O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


-rasm. Bank faoliyati bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

4-rasm. Bank faoliyati bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar 
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki yuridik shaxs hisoblanadi 
va u davlatning mutlaq mulkidir. Markaziy bank — o‘z sarf-xarajatlarini 
o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiruvchi, iqtisodiy jihatdan mustaqil 
muassasadir. 
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki mamlakat bank-kredit 
tizimlarini boshqaruvchi, monopol tarzda pul emissiyasini amalga oshirishga xaqli 
bo‘lgan, milliy iqtisodiyot manfaatlarini ko‘zlab pul kredit siyosatini 
shakllantiruvchi va amalga oshiruvchi bankdir. 
Markaziy 
bank 
faoliyati 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 
O‘zbekiston Respublikasining « Markaziy bank to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa 
qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi. Bankka oid xuquqiy munosabatlar bo‘lib 
Markaziy bank tomonidan bank sohasini boshqarish va nazorat qilish chog‘ida o‘z 
vakolatlarini amalga oshirish tufayli Markaziy bank bilan tijorat banklari o‘rtasida 
yuzaga keladi. Bunday munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan butun mamlakat hududi uchun monetar va valyutani tartibga solish 
siyosatini shakllantirilishi hamda amalga oshirilishi, hisob-kitoblarni yo‘lga 
qo‘yilishi, banklar faoliyatini litsenziyalanishi, rasmiy oltin-valyuta rezervlarini 
saqlanishi va tasarruf qilinishi natijasida kelib chiqadi.
Markaziy bank maqomi va maqsadlari O‘zbekiston Respublikasining « 
Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunida belgilangan. Qonunga muvofiq 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs sifatida ko‘chmas mulk va 
moliyaviy resurslarga egalik qiladi. Bu hol uning moliyaviy mustaqilligini 
mustahkamlaydi va mustaqil pul-kredit siyosatini samarali o‘tkazish imkoniyatini
siyosat sohasi hisoblanadi. Mustaqil siyosat esa pul va valyuta bozorida yuzaga 
kelayotgan vaziyatni, ichki bozordagi makroiqtisodiy shart-sharoitni, tashqi 
omillarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu holat qonunda Markaziy bank 
o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqildir deb belgilab 


64 
berilgan va u o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha 
shaxslar ijro etishi majburiy bo‘lgan normativ hujjatlar chiqadi.
Markaziy bankning mol-mulki uning pul va boshqa moddiy boyliklaridan 
iborat bo‘lib, ularning qiymati Markaziy bank balansida aks ettiriladi. Markaziy 
bank o‘z balansida aks ettirilgan mol-mulkka qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilishga haqli. 
Davlat Markaziy Bankning majburiyatlari yuzasidan, Markaziy bank esa 
davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi. 
Qonunning 4-moddasi Markaziy bankning mol-mulki deb nomlanib unda 
Markaziy bankning mol-mulki uning pul qimmatliklari va boshqa moddiy 
qimmatliklaridan iborat bo‘lib, ularning qiymati Markaziy bankning balansida aks 
ettiriladi. Markaziy bank o‘z balansida aks ettirilgan mol-mulkka egalik qilishga, 
undan foydalanishga va uni tasarruf etishga haqli. 
Qonunning 4-moddasida Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlari 
keltirilgan bo’lib

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling