O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
-rasm. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tarkibi
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
7-rasm. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tarkibi
Naqd pulsiz hisob-kitoblar Tovar savdosi bilan bog’liq hisob-kitoblar Notovar xarakterdagi hisob-kitoblar 165 Tovarlarni sotish jarayonidagi hisob-kitoblar moddiy boyliklar aylanishi bilan bog‘liq bo‘lib, ular asosan korxona, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida olib boriladi. Lekin plastik kartochkalar orqali hisob-kitoblar respublika bank amaliyotiga kirib kelgandan so‘ng, aholi ham plastik kartochkalar bilan naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshira boshladi. Notovar xarakterdagi hisob-kitoblarga milliy daromadni taqsimlash, qayta taksimlash bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlar, daromaddan to‘lovlar, har xil badallar, soliqlar, kreditlarni to‘lash, uy-joy, har xil xizmatlar uchun to‘lovlar va boshqalar kiradi. Tovarlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan hisob-kitoblarning naqd pulsiz o‘tkazilishi, moddiy boyliklarni etkazish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov muddatini yaqinlashtirishga yordam beradi. Tovar moddiy boyliklar va xizmatlar uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tkazilmasligi korxonalar mablag‘larining xo‘jalik oborotidan chiqib ketishga, ko‘zlangan rejalarni bajarishga mablag‘larning etishmasligiga olib keladi. O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarning kengayib borishiga bank tizimining rivojlanishi, infrastrukturaning kengayishi xizmat qiladi, negaki respublikaning turli nuqtalarida joylashgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar turli banklarda o‘z hisobvarag‘ini ochadi, shu bilan birga ushbu bank hamda boshqa tijorat banklarining mijozlari bilan ho‘jalik aloqalarini olib boradilar. Naqd pulsiz hisob- kitoblarning keng ishlatilishiga keng tarmoqli bank tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan makroiqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va uni tartibga solish nuqtai- nazaridan davlatning qiziqishi, mulkchilik shakllarining ko‘payishi va turli mulkchilik munosabatlarining kengayib borishi asos bo‘ladi. Hisob-kitoblarning iqtisodiy hayotdagi ahamiyati yaxshi anglangan holda bu soxadagi ishlarni takomillashtirish hamda rivojlantirilishi hukumatning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Hisob-kitoblarga oid asosiy qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan. Jumladan, FKning 790-moddasiga ko‘ra fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ular o‘rtasidagi hisob-kitoblar va fuqarolar ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pullar 166 bilan yoki naqd pulsiz summasi cheklanmagan holda amalga oshirilishi mumkin. YUridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, naqd pulda ham amalga oshirilishi mumkin. Agar qonunda boshqacha tartib kelib chiqmasa va bunday tartibni foydalanilayotgan hisob-kitoblar shakli taqozo etmasa, naqd pulsiz hiso-kitoblar ularda qatnashayotgan shaxslarning hisobvaraqlari ochilgan banklar, boshqa kredit tashkilotlar (bundan buyon banklar) orqali amalga oshiriladi. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida qayd etilishicha:Banklar va ularning mijozlari hisob-kitoblarni Markaziy bank belgilaydigan tartibda amalga oshiradilar. Ko‘rsatilgan tartibni buzganlik uchun ular qonun xujjatlarida belgilangan tarzda javobgar bo‘ladilar. Hisob-kitoblarga oid huquqiy munosabatlar pul majburiyatlari shaklidagi xuquqiy munosabatlardan bo‘lib, shartnomalar yoki boshqa xuquqiy asoslardan vujudga keladi. Hisob-kitob munosabatlar pul majburiyatlari shaklidagi huquqiy munosabatlardan bo‘lib, shartnomalar yoki boshqa xuquqiy asoslardan vujudga keldi. Hisob-kitob munosabatlarida to‘lovchi va pulni oluvchi tomonlar ishtirok etadilar. Ularning teng xuquqliklari, qonun bilan taqiqlanmagan har qanday harakatlarni sodir etishlari mumkinligi, shartnoma tuzishning erkinligi, hisob- kitoblarning O‘zbekistonning butun xududida erkin amalga oshirilishi tamoyillari to‘la e’tirof etiladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi bevosita moliya, valyuta va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. SHuning uchun, respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, bir qator rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganib, tijorat banklarning moliyaviy holati va boshqa omilarni hisobga olgan holda, yangi hisob-kitoblar tizimini tashkil etish maqsadga muvofiq deb topildi va naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi huquqiy 167 hamda me’yoriy baza yaratildi. Hozirgi kunda naqd pulsiz hisob-kitoblar 2013 yil 3-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2465-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi Nizom asosida tashkil etiladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni bir tizim sifatida qarasak, uning bir qator elementlardan tashkil topgan. 1.2- rasmdan ko‘rib turganimizdek, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining elementlariga naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etishning asosiy tamoyillari, naqd pulsiz hisob-kitob shakllari, hisob-kitob hujjatlari, to‘lovlar navbati, to‘lovusuli va muddati, to‘lov manbalari, hisob- kitoblar ishtirokchilari, ya’ni sub’ektlari kabilarni kiritish mumkin. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling