O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


-§. Bank hisob-kitobi shartnomasi (bitimi) va uning fuqarolik huquqiy


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

2-§. Bank hisob-kitobi shartnomasi (bitimi) va uning fuqarolik huquqiy 
jihatlari. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining asosiy elementlaridan biri bu hisob-
kitob shakllaridir. O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘lov 
topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar, akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar, inkasso 
bo‘yicha hisob-kitoblar, cheklar bilan hisob-kitob shakllarda amalga oshiriladi:
43
Naqd pulsiz hisob-kitoblarda to‘lov vositasi sifatida plastik kartochkalardan 
ham foydalaniladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining asosiy elementlaridan biri bu hisob-kitob 
hujjatlaridir. Naqd pulsiz hisob-kitoblar shaklining har birida alohida hujjatlar 
ishlatiladi.Naqd pulsiz hisob-kitoblarning to‘lov topshiriqnomasi shaklida to‘lov 
topshiriqnomasi, akkreditiv shaklida akkreditivga arizadan foydalaniladi. SHu 
bilan birga, inkasso shaklida inkasso operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan ikkita 
hujjat, ya’ni inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasidan foydalaniladi. Bank 
ichki operatsiyalarida memorial order, cheklar bilan hisob-kitoblarda hisob-kitob 
cheklari yordamida operatsiyalar bajariladi. 
Iqtisodiyot tarmoqlaridagi tijoratchi tashkilotlar hamda turli notijorat 
tashkilotlari, byudjet muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar naqd pulsiz, 
tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Ana shunday hisob-kitoblar amalga 
oshirilishi bank biror mijozining hisobvarag‘idan pul mablag‘larini belgilangan 
tartibda boshqa mijoz yuridik yoki jismoniy shaxs, yakka tadbirkor tashkilot, firma 
va boshqalar hisobvarag‘iga ko‘chirish orqali amalga oshiriladi. 
Har bir mijoz hisob-kitob operatsiyalari amalga oshirilishi uchun zarur 
bo‘lgan hisobvarag‘lariga ega bo‘lmog‘i lozim. YUridik va jismoniy shaxslarga 
o‘zlari istagan bank muassasasida hisobvarag‘i ochish xuquqi berilgan. Banklarda 
hisobvarag‘ ochish mijozning bankka murojaat qilishi va shu asosda bank hamda 
mijoz o‘rtasida maxsus hisobvarag‘ shartnomasi tuzilishi orqali amalga oshiriladi. 
43
2013 йил 3-июнда 2465-сон билан Ўз.Р.АВ да рўйхатга олинган “Ўзбекистон Республикасида 
нақд пулсиз ҳисоб-китоблар тўғрисида”ги Низом.


171 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 771-moddasida bank 
hisobvarag‘i shartnomasiga ta’rif berilgan bo‘lib, unga ko‘ra: 
Bank hisobvarag‘i shartnomasi bo‘yicha bir taraf – bank yoki boshqa kredit 
muassasasi ikkinchi tarafning – mijozning (hisobvaraq egasining) hisobvarag‘iga 
tushayotgan pul mablag‘larini qabul qilish va kiritib qo‘yish, mijozning 
hisobvaraqdan tegishli summalarini o‘tkazish va to‘lash hamda hisobvaraq 
bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi farmoyishlarini bajarish 
majburiyatini oladi. 
Bank muassasalaridan boshqa kredit tashkilotlari tomonidan ularga berilgan 
litsenziya asosida hisob-kitob ishlari amalga oshirilgani chog‘da ham hisobvarag‘i 
shartnomasiga oid yuqoridagi qoidalar tatbiq qilinishi nazarda tutilgan. 
Bank o‘z mijozi hisobvarag‘idagi mablag‘lardan foydalanishi mumkin. Biroq, 
mijozning birinchi talabi bilanoq mablag‘ unga qaytarilishi yoki uning tomonidan 
ko‘rsatilgan maqsadlar uchun sarflanishi imkoniyati yaratilishi lozim. Bank 
mijozning bank hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan pul mablag‘laridan mavjud 
bo‘lishini hamda hisobvaraq egasining ushbu mablag‘larni hisobvaraqda turgan 
summalar doirasida moneliksiz tasarruf etish xuquqini kafolatlagan holda 
foydalanishi mumkin. 
Mijoz bankdagi hisobvaraqda turgan o‘z pul mablag‘larini mustaqil tasarruf 
etadi. Bank mijozning pul mablag‘laridan qay tarzda foydalanishni belgilashga va 
nazorat qilishga hamda uning pul mablag‘larini o‘z hohishiga ko‘ra tasarruf etish 
xuquqlariga qonunda yoki bank hisobvarag‘i shartnomasida nazarda tutilmagan 
boshqa cheklashlarni belgilashga haqli emas. 
Bank hisobvarag‘i shartnomasi bank tomonidan mijozga yoki u ko‘rsatgan 
shaxsga bankda taraflar kelishgan shartlarda hisobvaraq ochish yo‘li bilan tuziladi. 
Yuridik shaxslar va fuqarolar o‘zlariga hisob-kitob va kassa xizmati 
ko‘rsatiladigan banklarni mustaqil tanlaydilar hamda bitta bank ham, shuningdek 
bir nechta bank bilan ham bank hisobvarag‘i shartnomalari tuzishlari mumkin. 


172 
Bank muayyan turdagi hisobvaraqlar ochish uchun e’lon qilingan, qonunda 
va qonunga muvofiq belgilab qo‘yilgan bank qoidalarida nazarda tutilgan tegishli 
talablarga mos keladigan shartlar asosida hisobvaraq ochishni taklif qilib murojaat 
etgan mijoz bilan bank hisobvarag‘i shartnomasi tuzishi shart.Bank tegishli 
operatsiyalarni amalga oshirish qonunda, bankning ta’sis xujjatlarida va unga 
berilgan litsenziyada nazarda tutilgan hisobvaraqni ochishni rad etishga haqli 
emas, ana shunday rad etishga bankda bank xizmati ko‘rsatishga qabul qilish 
imkoniyati yo‘qligi sabab bo‘lgan hollar bundan mustasno. 
Bank, bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzishdan asossiz ravishda bosh 
tortgan taqdirda, mijoz uning oldiga ushbu Kodeks 377-moddasining oltinchi va 
ettinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni qo‘yishga haqli. 
Mijoz nomidan hisobvaraqdagi mablag‘larni o‘tkazish va berish haqidagi 
ko‘rsatma beradigan shaxslarning xuquqlari mijoz tomonidan bankka qonunda 
nazarda tutilgan, xolatga muvofiq bank qoidalari hamda bank hisobvarag‘i 
shartnomasi bilan belgilangan xujjatlarni taqdim etish yo‘li bilan tasdiqlanadi. 
Mijoz uchinchi shaxslarning talabiga muvofiq, shu jumladan mijozning ushbu 
shaxslar oldidagi majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq talabiga muvofiq pul 
mablag‘larini hisobvaraqdan o‘chirish haqidagi farmoyish berishi mumkin. Bank 
tegishli talab qo‘yilgan vaqtda uni qo‘yishga haqli bo‘lgan shaxsni aniqlash va 
bunday talabning xarakteri va asoslarini belgilash imkonini beradigan zarur 
ma’lumotlar bu farmoyishlarda yozma ravishda ko‘rsatilgan taqdirda ularni qabul 
qiladi. 
Bank hisobvarag‘i shartnomasida hisobvaraqda turgan pul mablag‘larini 
tasarruf etish huquqini elektron to‘lov vositalaridan hamda ularda mijozning o‘z 
imzosi, kodlari, parollari hamda farmoyish tegishli vakolati bo‘lgan shaxs 
tomonidan berilganligini tasdiqlaydigan boshqa vositalarning o‘xshatmalaridan 
foydalanilgan boshqa xujatlar bilan tasdiqlash nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. 


173 
Agar bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo‘lmasa, bank qonunda, qonunga muvofiq belgilab qo‘yilgan bank qoidalarida va 
bank amaliyotida qo‘llaniladigan ish muomalasi odatlarida ushbu turdagi 
hisobvaraqlar uchun belgilab qo‘yilgan operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan 
hisobvaraqqa kelib tushayotgan pul mablag‘larini qabul qilishi va kiritib qo‘yishi 
hamda mijozning pul mablag‘larini qo‘lga berish xaqidagi topshiriqlarini bajarishi 
shart. 
Agar bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha muddatlar belgilab 
qo‘yilgan bo‘lmasa, bank tegishli to‘lov xujjati banka tushgan kunning ertasidan 
kechiktirmasdan tushgan pul mablag‘larini hisobvaraqqa kiritib qo‘yishi, 
mijozning topshirig‘iga muvofiq hisobvaraqdan pul mablag‘larini qo‘lga berishi 
yoki o‘tkazishi shart. Hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish 
muddatlarini buzish bank uchun ushbu Kodeksning 327-moddasida nazarda 
tutilgan oqibatlarni keltirib chiqaradi. 
Bank mijozi hisobvarag‘ida vaqtincha pul mablag‘lari bo‘lmagani taqdirda 
mijozning iltimosiga ko‘ra bank hisobvarag‘ining kreditlash – ya’ni mijoz uchun 
pul o‘tkazish amalga oshirilishi mumkin. Bunda bank tegishli xaq (foiz) oladi. 
Hisobvaraqda turgan pul mablag‘lari bilan bog‘liq bo‘lgan bank 
operatsiyalarini 
amalga 
oshirganligi 
uchun 
bank 
mijozdan 
hisobvaraq 
shartnomasida belgilangan miqdorda haq olinadi. 
Mijozning hisobvarag‘ida turgan pul mablag‘laridan foydalanganligi uchun 
bank o‘z mijoziga xaq (foiz) to‘lashi ko‘zda tutilgan.
Ushbu 
foizlar 
bank 
tomonidan 
bank 
hisobvarag‘i shartnomasida 
belgilanadigan miqdorda, shartnomada tegishli shartlar nazarda tutilmagan takdirda 
esa - odatda bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar yuzasidan 
to‘laydigan miqdorda to‘lanadi. 
Foizlar summasi bank hisobvarag‘i shartnomasida nazarda tu-tilgan 
muddatlarda, bunday muddatlar bank hisobvarag‘i shartnomasida nazarda 


174 
tutilmagan hollarda esa - yilning har choragi tamom bo‘lgach, hisobvaraqqa kiritib 
qo‘yiladi. 
Bankning hisobvaraqni kreditlash hamda bank xizmatlari uchun haq to‘lash 
bilan bog‘liq holda mijoz oldiga qo‘yiladigan pul talablari, shuningdek mijozning 
pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun foizlar to‘lash xaqida bank oldiga 
qo‘yadigan talablari, agar bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib 
nazarda tutilgan bo‘lmasa, bir-birlariniig talablarini hisobga olish yo‘li bilan bekor 
qilinadi. 
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan talablar bank tomonidan 
hisobga olinib, u talablar hisobga olinganligi to‘g‘risida mijozga bank hisobvarag‘i 
shartnomasida belgilab qo‘yilgan tartibda va muddatlarda, bordiyu tegishli 
shartlarni taraflar kelishib olishmagan bo‘lsa, banklar odatda tegishli 
hisobvaraqdagi pul mablag‘larining holati to‘g‘risida mijozlarga axborot beradigan 
tartibda va muddatlarda axborot berishi shart. 
Bank hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari mijozning topshirig‘i bilan, shuningdek, 
qonun xujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra o‘chirilishi mumkin. Mijozga 
kelgan pul mablag‘lari hisobvaraqqa o‘z vaqtida kiritib ko‘yilmagan yoki bank 
hisobvarakdan mablag‘larni asossiz ravishda o‘chirgan hollarda bank mijozning 
talabi bilan tegishli summani darhol hisobvaraqqa kiritib qo‘yishi shart. 
Bank o‘z vaqtida kiritilmagan yoki asossiz o‘chirilgan summaga foizlar 
to‘lashi va zararning o‘rnini qoplashi ham shart. Bank hisobvarakdan mablag‘larni 
o‘z vaqtida bermaganligi va mijozning hisobvaraqdan mablag‘larni o‘tkazish 
haqidagi farmoyishlarini o‘z vaqtida bajarmaganligi uchun ham javobgar bo‘ladi. 
Banklar bank hisobvarag‘i va bank omonati, hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalar 
hamda mijoz haqidagi ma’lumotlar sir saklanishini kafolatlaydi. 
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar faqat mijozlarning o‘zlariga yoki 
ularning vakillariga berilishi mumkin. Davlat organlariga va ularning mansabdor 
shaxslariga bunday ma’lumotlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda 


175 
berilishi mumkin. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar bank tomonidan oshkor 
qilingan taqdirda, huquqlari buzilgan mijoz keltirilgan zararning o‘rnini qoplashni 
bankdan talab qilishi mumkin.
Mijozning hisobvaraqda turgan pul mablag‘larini tasarruf qilish huquklarini 
cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi, hisobvaraqda turgan pul mablag‘larini xatlash yoki 
qonunda nazarda tutilgan hollarda hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib 
qo‘yish hollari bundan mustasno. Bank xisobvarag‘i shartnomasi mijozning 
arizasiga muvofiq istalgan vaqtda bekor qilinadi. Bankning talabiga ko‘ra bank 
hisobvarag‘i shartnomasi quyidagi hollarda sud tomonidan bekor qilinishi 
mumkin: 
Mijozning hisobvarag‘ida saklanayotgan pul mablag‘lari summasi bank 
qoidalarida yoki shartnomada ko‘zda tutilgan eng kam miqdordan oz bo‘lsa; 
Agar bunday summa bank bu xaqda ogoxlantirgan kundan boshlab bir oyda 
tiklanmasa, agar shartnomada boshqa muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu 
hisobvaraq bo‘yicha bir yil davomida operatsiyalar qilinmagan bo‘lsa. 
Hisobvaraqdagi pul mablag‘larining qoldig‘i mijozning tegishli yozma arizasi 
olinganidan keyin kechi bilan etti kun ichida mijozga beriladi yoki uning 
ko‘rsatmasiga muvofiq boshqa hisobvaraqqa o‘tkaziladi. 
Bank xisobvarag‘i shartnomasining bekor qilinishi mijoz xisobvarag‘ini 
yopish uchun asos bo‘ladi. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling