O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlari


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

 
Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlari:
 
narxlarning; 
bank tizimining; 
to‘lov tizimlari ishlashining barqarorligini ta’minlashdan iboratdir. 
Markaziy bankning bank tizimi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha faoliyati 
narxlarning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. 
Foyda olish Markaziy bankning maqsadi hisoblanmaydi. 
Markaziy bank moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanishga, tijorat faoliyati 
bilan 
shug‘ullanishga, 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
Xalq 
bankining, 
«Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining, valyuta birjasining, shuningdek 
Markaziy bank faoliyat yuritishini ta’minlovchi korxonalar va tashkilotlarning 
kapitallarida ishtirok etishini istisno etganda), banklar va boshqa yuridik 
shaxslarning kapitallarida qatnashishga haqli emas. 


65 
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobdordir. 
Oliy Majlisning Senati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga ko‘ra 
Markaziy bank Boshqaruvining raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, 
shuningdek, yillik hisobotni, shuningdek auditorning xulosasini ko‘rib chiqadi. 
Qonunda Markaziy bank faoliyatining tashkiliy jihatlariga e’tibor qaratilgan 
bo‘lib, Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega ekanligi, 
Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tegishli xizmatlar 
va muassasalar tashkil etilishi mumkinligi, jumladan, bu borada Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi poytaxti, viloyatlarning markazlari va Toshkent shahrida yuridik 
shaxsmaqomga 
ega 
bo‘lmagan o‘zining bosh boshqarmalarini tuzishi 
mumkinligini huquqiy asoslari keltirilgan, ammo ushbu bank boshqarmalari 
yuridik shaxs maqomiga ega emas. Markaziy bank o‘ziga qarashli xizmatlar va 
muassasalarga ham ega bo‘ladi. Lekin ular yuridik shaxs maqomiga ega 
bo‘lmaydilar, hamda Markaziy bank Boshqaruvi tasdiqlaydigan ular haqidagi 
Nizomlarga asosan ish yuritadilar. 
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga 
hisobdordir. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Markaziy bankning yillik 
hisobotini auditorlik tashkilotining xulosasi bilan birga ko‘rib chiqadi. 
Markaziy bank raisi bank boshqaruvning raisi hisoblanadi. Markaziy bank 
yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimidir. 
Markaziy bank o‘zining vakolatlarini amalga oshirish va vazifalarini 
bajarish uchun o‘z tasarrufida tashkilotlar tashkil etishga haqli. 
Markaziy bank Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent 
shahrida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan hududiy bosh boshqarmalarini 
tashkil etadi. 
Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlar o‘z faoliyatini Markaziy bank 
tomonidan tasdiqlanadigan nizom (ustav) asosida amalga oshiradi. 


66 
Markaziy bank raisi Markaziy bank va uning Boshqaruvi faoliyatiga 
rahbarlik qiladi, Bankning fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank zimmasiga 
yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi. Markaziy bank faoliyati 
masalalarini halqiladi, Markaziy bank faoliyati va joriy operatsiyalarini operativ 
tarzda boshqarish bo‘yicha harakatlarni amalga oshiradi. 
Oliy Majlisda, hukumatda, vazirliklar va idoralarda, sudlarda, banklar va 
muassasalarda, xalqaro va chet el tashkilotlarida bank faoliyatiga doir barcha 
masalalar bo‘yicha Markaziy bank nomidan ish ko‘radi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xalqaro moliya-kredit va valyuta 
munosabatlariga oid faoliyatni amalga oshirishda boshqa davlatlarning Markaziy 
banklari, xalqaro banklar va boshqa moliya-kredit muassasalarida O‘zbekiston 
Respublikasi manfaatlarini himoya qilishga, moliya operatsiyalari bajarishga, shu 
jumladan chet elhukumatlari, chet el Markaziy banklari va pul-kreditni tartibga 
solish organlariga, sh uning dek O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan xalqaro 
tashkilotlarga bank xizmati ko‘rsatish, xorijiy davlatlarda vakolatxonalar ochish, 
O‘zbekiston Respublikasida chet el banklarining vakolatxonalarini akkreditatsiya 
qilishgahaqli ekanligi belgilab berilgan. 
Markaziy bank o‘z faoliyatida foyda olishni maqsad qilib qo‘ymaydi, ammo 
har bir moliya yil davomida olingan daromadlardan ishonchsiz, shubhali qarzlar 
va boshqa aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash rezervlari 
shakllantirilgandan so‘ng; barcha daromadlar va chiqimlar hisoblanganidan, 
shuningdek, aktivlar va passivlar amalda baholanganidan so‘ng bank 
faoliyatining natijasi (foydasi) aniqlanadi. 
Markaziy bank - O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni amalga 
oshirish qoidalarini belgilaydi; 
bank tomonidan milliy va chet el valyutasida mijozlarning hisobvaraqlarini 
ochish, yuritish va yopish tartibini belgilaydi; 


67 
O‘zbekiston Respublikasi hududida pul belgilarini muomalaga kiritadi va 
muomaladan chiqaradi; 
qimmatbaho metallardagi aktivlarni to‘ldirish uchun davlatning affinlangan 
oltin sotib olishga bo‘lgan ustuvor huquqini amalga oshiradi; 
qimmatbaho metallardan tayyorlangan quymalarni muomalaga chiqaradi; 
qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini sotib olish va sotish 
tartibini belgilaydi; 
banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga 
oshirish tartibini belgilaydi; 
o‘zi belgilaydigan tartibda va shartlarda banklarga qisqa muddatli kreditlar, 
shuningdek likvidlilikni tezkor sur’atda qo‘llab-quvvatlash uchun kreditlar beradi; 
banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini litsenziyalashda 
hamda banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta 
moliyalashtirish tashkilotlarini (bundan buyon matnda kredit tashkilotlari deb 
yuritiladi) va banklar guruhlarini tartibga solish va nazorat qilishda asoslantirilgan 
mulohazadan foydalanish kabi qator vakolatlarga ega. 
Markaziy Bankning foydasi boshqaruv belgilagan tartibda, yillik hisobotni 
tasdiqlash bilan bir paytda taqsimlanadi. SHuningdek, bank boshqaruvining 
qaroriga muvofiq foyda hisobidan aniq maqsadli rezervlar va fondlar ham tashkil 
etilishi mumkin . 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga hisobot beradi. Markaziy Bankning hisobot davri 1 yanvar — 31 
dekabr qilib belgilanadi. Yillik hisobot 15 maydan kechiktirilmay Oliy Majlis 
Senatik ko‘rib chiqishi uchun taqdim etilishi lozim. 
Markaziy Bankning organi uning Boshqaruvidir. Boshqaruv Markaziy bank 
siyosati va faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi, bankni 
boshqaradi. 


68 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasi bilan O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki raisini tayinlash va lavozimidan ozod qilish Oliy 
Majlis 
Senatining 
mutloq 
vakolati 
hisoblanadi. 
Qonunda 
O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankiga vakolatlar berish bilan bir qatorda, uning uchun 
ta’qiqlangan faoliyat turlari ham aniq belgilab berilgan. Masalan, O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankiga tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish, muassasa yoki 
tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish ta’qiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankiga korxona va tashkilotlar faoliyatida bank ham da yuridik shaxslar 
sifatida ishtirok qilishga ruxsat etilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bank o‘z vakolatlaridan foydalanishda barcha yuridik shaxslarni baravar ko‘rishi 
lozim. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling