O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

Tijorat banklariga kredit berish. Markaziy bank iqtisodiyotning 
ustuvor tarmoqlarini bevosita kreditlamasada, u tijorat banklarining kredit
zaxiralariga bozor usullari orqali samarali ta’sir ko‘rsatishi mkoniyatiga ega
bo‘ladi. Buning uchun pul bozorining turli bo‘g‘inlarida O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki operatsiyalaridan, shu jumladan, va 
interventsiyasidan, ikkilamchi bozorda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan
bo‘ladigan operatsiyalaridan, kredit kimoshdi savdolari kabi dastaglardan
foydalanadi. Markaziy bank o‘zi belgilagan shartlarga binoan oltin, chet el 
valyutasi, xalqaro zaxiralar toifasiga kiruvchi valyuta boyliklari, davlatning qarz
majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari, Markaziy bankda 
depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo‘lgan, harid 
qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan aktivlar, to‘lanishiga banklar kafolat 
bergan tijorat veksellarini garovga olgan holda tijorat banklariga uch oygacha
bo‘lgan muddatda kredit berishi mumkin. Tijorat banklariga kredit


83 
berishning eng ko‘p tarqalgan bu turi banklarni qayta moliyaviy ta’minlash deb 
yuritiladi va u “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi
qonuniga asosan amalga oshiriladi.
Tijorat banklari va hukumat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
asosiy mijozlaridir, boshqacha aytganda, O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki banklarning banki hisoblanadi. Tijorat banklarida 
likvidlilik muammosi bo‘lganda ular o‘z aktivlari garovi asosida Markaziy 
bankdan kredit olishi mumkin, banklar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankidagi o‘z hisobvaraqlaridan o‘zaro hisob-kitoblar uchun foydalanadilar va
undan tashqari naqd pul zarur bo‘lganda ham ular Markaziy bankka murojaat
qilishadi.
Pul emissiyasi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bo‘lgani kabi 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ham pulni emissiyalash xuquqiga
ega, ya’ni u emissiya markazi hisoblanadi. Bu vazifa hozir hamnihoyatda muhim 
ahamiyatga ega, chunkichakana savdoda mahsulot haqini to‘lash hamda qarz
majburiyatlarini uzil-kesil uzish uchun mablag‘ga ega bo‘lishini ta’minlash uchun
naqd pul zarur.

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling