O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-§. Bank operatsiyalar va hisob-kitoblar tushunchasi.
Tayanch so‘zlar: bank siri, tijorat siri, sir, maxfiy axborot, shikoyat, majburiyat,
xavfsizligini ta’minlash, axborot xavfsizligi Mavzuni o‘rganish bo‘yicha nazorat savollar: 1. Bank siri deganda nimani tushinasiz? 320 2. Bank siri sohasidan qaysi qonunlarni bilasiz va ular qachon qabul qilingan? 3. “Bank siri to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul qilingan? 4. Bank siri va axborot maxfiyligi qanday ta’minlanadi? 5. Bank siri va axborot maxfiyligini qaysi tashkilot kafolatlaydi? 6. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar qaysi vaqtda, qanday va kimlarga berilishi mumkin. 7. “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotlarni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul qilingan? 8. Banklarda to‘lov tizimi xavfsizligi deganda nimani tushinasiz? 9. Banklar faoliyatiga doir axborotlarni maxfiyligini sao‘lash zarur choralari va huo‘uo‘iy asosi o‘aysi o‘onun xujjatida berilgan? 10. Bank siri to‘YOrisidagi o‘onun o‘achon o‘abul o‘ilingan va mazmuni nimadan iborat? 11. Bank axborotlariga o‘o‘yiladigan muayyan talablar va ma’lumotlar yiYOindisini aytib bering. 12. Bank sirini oshkor o‘ilinganligi uchun javobgarlikning huo‘uo‘iy asoslari o‘aysi o‘onun xujjatlarida ko‘rsatilgan? 13. Bank siri hisoblanuvchi hujjatlar qaysilar 162 V BOB. Bank operatsiyalari va bank bitimlari, banklarda hisob-kitob munosabatlarini tashkil etishning xuquqiy asoslari. 1-§. Bank operatsiyalar va hisob-kitoblar tushunchasi. Mamlakatimizda barqaror va samarali bozor iqtisodiyotini shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o‘zining natijalarini namoyon etmoqda. Mamlakatimizda bozor munosabatlarining jadal taraqqiy qilib borishi sharoitida O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishga yo‘naltirilgan Harakatlar Strategiyasining 38 qabul qilinishi va unda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va likvidliligini ta’minlash, ular faoliyatini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish masalalarining ustivor vazifalar sifatida belgilab olinganligi bank tizimini yanada jadal rivojlanirishga asos bo‘lmoqda. 2019 yil 7 noyabrda Ozbekiston Respublikasining “To’lovlar va to’lov tizimlarii to’g’risida”gi qonunining qabul qilinishi mamlakatda to’lov va hisob- kitoblar tizimini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 2016 yilda O‘zbekistonda YAIM hajmi joriy narxlarda 199 trln. so‘mni yoki 67 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YAIM hajmi mos ravishda 6,2 mln. so‘mga yoki 2106 AQSH dollariga teng bo‘lgan. 2016 yilda so‘mning rasmiy almashuv kursi yillik o‘rtacha 2966 so‘mni (bir dollarga) tashkil etgan. 2017 yil yakunlariga ko‘ra, YAIM hajmi joriy narxlarda 249,14 trln. so‘m yoki 48,65 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘ldi. Jon boshiga hisoblaganda, YAIM hajmi 7,7 mln. so‘mni yoki 1502,1 AQSH dollarini tashkil qilmoqda 39 . “2016 yil yakunlari bo‘yicha mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining (YAIM) real o‘sish sur’ati 2015 yilga nisbatan 7,8 foizni va uning nominal hajmi 199,3 trln. so‘mni tashkil etdi. Iqtisodiyotning bunday sur’atlarda rivojlanishi 38 O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida . 7 fevral 2017 y. 39 Stat.uz.O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi ma’lumotlari 163 asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmining 9,6 foizga, xizmatlar ko‘rsatish hajmining 12,5 foizga, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmlarining 6,6 foizga, shuningdek, tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi hisobiga ta’minlandi.” 40 Bank tizimi kengayib 2017 yil 1-may holatiga to‘lov tizim va hisob kitoblarni amalga oshiruvchi banklar soni 27 tani, filiallari va minibanklari 4000dan ortiqligi, banklar mijozlari, ularga ochilgan hisobvaraqlar soni va depozitlar xajmining oshishi ham hisob-kitoblar bilan bog‘liq. O‘zbekiston respublikasi Markaziy Bankining ma’lumotlariga ko‘ra, “Har 100 ming (katta yoshli) aholiga to‘g‘ri keladigan bank muassasalari soni 2016 yilda 49,8 tani tashkil etgan bo‘lsa, har 1000 ta katta yoshli aholiga to‘g‘ri keladigan bank hisobvaraqlari soni 1 138 birlikni (1000 tadan ko‘p yuqori hisoblanadi) tashkil etdi. Bugungi kunda Respublikamizda iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan bank xizmatlarining yuqori saviyada va me’yoriy hujjatlarga asoslangan bo‘lishi, bank muassasalari faoliyatidagi barcha operatsiyalarning buxgalteriya hisobini to‘liq va o‘z vaqtida tegishli me’riy xujjatlarda belgilab berilgan tartibda amalga oshirilishi, ayniqsa bu borada xalqaro standartlarga amal qilinishi davr talabi bo‘lib qolmoqda. Buxgalteriya hisobi, to‘lov tizimi va hisob-kitoblar bilan bog‘liq risklar, jumladan, pul mablag‘larini noto‘g‘ri yoki o‘z vaqtida o‘tkazmasligi, uchinchi shaxsning oldida bank obro‘yiga putur etishi sababli yo‘qotishlar riski hamda hisob-kitoblarni o‘tkazish davomida nazoratning sustligi, buxgalteriya hisobini yuritilishidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi, firibgarlik riski, pul mablag‘larini bir hisobvaraqqa o‘tkazish o‘rniga boshqa hisobvaraqqa o‘tkazish holatlarining yuzaga kelishi, hisob-kitob hujjatlarida bilib yoki bilmasdan xatolik yoki kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi natijasida hisobvaraqlarning xolatiga noto‘g‘ri baxo berilishi kabilar bilan bog‘liq risklarni keltirish mumkin. Ta’kidlash lozimki, tijorat banklarida naqd pulsiz hisob-kitoblar, to‘lov tizimi va uni tashkil qilish bilan bog‘liq risklar mustaqil ilmiy-tadqiqod ob’ekti sifatida kompleks o‘rganilmagan. Amaliyotda bank operatsiyalarining har biri hisob-kitoblar bilan bog‘liq bo‘lganligi sabab ular risk 40 w.w.w.cbu.uz. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti malumotlari 164 bilan bog‘liq. Naqd pulsiz hisob-kitob operatsiyalarida hisob varaq nomerlarining noto‘g‘ri ko‘rsatilishi, xujjatdagi summani komp’yuterga noto‘g‘ri kiritilishi, mijoz tomonidan taqdim etilgan xujjatlardagi imzo va muxrlarning namunaga mos kelishi tekshirilmay o‘tkazib yuborilganda bajarilgan operatsiyalarning har biri katta riskka uchrashi holatlari kuzatilishi mumkin. To‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tmay qolishi yoki boshqa hisobvaraqlarga noto‘g‘ri o‘tkazilishi, banklarning vakillik hisobvaraqlarida mablag‘larning etarli bo‘lmay qolishi, bank bilan mijozlar, shuningdek, bir-birlari bilan sherikchilik munosabatlarini o‘rnatgan sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarga putur etishiga sabab bo‘ladi. Mijozlar to‘lovlarining o‘z vaqtida o‘tmay qolishi yoki boshqa hisobvaraqlarga noto‘g‘ri o‘tkazilishi, banklarning vakillik hisobvaraqlarida etarli pul mablag‘larinining bo‘lmasligi natijasida mijozlarning operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarning to‘xtab qolishi yoki kechikishi natijasida yuzaga keladigan risklar aynan naqd pulsiz hisob-kitoblar va to‘lov tizimi bilan bog‘liq risklar bo‘lib hisoblanadi.Iqtisodiyotda hisob-kitoblarni tez va samarali tashkil etish, ya’ni xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro etkazib berilgan tovar hamda mahsulotlar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul to‘lovlari o‘z vaqtida, to‘la xajmda o‘tkazilishini ta’minlash – tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan asosiy bank operatsiyalaridan sanaladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar sub’ektlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni naqd pul ishlatmasdan bankdagi bir hisobvaraqdan boshqa hisobvaraqqa o‘tkazilishi bo‘lib hisoblanadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar o‘zining iqtisodiy mohiyatiga karab tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq hisob-kitoblar va notovar xarakterdagi hisob-kitoblarga bo‘linadi. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling