g‘risida istalgan vaqtda e’lon qilish; 


145 
z) bank nomidan va uning manfaatlarini ko‘zlab, da’vo talablari taqdim etish, 
kreditorlar talablari qonuniyligini aniqlash; 
i) bank aktivlari va passivlarini sotish; 
k) vasiylik rejasi va vasiy vakolatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlarni 
amalga oshirilishi mumkin. 
Vasiylik muddati tugagach, agar bu muddat Markaziy bank tomonidan 
uzaytirilmasa, bekor qilinadi. 
Agar vasiylik davomida bankning moliyaviy ahvoli sog‘lomlashmasa, u holda 
Markaziy bank bank operatsiyalarini o‘tkazish uchun berilgan litsenziyani qaytarib 
oladi va bankni tugatish ishlari boshlanadi. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling