O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

qonunchiligi 
kompleks 
tarmoqlar 
yig‘indisidir
Ushbu 
normalarning 
kompleksligi bank huquqining kelajakda mustaqil tarmoq bo‘lishi mumkinligidan 
dalolat berishi mumkin. Bank huquqi yuqorida ta’kidlaganimizdek, O‘zbekiston 
Respublikasining moliyaviy huquqining tarkibiy qismi, asosi hisoblanadi deb 
aytsak bo‘ladi. Chunki, bank huquqi monitar-fiskal siyosatni yuritish, iqtisodiyotni 
pul-kredit orqali muvofiqlashtirish, markazlashgan fondlarning mobilizatsiyasi
taqsimlash va ishlatish, davlat boshqaruviga asoslanadi. 
Bank huquqiga ko‘rsatib o‘tilgan ikki metod xam xos. Birinchi metodga ko‘ra, 
davlat to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita munosabatlar subektlarini xarakatini tartibga 
soladi. Ikkinchi metodga ko‘ra esa, davlat faqatgina chegaralarni belgilaydi. 
Bank huquqi tizimiga nafaqat bank faoliyati, strukturasi, organlarning huquqiy 
statusi to‘g‘risidagi qoidalari, balki, munosabatlarni tartibga soluvchi qimmatli 


46 
qog‘ozlar bilan operatsiyalarni, kreditlashni va valyuta operatsiyalarini tartibga 
soluvchi qoidalari ham mavjud. 
Albatta, ayrim hollarda bank qonunchiligining imkoniyatlarini ko‘rib chiqish 
bo‘yicha professional qaror qabul qilish har doim maxsus muhokamani talab 
qiladi. Biroq, bank qonunchiligining maqsadlariga xosligi bo‘yicha, ularni amalga 
oshirish imkoniyatlarining aniq g‘oyasi bo‘lishi kerak. Aks holda xususiy huquqni 
tartibga solish usullarini qo‘llash sohasida ham, qonunchilik, jamoat 
manfaatlarining, xalq irodasini ifoda etadigan bank qonunchiligi ham o‘zining 
tartibga solish funktsiyasini yo‘qotishi mumkin. SHuni hisobga olgan holda, 
birinchidan, bank qonunchiligini to‘g‘ri tashkil etish va bank qonunchiligini 
amalga oshirish (birinchi navbatda tatbiq etilishi) bilan bank tizimining quyidagi 
holatini ta’minlashi mumkin: 
- banklarning tashkiliy, boshqaruv va tartibga solish tizimlarining 
barqarorligi; 
-bank faoliyati, xatti-harakatining prognozi;
- bank operatsiyalarining ishonchliligi; 
- tijorat banklarining likvidligi va ularning resurslari barqarorligi;
- bank xizmatlarining turlari va sifati va boshqalar. 
Ikkinchidan, bank huquqi manbalari, ularning shakllanishi, tarkibiy strukturasi, 
ularning faoliyati, foydalanish usullari, banklararo munosabatlar ishtirokchilarining 
huquqlari va manfaatlarining minimal kafolatlarini belgilab beradi, ular maxsus 
bank me’yorlari bilan cheklanmaydi. Ushbu huquqlar va erkinliklar orasida mol-
mulk huquqiga, to‘g‘ri ma’lumotga, boshqa qonuniy huquq va erkinliklar va 
boshqalarga nafaqat O‘zbekiston fuqarosi va yuridik shaxslar ham ega bo‘lishi 
lozim. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling