O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

tamoyillar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
-Bank faoliyatida qonunlarga qat’iy amal qilish tamoili; 
-Bank operatsiyalarining maqsadga muvofiq bo‘lishi lozimligi; 
-Bank axborotlarining dahlsizligi va qonun bilan muhofazalanishi. 
-Bank faoliyati tadbirkorlik faoliyatining muayyan shakli ekanligi. 
Tijorat banklari bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, DSq va 
bojxona qo‘mitasi bilan o‘zaro munosabatlari mohiyatiga ko‘ra moliyaviy-
ma’muriy munosabat bo‘lganligi tufayli moliya xuquqi va ma’muriy xuquqqa xos 
bo‘lgan tamoyillar amal qiladi. 
Huquqshunoslik fanida bank huquqining manbalari aktlar deb tushuniladi, qonun 
normalarini belgilovchi davlat organlari, huquq normalarini belgilovchilardir. 
Bank xuquqi milliy xuquq tizimining alohida tarmog‘i sifatida ahloqiy va 
xuquqiy g‘oyalarni umumlashtirilgan holda o‘zida ifoda etuvchi tamoillarga 
tayanadi. Bank xuquqining tamoyillari bu sohada xuquqiy munosabatlar yuzaga 
kelishi va tartibga solinishining o‘ziga xos jihatlarini o‘zida ifodalaydi. Bank 
xuquqi bir necha xuquq sohalari chegaralarida shakllanganligi tufayli o‘zida 


34 
ularning har biriga hos bo‘lgan usullar hamda vositalarni jamlagan bo‘lib, bunday 
holat uning tamoyillarida ham o‘z ifodasini topadi. 
Bank huquqi ommaviy xuquq (moliya, ma’muriy huquqlar, Konstitutsiyaviy 
xuquq), hamda xususiy xuquq (fuqarolik xuquqi, xo‘jalik xuquqi) sohalariga oid 
normalar va qoidalar o‘zaro qo‘shilishi natijasida paydo bo‘lganligi, uning 
tamoyillari ham shartli ravishda shunga mos guruhlarga ajratilishi mumkin. 
Shunga ko‘ra Markaziy bank bilan tijorat banklari va boshqa kredit 
muassasalari o‘rtasidagi munosabatlarning tamoyillari, tijorat banklari bilan uning 
mijozlari bo‘lgan jismoniy hamda yuridik shaxslar o‘rtasidagi munosabat 
tamoyillari alohida guruhga ajratilishi mumkin. 
Markaziy bank bilan tijorat banklari o‘rtasidagi munosabatlar ommaviy-
xuquqiy hususiyatga ega, chunki bu munosabatlar davlat tomonidan o‘zining 
vakolatli organi – Markaziy bank orqali amalga oshiriladigan boshqaruv 
faoliyatining mahsulidir. Shu tufayli Markaziy bank va tijorat banklarining o‘zaro 
munosabatlarida bo‘ysunish, bir tomonning (tijorat banklarining), ikkinchi tomon 
(Markaziy bank) farmoyishlarini bajarishi majburiy ekanligi bir tomon (Markaziy 
bank) ko‘rsatmalarining bajarilmasligi davlat majburlovi qo‘llanilishiga (tegishli 
huquqiy yoki iqtisodiy jazo qo‘llanilishiga) sabab bo‘lishi kabi tamoillar ustun 
turadi. 
Tijorat banklari bilan ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar esa xususiy-
xuquqiy, fuqarolik-xuquqiy munosabatlardan iborat. Shu tufayli bu munosabatlar 
imperativ qoidalar va tamoyillarga emas, balki taraflarning erkinligi, o‘zaro 
tengligi, xuquqiy munosabatlarga kirishishning ixtiyoriyligi, o‘zaro manfaatdorlik, 
tashabbus ko‘rsatishning qonun doirasida hech narsa bilan cheklanmaganligi
majburiyatlar bajarilmagan taqdirda esa davlat majburlovi choralari emas, balki 
tomonlar o‘zaro kelishib belgilaydigan mulkiy ta’sir choralari ko‘rilishi kabi 
tamoyillarga tayanadi. Tijorat banklarining boshqa kredit muassasalari, mijozlari 
bilan bo‘ladigan munosabatlari o‘zaro tenglikka, ixtiyoriylikka, manfaatdorlikka 


35 
asoslangan fuqaroviy-xuquqiy munosabatlar bo‘lganligi sababli bunday paytda 
tovar-pul muomalasiga asoslangan, bozor iqtisodiga mos bo‘lgan fuqarolik-
xuquqiy tamoyillari qo‘llaniladi va bu paytdagi aloqalar tomonlar o‘rtasida 
tuzilgan shartnomalarga tayanilgan holda olib boriladi. 
Zamonaviy ilm-fan sohasida bir nechta huquq manbalari mavjud: 
- Huquqiy odat – xalq tomonidan tarixiy rivojlanishi davomida ishlab chiqilgan, 
odatga kirgan va davlat tomonidan mustahkamlangan bo‘ladi. Xususan, huquqiy 
odatni biz O‘zbekistan Respublikasi Fuqarolik kodeksida ko‘rishimiz mumkin. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling