O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

 
 
8-rasm. Naqd-pulsiz hisob-kitoblar tizimining elementlari
41
 
Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining elementlaridan biri bu hisob-kitoblarni 
tashkil qilish tamoyillaridir. Naqd pulsiz hisob-kitoblarquyidagi tamoyillar 
asosida amalga oshiriladi:
41
К.Наврузова, Ж.РаббиновЎзбекистонда нақд пулсиз ҳисоб-китоблар тизими ва уни такомиллаштириш. 
Монография/-T.: Mоliya-iqtisod 2015йил. 
Naqd pulsiz hisob-kitob tizimining elementlari
 
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning shaklllari va hujjatlari 
To’lov uslubi va manbalari
To’lovlarning ketma-ketligi
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning subektlari
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning tamoyillari


168 
-Respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, 
mulkchilik shaklidan qat’iy nazar bo‘sh pul mablag‘larini tijorat banklarida 
saqlashlari shart. 
-Qaysi bankda hisobraqam ochishni, qanday hisob-kitob shakllaridan foydalanishni 
mijozlarning o‘zlari mustaqil belgilaydilar. 
-To‘lov qoidasi va shartlari mol etkazib beruvchi va mol sotib oluvchi tomonidan 
mol etkazib berish to‘g‘risidagi shartnomada kelishib olinadi, mijozlarning hisob-
kitoblar bo‘yicha shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmaydi.
-To‘lovlar xo‘jalik sub’ektlarining hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari hisobidan yoki 
bank krediti hisobidan amalga oshiriladi. 
- Pul mablag‘larini oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish, ushbu mablag‘larni 
to‘lovchining hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
-Pul mablag‘lari to‘lovchining roziligi yoki uning yozma topshirig‘iga asosan 
o‘tkaziladi Hozirgi kunda naqd pulsiz hisob-kitoblarning birinchi tamoyili 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z mablag‘larini bankdagi hisobvaraqlarida 
saqlashlari va barcha operatsiyalarni bank orqali o‘tkazishlari lozimligini bildiradi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning ikkinchi tamoyili shundan 
iboratki, qaysi bankda hisobraqam ochishni mijozlarning o‘zlari mustaqil 
belgilaydilar. Mijozlar o‘ziga qulay bo‘lgan manzildagi, yuqori reyting va imidjli, 
xizmat ko‘rsatish sifati va darajasi yuqori, qonuniy bo‘lgan barcha bank 
operatsiyalarini tez va xavfsiz o‘tkazib berish qobiliyatiga ega bo‘lgan banklarni 
tanlaydilar va hisob-kitob shakllarini erkin tanlaydilar.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning yana bir tamoyili, to‘lov 
qoidasi va shartlari mol etkazib beruvchi va mol sotib oluvchi tomonidan mol 
etkazib berish to‘g‘risidagi shartnomada kelishib olinishini belgilanishidir. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning keyingi tamoyili bu -
to‘lovlarning xo‘jalik sub’ektlarining hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari hisobidan 
yoki bank krediti hisobidan amalga oshirilishidir. Mijozning hisobvarag‘ida 
operatsiyalarning o‘tkazilishi uchun pul mablag‘larining etarli miqdorda 
bo‘lganda, barcha kelib tushgan hisob-kitob hujjatlari kelib tushish tartibida birin-


169 
ketin to‘lanadi. Mijozlar hisob-kitob hujjatlarini to‘lash uchun bank kreditidan ham 
foydalanishlari mumkin.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning beshinchi tamoyili bu pul 
mablag‘larini oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish, ushbu mablag‘larni 
to‘lovchining hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgandan so‘ng amalga oshirilishidir.
Pul mablag‘lari to‘lovchining roziligi yoki uning yozma topshirig‘iga asosan 
o‘tkazilishi naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning yana bir tamoyillaridan 
biridir. To‘lovchining hisobvarag‘idan pul mablag‘lari uning roziligi asosida 
o‘tkaziladi.
Banklar “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va 
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasining Qonuniga muvofiq mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha 
operatsiyalarni to‘xtatib turishga yoki ularni bajarishni rad etishga haqlidir. 
Operatsiyalarni o‘tkazish jarayonida mijoz lozim darajada tekshiriladi. “Mijozni 
lozim darajada tekshirish bu - mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish 
ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, 
ta’sis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini o‘rganish orqali mijozning 
haqiqiy egasini identifikatsiyalash, shuningdek mijoz tomonidan amalga 
oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz 
va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, 
doimiy asosda o‘rganishlarni o‘tkazishdir.”
42
42
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in 
qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash to’grisida
”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni. 2004y. 2019 y. 15 
yanvardagi tahriri.


170 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling