O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan Vazirlar 
Mahkamasi iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga 
rahbarlikni, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. 
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi 
hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor 
shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va 
farmoyishlar chiqaradi. Vazirlar Mahkamasining bunday vakolati «Normativ-
xuquqiy xujjatlar to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasida va «Vazirlar Mahkamasi 
to‘g‘risida»gi qonunning 20-moddasida ham belgilangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bank-moliya tizimlarini yanada 
takomillashtirish, pul-kredit siyosatining ro‘yobga chiqarilishida tegishli 
tuzatishlar kiritishga qaratilgan ko‘plab qarorlar qabul qilgan bo‘lib, ular vositasida 
pul muomalasini barqarorlashtirish, hisob-kitob ishlari samaradorligini oshirish, 
moliyaviy oqimlarni yo‘naltirish va boshqarish vazifalari ado etiladi.
17
Idoraviy (tarmoq) davlat boshqaruv organlarining me’yoriy xujjatlari. 
qonunosti aktlari qonunchilik xujjatlarining quyi pog‘onasi bo‘lib, bank 
tizimini bevosita boshqaruvchi organlar qabul qiladigan idoraviy aktlar sanaladi. 
Bunda Moliya Vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa tarmoq vazirliklari 
hamda idoralari tomonidan qabul qilinadigan normativ xujjatlar ma’lum 
ahamiyatga ega bo‘lsada, biroq bu soxadagi xuquqiy norma ijodkorligi bilan 
shug‘ullanuvchi asosiy davlat boshqaruvi organi, bu O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankidir. Ushbu organning normativ-xuquqiy xujjatlar qabul qilishga 
vakolatli ekani O‘zbekiston Respublikasining « Markaziy bank to‘g‘risida»gi 
17
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2002 йил 5 августдаги 
280-сонли «Пул маблағларининг банкдан ташқари муомаласини янада қисқартириш 
чора тадбирлари тўғрисида»ги; 2003 йил 4 февралдаги 63-сонли «Пул-кредит 
кўрсатгичларини тартибга солиш механизмини такомиллаштириш чора-тадбирлари 
тўғрисида»ги ва бошқа қарорлар. 


53 
qonunda mustahkamlangan. Unda: «Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida 
O‘zbekiston Respublikasi xududida barcha shaxslar ijro etishi majburiy bo‘lgan 
normativ xujjatlar chiqaradi». O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-xuquqiy 
xujjatlar to‘g‘risida»gi qonunning 12-moddasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va 
idoralar o‘z vakolatlari doirasida normativ-xuquqiy xujjatlar qabul qilishlari 
mumkinligi ko‘rsatib qo‘yilgan.Idoraviy, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan qabul qilinadigan normativ-xuquqiy xujjatlarning 
kuchga kirish vaqti yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining « Markaziy bank 
to‘g‘risida»gi qonunda belgilangan qoida bilan «Normativ-xuquqiy xujjatlar 
to‘g‘risida»gi qonunning 26-moddasida ziddiyat yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining « Markaziy bank to‘g‘risida»gi 
qonunniga ko‘ra: «Markaziy bankning normativ xujjatlari, agar xujjatning o‘zida 
o‘zga qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, e’lon qilingan kundan boshlab kuchga 
kiradi» deyilgan. Biroq, «Normativ-xuquqiy xujjatlar to‘g‘risida»gi qonunning 26-
moddasi, 3-qismida: «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-
xuquqiy xujjatlari, agar xujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan so‘ng, 
o‘n kundan keyin kuchga kiradi» deyiladi. Ushbu ziddiyatlardan kelib chiqib 2019 
qbk noyabrda O‘zbekiston Respublikasining «Markaziy bank to‘g‘risida»gi 
qonuniga tegishli o‘zgartirish kiritilish yo‘li bilan bartaraf qilinishi lozim. 
O‘zbekiston Respublikasining « Markaziy bank to‘g‘risida»gi qonunda 
Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan norma ijod qilish faoliyati 
yuzasidan yana bitta noaniqlikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, bu hol amaliyotda turli 
anglashilmovchiliklarga sabab bo‘layotganligi kuzatiladi. SHunga ko‘ra bizning 
nazarimizda ushbu qonunida Markaziy bank tomonidan chiqariladigan normativ 
xuquqiy xujjatlarning shakli (buyruqlar, qarorlar) aniq ko‘rsatib qo‘yilmog‘i lozim. 
Telegrammalar, faksogrammalar, bayonnomalar, ko‘rsatmalar kabi qonunda 
ko‘zda tutilmagan shakllarda normativ ko‘rsatmalar berishga urinish, yaroqsiz 
amaliyot turli o‘zboshimchaliklar uchun imkon tug‘diradi va quyi tashkilotlarning 
o‘rinli e’tirozlariga ham sabab bo‘ladi. Ayni paytda qonunda Markaziy bank 


54 
normativ-xuquqiy xujjatlaridan norozi bo‘lgan, ularning qonuniyligiga asosli 
shubhasi bor shaxslarga bu normativ xujjatlar hususida nizolashish xuquqlari aniq 
belgilab qo‘yilmog‘i lozim. Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari 
g‘ayriqonuniy xarakatlari ustidan shikoyat berish va ularni bekor qilishning hozir 
amalda bo‘lgan tartibi faqat individual aktlarga va xususiy fuqarolar xuquqlari 
buzilgan chog‘da qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
18
Endi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilinadigan 
normativ-xuquqiy xujjatlar miqyosi va mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratsak, bu 
normativ-xuquqiy xujatlar mohiyatan qonun bilan Markaziy bank oldidagi 
maqsadga va yuklatilgan vazifalar mazmuniga mos keladi. Ular juda ham keng 
qamrovli bo‘lib, tijorat bank muassasalari xamda boshqa kredit muassasalari 
faoliyatining barcha jihatlariga taalluqlidir. Ushbu normativ xuquqiy hujjatlar 
tijorat bank muassasalari va boshqa kredit muassasalarini tashkil etilishidan tortib, 
ular faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi, tekshirish va nazorat qilinishi, ma’muriy va 
iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llanilishi, omonat va hisob-kitob ishlarini, xalq 
xo‘jaligini kreditlashni amalga oshirilishi, valyuta nazoratini olib borilishigacha 
bo‘lgan sohalarni o‘z ichiga oladi.
19
Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan norma ijodkorligi 
faoliyatining qonun talablari doirasida oqilona
amalga oshirilishi tijorat banklari faoliyatida qonuniylikni hamda ijtimoiy adolatni 
ta’minlashning muhim sharti bo‘lib sanaladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi va boshqa 
tarmoq (funksional) organlar me’yoriy xuquqiy xujjatlari idoraviy aktlari ham 
tegishli ravishda bank xuquqi manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin. O‘zbekiston 
18
Ўзбекистон 
Республикасининг 
«Фуқаролар 
эрки 
хуқуқлари 
ва 
эркинликларини бузадиган ҳатти-ҳаракатлар ва қарорлар устидан шикоят қилиш 
тўғрисида»ги қонуни. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 
1995 й., №9, 183-модда. 
19
«Банкларни р¤йхатга олиш ва уларга лицензия бериш тартиби тўғрисида»ги Низом 
1999 йил 11 февраль; «Банкларни тугатиш тартиби тўғрисида»ги Низом 1999 йил 11 
февраль; «Тижорат банкларида қимматбаҳо металлар, тошлар ва тангаларнинг бухгалтерия 
ҳисобини юритиш тартиби тўғрисида»ги Низом 2004 йил 17
декабрь ва бошқалар. 
Банк 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling