O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Tijorat banklarining kassa zaxiralarini jamg‘arish va saqlash


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

Tijorat banklarining kassa zaxiralarini jamg‘arish va saqlash.
Muomaladagi pul miqdori hajmini boshqa rish uchun O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki jalb qilingan pul mablag‘lari hajmiga qarab tijorat banklarida
zaxiralarning muayyan koeffitsientlarini belgilaydi. pul-kredit vositasida boshqa 
rishning samaradorligi, uning pul miqdori o‘sish sur’ati va tuzilmasiga,
shuningdek pulning qadrsizlanish darajasiga ta’siri majburiy zaxiralash tizimining
moslashuvchanligiga bog‘liq. Ko‘rib chiqilayotgan qonunning 28-moddasiga
muvofiq majburiy zaxiralar alohida hisobvaraqdan aqd pul yoki omonat lar 
tarzida deponentga olinadi. zaxiralash tizimi tijorat banklariga likvidlik bilan 
bog‘liq qisqa muddatli muammolarni hal etish imkonini beradi. Ayrim hollarda
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qaroriga binoan majburiy
zaxiralarga foizlar qo‘shib qo‘yilishi ham mumkin. tijorat banklarining


84 
mablag‘larini zaxiralash talablariga amal qilish borasida javobgarligini oshirish
uchun qonunda moliyaviy sanktsiyalar ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankiga to‘lanmay qolgan pulni qonunda belgilangan 
tartibda so‘zsiz undirib olish, shuningdek, jarimalar solish huquqi berilgan 
SHuningdek, Markaziy bank hukumatning fiskal agenti sifatida, hukumat 
bilan shartnoma tuzganida, hukumat organlariga va muassasalariga bank xizmatlari 
ko‘rsatganida ham Markaziy bank va hukumat o‘rtasida bankka oid xuquqiy 
munosabatlar yuzaga keladi. 
Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasidagi, Markaziy bank va hukumat 
muassasalari o‘rtasidagi munosabatlar faqat qonunlar va boshqa qonunosti 
xujjatlari bilan tartibga solinadi. 
Tijorat banklari bilan ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlari qonunchilik 
xujjatlari bilan bir qatorda ular o‘rtasidagi tuzilgan bank xizmatlari ko‘rsatishga 
oid shartnomalar bilan ham tartibga solinadi. 
Bevosita tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan bank xizmatlaridan 
tashqari boshqa kredit muassasalari (kredit uyushmalari, o‘zaro yordam kassalari 
va boshqalar) tomonidan o‘z vakolatlari doirasida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilishi 
bilan bog‘liq bo‘lgan holdagi aloqalar ham bankka oid xuquqiy munosabatlar 
jumlasiga kiritilishi lozim. 
Bank sohasidagi xuquqiy munosabatlarning yuzaga kelishiga quyidagilar asos 
bo‘lishi mumkin: 
a) tijorat bankini ro‘yxatga olish va litsenziya berilishini so‘rab ta’sischilar 
tomonidan Markaziy bankka belgilangan tartibda qilingan murojaat; 
b) tijorat banki tomonidan iqtisodiy normativlarni shakllantirilishi chog‘ida 
Markaziy bank bilan bo‘ladigan aloqalardan kelib chiquvchi oqibatlar; 
v) qonunchilik xujjati yoki idoraviy me’yoriy xuquqiy xujjat qabul qilinishi; 


85 
g) Markaziy bank tomonidan bank nazoratini amalga oshirish chog‘ida 
o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan xuquqbuzarlik faktlari; 
d) tijorat banklari va uning mijozlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar; 
e) tijorat banki yoki mijoz tomonidan shartnoma shartlari talablarini buzilishi; 
j) fors-major hodisalarning yuz berishi va boshqalar. 
Bankka oid xuquqiy munosabatlar mazmuni bu munosabat taraflari (banklar 
va mijozlar) da paydo bo‘ladigan xuquqlar hamda majburiyatlar ko‘lami bilan 
belgilanadi. YA’ni bankka oid xuquqiy munosabatga kirishish uning 
ishtirokchilarida xuquqlar paydo bo‘lishini hamda majburiyatlar yuzaga kelishini 
anglatadi. Bankka oid munosabatlarda qatnashayotgan shaxslarda o‘ziga xos 
xuquqlar va majburiyatlar (Moliya-kredit, bank xizmatlari ko‘rsatilishi, valyutaga 
oid) paydo bo‘ladi. 
Bank xuquqiy munosabatlarining ob’ekti bo‘lib Markaziy bank tomonidan 
bank tizimini boshqarish hamda nazorat qilish faoliyati sanaladi. Tijorat banklari 
faoliyatida esa bunday ob’ekt bo‘lib bank xizmatlari, bu xizmatlarni ko‘rsatilishi 
bilan bog‘liq ravishda amalga oshiriladigan bank operatsiyalari, boshqa hildagi 
qo‘shimcha bank xizmatlari sanaladi. 
Majburiyatlarni bajarilishni ta’minlash vositasi sifatida berilayotgan kredit 
uchun mol-mulklar yoki xuquqlarni garovga olinishi, kafillik qilinishi, 
javobgarliklarni sug‘urtalanishi ham bankka oid xuquqiy munosabatlarning ob’ekti 
bo‘lib hisoblanadi. 
Bankka oid huquqiy munosabatlar Markaziy bank bilan tijorat banklari 
o‘rtasida yuzaga kelganda ma’muriy xuquqiy usullarda, tijorat banklari bilan 
ularning mijozlari sanaluvchi jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida yuz berganida 
esa fuqarolik xuquqiy vositalar va usullar bilan tartibga solinadi. Markaziy bank 
tijorat faoliyati bilan, ya’ni foyda olishni mo‘ljallovchi risk bilan bog‘liq bo‘lgan 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli emas. 


86 
Markaziy bank tijorat maqsadlarida (foyda olishni ko‘zlab) o‘zga korxonalar 
va tashkilotlar, tijorat tashkilotlari, kredit uyushmalarining kapitalida ishtirok etishi 
ta’qiqlanadi. Bunda davlat tomonidan unga topshirilgan mol-mulklar bilan risk 
qilmaslik, ularni xatar ostiga qo‘yishdan saqlash maqsadi, shuningdek 
monopolistik faoliyatni oldini olish maqsadlari nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bank o‘z zimmasiga 
yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida doimiy ravishda tegishli statistik 
axborot almashishni amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlari Markaziy bankka u o‘z vazifalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan 
iqtisodiy axborotni taqdim etadi. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling