O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odatda bank xuquqida ikkita usul qo‘llaniladi
- Imperativ metod
47 4- § . Bank huquqining uslublari va tizimlari Huquq sohasining predmeti deganda ushbu huquqqa oid normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar majmui tushunilsa, uning uslubi deganda mazkur ijtimoiy munosabatlarni qanday qilib (qanday vositalar xamda usullar bilan) tartibga solinishi nazarda tutilmog‘i lozim. Bank xuquqining uslublari deganda bank xuquqi sanalmish munosabatlarni xuquqiy tartibga solish maqsadida xizmat qiladigan vositalar, tartiblar majmuasi ko‘zda tutiladi. Odatda bank xuquqida ikkita usul qo‘llaniladi: dispozitiv va imperativ. Dispozitiv (xususiy - xuquqiy) metod shartnoma majburiyatlarida o‘z aksini topib, bank . ќonuniy munosabatlari qatnashchilarining teng xuquqliligi va ixtiyoriyligi bilan ajralib turadi. Imperativ metod (hokimiyat va bo‘y sunishlik metodi) – bir sub’ektni boshqasiga bo‘ysunishida namoyon bo‘ladi, masalan, litsenziya olish va nazorat qilish jarayonlarini aks ettiradi. Bu ikki metod birgalikda bank munosabatlarini xuquqiy tartibga solishning kompleks metodini tashkil qiladi. YUqorida qayd etib o‘tilganidek, bank xuquqi predmeti sanaluvchi munosabatlar ikki yoqlama xususiyatga ega. YA’ni, bir tomondan, tijorat banklari va ularning mijozlari o‘rtasida xususiy-xuquqiy (ixtiyoriylik, shartnomaviylik va xokazo) tamoyillariga asoslansa, Markaziy bank bilan tijorat banklari o‘rtasida esa ommaviy xuquqiy (bir tarafning ikkinchi tarafga bo‘ysunishi) qoidalariga tayanadi. Ushbu xolat bank xuquqining uslublarida ham o‘z ifodasini topgan. Tijorat banklari va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish chog‘ida fuqarolik xuquqiga xos bo‘lgan uslublardan, ya’ni taraflarning tengligi, xuquqiy munosabatga kirishishining ixtiyoriyligiga, xuquq va majburiyatlarni xamda javobgarlikni belgilashning asosiy vositasi shartnomalar ekanligiga tayanuvchi vositalardan foydalaniladi.Tijorat banklari Markaziy bank bilan munosabatga kirishganida, ayrim xollarda tijorat banklarining mijozlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishtirok etadigan munosabatlarda ham ommaviy xuquqiy usul va vositalardan foydalaniladi. YA’ni bank xuquqiy 48 munosabatlari ishtirokchilariga yuklatilgan majburiyatlar bajarilmagani yoki lozim darajada bajarilmagani taqdirda ularga nisbatan davlat majburlovchi usullarini tatbiq etilishi mumkin. Bunday munosabatlarda ishtirok etuvchilarning xuquqlari hamda majburiyatlari davlat erki-irodasini ifoda etuvchi me’yoriy-xuquqiy xujjatlar bilan qat’iy belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ular taraflar xoxish istagiga ko‘ra o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Xuquqiy va iqtisodiy (moliyaviy) ta’sir o‘tkazish (xuquqiy javobgarlikka tortish, moliyaviy jarima qo‘llash) choralari moxiyat e’tiboriga ko‘ra bankka oid xuquqiy munosabat ishtirokchilari xulq- atvoriga ta’sir o‘tkazish, ular xatti-xarakatlarini qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishini ta’minlash usullaridandir. SHunday qilib, bank xuquqining uslublari deganda shartnoma asosida yoki qonun xujjatlarida nazarda tutilgan davlat majburlovini qo‘llash taxdidi bilan bankka oid munosabat ishtirokchilari xulq-atvorlariga ta’sir o‘tkazish, bu xulq- atvorni shartnomaga, qonunchilik aktlari talablariga muvofiq bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiluvchi tadbirlar va vositalarning yig‘indisi tushunilmog‘i kerak. Mamlakatamizda bozor munosabatlari chuqurlasha borishi, bank soxasida erkinlashtirishning kuchayishi, bozor iqtisodiy isloxotlarining amalga oshirila borishi bilan bank xuquqining uslublari ham takomillashib, tobora kengayib boraveradi. Bank xuquqi yangi xuquq tarmog‘i sifatida shakllanish jarayonini boshdan kechirmoqda va ayni paytda u yaqqol ifodalangan tizimga ega bo‘lib qoldi. Ma’lumki, tizim bu aloxida-aloxida elementlarning o‘zaro bog‘lanishidan xosil bo‘lgan yaxlitlikdan iboratdir. Bank xuquqi ham xuquq soxasi sifatida yagona ko‘rinishga ega va ayni paytda o‘ziga xos belgi hamda xususiyatlarga ega bo‘lgan tarkibiy qismlar yig‘indisidan iborat. Bank xuquqi tizimi va bank qonunchiligi tizimi o‘zaro farqlanmog‘i lozim. Bank xuquqi – xuquq soxalaridan biri bo‘lib, uning asosiy maqsadi bank soxasidagi ijtimoiy munosabatlarni o‘rganish, tadqiq qilish va shu asosda xuquqiy tartibga solish samaradorligini oshirish, nazariy xulosalarga tayangan xolda 49 mavjud muammolarni hal etish yo‘llarini axtarib topishdan iborat. Bank xuquqi soxasining asosiy vazifalaridan biri - bank soxasidagi malakali xamda zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ularga nazariy va amaliy ko‘nikmalar berishdan iborat. Bank xuquqi umumiy va maxsus qismlarni qamrab oluvchi ichki tizimga ega bo‘lib, uning umumiy qismida universal xususiyatga ega bo‘lgan tushunchalar, institutlar ya’ni; Bank xuquqining kelib chiqish ijtimoiy iqtisodiy asoslari, tushunchasi, predmeti, o‘rganish uslublari, manbalari va tamoyillari, Bankka oid xuquqiy munosabatlar va ularning yuzaga kelish asoslari, ob’ektlari va sub’ektlari o‘rganiladi. Bu xuquq soxasining maxsus qismida bankka oid ijtimoiy munosabatlarning aloxida va aniq maqsadga qaratilgan guruxlari tartibga solinadi. Jumladan, Markaziy bankning tijorat banklarini boshqaruv faoliyati, mijozlarga bank xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq munosabatlar va ularni xuquqiy tartibga solish, Bank sirining xuquqiy asoslari va boshqalar nazarda tutiladi. Bank qonunchiligi tizimi bank xuquqlari tizimlaridan farqli o‘laroq muayyan qonun aktlari tuzilishi, tarkibiy qismlari, ularning o‘zaro bog‘liqligi va yaxlitligi, bank qonunchiligi tizimini tashkil etadi. Bank xuquqi va bank qonunchiligi tizimi, ularning tarkibiy elementlarga bo‘linishi ularni o‘rganishni osonlashtiradi. Bank xuquqi o‘zida xo‘jalik (tadbirkorlik) xuquq sohasiga xos bo‘lgan normalarni ham mujassamlashtiradi. Ma’lumki, tijorat banklari tijorat tashkiloti, tadbirkorlik faoliyati sub’ektidir. SHu sababli bank faoliyati amalga oshirilishida tadbirkorlik faoliyatiga oid bo‘lgan (ularni tashkil etilishi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi, foyda (daromad) olishi va ularni tasarruf qilish, xo‘jalik shartnoma aloqalarini o‘rnatish. Tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat himoyasi va kafolatlari- dan foydalanish va boshqalar) normalar to‘liq tatbiq etiladi. Xo‘jalik xuquqi nazariyasi tarafdolari uzoq vaqt davomida bank xuquqi xo‘jalik xuquqining bir tarmog‘i ekanligini uqdirib keldilar. M.L. Koganning 50 fikricha banklar ishtirok etadigan munosabatlar xo‘jalik munosabatlaridan iborat. 15 I.A. Tanchuk esa ssuda va kreditga oid xuquqiy munosabatlarni xo‘jalik munosabatlari tizimidagi tarkibiy qismlaridan biri deb xisoblaydi. 16 Ammo, bozor munosabatlarining tobora chuqurlashib borayotganligi va iqtisodiy islohotlar natijasida yuz berayotgan o‘zgarishlar xuquq soxalaridagi tabaqalanishni kuchayishiga va avval muayyan xuquq soxasi tarmog‘i bo‘lgan qonunchilik tizimlarini alohida xuquq soxasi bo‘lib shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Bank xuquqi ham bozor munosabatlari tobora rivojlanib barayotgan sharoitda bank xizmati ko‘rsatish miqyosi, diapazoni keskin kengayishi, bu soxaga oid qonunchilikning tubdan o‘zgarishi tufayli alohida xuquq soxasi bo‘lib shakllanmoqda. Bank xuquqi jinoyat xuquqi, fuqarolik va xo‘jalik protsessual xuquqlari normalarini ham o‘z ichiga qamrab oladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan qator moddalar bank faoliyati, pul muomalasi, valyuta munosabatlari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazo choralarini nazarda tutadi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasida qalbaki pul yasash va ularni o‘tkazganlik uchun, 178-moddada chet el valyutasini yashirganlik uchun javobgarlik choralari belgilangan). Fuqarolik protsessual va xo‘jalik protsessual qonunchilik normalari banklar bilan o‘zga yuridik hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida mulkiy yoki boshqa nomulkiy shaxsiy nizolar yuz berganda ularni hal qilish uchun sudga murojaat qilish, nizoni ko‘rib hal etish va chiqarilgan sud qarorlari ijrosini ta’minlash qoidalarini nazarda tutadi. Bank xuquqi bank faoliyatini tartibga solinishi jarayonida boshqa xuquq soxalari (masalan, soliq xuquqi, bojxona xuquqi, sug‘urta xuquqi va boshqalar) normalariga ham murojaat qiladi.Biz quyidagi ana shunday davlat organlari vakolatlarini ko‘rib chiqamiz jumladan: 15 Коган М.Л. Правоотношения между Госбанком и объеденениями. Ж. Советское государство и право. 1974 г. №1. с. 60. 16 Танчук И.А., Ефимочкин В.П., Абова Т.Е. Хозяственные объязательства. М., 1970 г., с. 36. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling