O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


ҳуқуқининг манбаалари бу – банкка оид  ижтимоий муносабатларни тартибга солувчи ¢онун  хужжатларидан иборат


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

ҳуқуқининг
манбаалари бу – банкка оид 
ижтимоий муносабатларни тартибга солувчи ¢онун 
хужжатларидан иборат 
 
 


55 
Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xisob-kitob va bank ishiga oid 
xalqaro huquqiy hujjatlar (konvensiyalar, xalqaro shartnomalar va boshqalar) ham 
bank xuquqi manbai sanaladi. 
 
 
 
 
3-rasm. Bank huquqining manbalari 
5-
§
.Bankga oid munosabatlarda nizolar va ularni hal etilishi. 
Qonuniylik va ijtimoiy adolatni ta’min etilishi bozor munosabatlari to‘la qaror 
topishi hamda huquqiy davlat barpo etilishining zaruriy shartlaridandir. Qonuniylik 
va ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya etilishi eng avvvalo xar bir fuqaro, har bir 
tadbirkorlik sub’ekti huquqlari va manfaatlarini qonuniy himoyalanishini ta’minlay 
olishida o‘z ifodasini topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida; “Xar bir shaxsga o‘z 
huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor 


56 
shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-xarakatlari ustidan sudga 
shikoyat qilish xuquqi kafolatlanadi” – deb belgilab qo‘yilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 
to‘g‘risida” gi Qonunda tadbirkorlik sub’ektlari haq-xuquqlari himoyalanishi va 
kafolatlanishi belgilab qo‘yilgan.
Bank xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabat barcha ishtirokchilarning 
o‘zaro xuquq hamda majburiyatlari, ularning bajarilishi hamda himoyalanish 
usullari qonunda nazarda tutilgan.
Bankka oid munosabatlarda huquqlarning buzulishi deganda bu munosabat 
sub’ekti bo‘lgan shaxsning sub’ektiv mulkiy yoki nomulkiy shaxsiy xuquqlarini 
o‘zga shaxslarning g‘ayriqonuniy tajovuzi natijasida poymol etilishidan iborat. 
Xuquqlarni bunday poymol etilishi huquqiy javobgarlikka, ya’ni jinoyat, ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi, fuqarolik va mehnat kodeksida, boshqa qonun 
xujjatlarida nazarda tutilgan xuquqiy sanksiyalarni qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. 
O‘zga shaxslar xuquqlarining buzulishi bank munosabatlarida o‘zga shaxsga 
tegishli mulk yoki mulkiy xuquqni o‘zlashtirib olish, xuquqlarni amalga 
oshirilishiga to‘sqinlik qilish, qasd yoki extiyotsizlikdan o‘zga shaxsga mulkiy 
yoki ma’naviy zarar etkazish, zimmasiga olgan majburiyatni bajarmaslik yoki 
lozim darajada bajarmaslik tarzida yuz berishi mumkin. 
Bankka oid munosabatlarda xuquqi buzilishi ehtimol shaxslar turiga ko‘ra 
ularni quyidagicha tasniflash mumkin; 
1) bank mijozi bo‘lgan fuqaro xuquqlarining bank muassasasi tomonidan 
buzulishi (masalan. Bank xizmati ko‘rsatish qoidalarini buzilishi, mijoz bank 
sirlarini oshkor etilishi, shartnoma talablarining buzilishi va xokazo.); 
2) bank mijozi bo‘lgan tadbirkorlik sub’ekti shaxs yoki yakka tadbirkor shaxs 
xuquqlarini buzilishi (mablag‘larni hisobga olish, bank operatsiyalarini 
amalga oshirish qoidalarini buzilishi va boshqalar); 


57 
3) Davlat soliq. Moliya va boshqa organlari tomonidan tijorat banki 
huquqlarini buzilishi (masalan, g‘ayriqonuniy tekshirishlar o‘tkazilishi, 
g‘ayriqonuniy qarorlar qabul qilish orqali bank faoliyatining amalga 
oshirilishiga to‘sqinlik qilinishi, noqonuniy moliyaviy va boshqa sanksiyalar 
qo‘llanilishi va xokazolar); 
4) Tijorat banklari tomonidan soliq va boshqa moliyaviy qonunlarni buzulishi 
tufayli davlat manfaatlariga zid keluvchi xuquqbuzarlik sodir etilishi (hisob-
kitob va hisobotlar yuritish qoidalarini buzilishi, soliq qonunchiligining 
buzilishi va boshqalar); 
5) Bank mijozi sanaluvchi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bank 
oldidagi majburiyatlarni buzilishi shaklidagi (masalan, kreditni o‘z vaqtida 
qaytarmaslik) xuquqbuzarlik; 
6) Bankning o‘z xodimlari mehnatga oid xuquqlarini buzilishi, ayni paytda 
bank xodimlari tomonidan xizmat vazifasini bajarish bilan bog‘liq ravishda 
bank muassasasiga moddiy zarar etkazilishi. 
Bank munosabatlari ishtirokchilari xuquqlari buzilgan xollarda bu xuquqlar 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11-moddasida belgilab qo‘yilgan 
usullarda himoya qilinadi. Bu usullar quyidagilardan iborat; 
a) huquqni tan olish (masalan, garovga qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan bank 
xuquqining e’tirof qilinishi, vafot etgan mijozga tegishli omonatga nisbatan 
vorislik xuquqlarining tan olinishi); 
b) xuquq buzilishidan oldingi xolatni tiklash, xuquqbuzarlik keltirib chiqaruvchi 
xolatlarning oldini olish (masalan, g‘ayriqonuniy tarzda etkazilgan zararni undirib 
berilishi); 
v) bitim (shartnoma)ni xaqiqiy emas deb topish (masalan, mansabdor shaxs o‘z 
mansabini suiste’mol qilgan holda bank manfaatiga xilof bo‘lgan bitimni bekor 
qilinishi); 


58 
g) davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xujjatini xaqiqiy 
emas deb topish (masalan, davlat soliq organi g‘ayriqonuniy qarorini sud orqali 
bekor qilinishi); 
d) burchni natura xolda bajarishga majbur qilish (masalan, garovga olingan 
ko‘chmas mulkni asl holida (natura xolida) topshirilishiga majbur qilish); 
e) zararni to‘lash, neustoyka undirish; 
j) xuquqiy munosabatni bekor qilish; 
z) Ma’naviy ziyonni undirish va boshqalar. 
Bankkka oid munosabatlarda xuquqlarni himoya qilish ma’muriy usulda 
(yuqori turuvchi davlat organiga murojaat qilish yo‘li bilan) yoki sud tartibida 
amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni buzilgan 
xuquqlarni tiklash va xuquqbuzarliklardan himoya qilish maqsadida sudga 
murojaat qilish, nizoni sud yo‘li bilan ko‘rib hal etish tartiblarini belgilab beradi. 
Jismoniy shaxs (mijoz yoki o‘zga tadbirkor bo‘lmagan shaxs) bilan bank 
muassasasi o‘rtasida yuz beruvchi nizolar umumiy sudlarda (fuqarolik ishlari 
bo‘yicha tumanlararo, sudlar, viloyat, Toshkent shaxar, fuqarolik ishlari sudlari, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha kollegiyasi) 
ko‘rib xal etiladi. Umumiy sudlarda fuqarolik nizolarini ko‘rib xal etilish tartiblari, 
da’vogar, javobgar va o‘zga shaxslarning xuquqlari majburiyatlari O‘zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilab qo‘yilgan. 
Bank muassasalarining yuridik shaxs bo‘lgan yoki yuridik shaxs maqomini 
olmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan yakka tadbirkor jismoniy 
shaxslar bilan yuzaga keladigan nizolari, shuningdek bank va davlat boshqaruv 
organlari (masalan, Markaziy bank bilan Davlat soliq idorasi bilan, maxalliy davlat 
xokimiyat organlari bilan) o‘rtasida yuz beruvchi nizolar xo‘jalik sudlari 
tomonidan ko‘rib hal etiladi.


59 
Iqtisodiy nizolar bo‘yicha xo‘jalik sudlariga murojaat qilish, u erda nizoni 
ko‘rib chiqish va xal etish tartiblari O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik 
protsessual kodeksida mustaxkamlab qo‘yilgan. 
Bank muassasalarining barcha ishtirokchilariga sudda ko‘rib xal etilgan nizolar 
bo‘yicha o‘z manfaatlariga daxldor protsessual xatti-xarakatlar xaqida sud qarorlari 
ustidan belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat qilish, imkoniyatlari ko‘rib 
chiqilib, xal etilishi qonun bilan kafolatlangan. 
Bankka oid munosabatlardan kelib chiquvchi nizolar yuzasidan sudlar 
tomonidan chiqarilgan va qonuniy kuchga kirgan xal qiluvchi qarorlari va boshqa 
xil Qarorlarining ijro etilishi xam kafolatlab qo‘yilgan bo‘lib. Bunday qarorlar 
qarzdor tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagani taqdirda uni majburiy ijro 
etilishi mexanizmlari xamda usullari tegishli qonun xamda boshqa qonun 
xujjatlarida mustaxkamlab qo‘yilgan.
Bankka oid munosabatlarda xuquqlar nafaqat sudlar tomonidan, balki boshqa 
vakolatli organlar tomonidan xam amalga oshirilishi mumkin. Notarial idoralar 
anashunday organlardan bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi notarial to‘g‘risidagi qonunning 1-
moddasida jismoniy va yuridik shaxslarning xuquqlari va qonuniy manfaatlarini 
qonunda nazarda tutilgan tartibda himoya qilish notariuslarning vazifalaridan 
ekanligi belgilab qo‘yilgan. Notariuslar ushbu vazifani turli shakllarda:
a) bitimlarni tasdiqlash; 
b) hujjatlarning xaqiqiy ekanligini tasdiqlash; 
v) hujjatdagi imzoning xaqiqiy ekanligini tasdiqlash; 
g) merosga bo‘lgan xuquqni tasdiqlash (masalan, bank muassasasiga meros qilib 
qoldirilganda). 


60 
d) ijro xatlarini yozish (qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni 
talab qilib olish uchun qarzdorlikni belgilovchi xujjatlarga notarius imzosini 
qo‘yish); 
e) vekselni protest qilish;
j) xujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish; 
z) ishonchnomalar berish va boshqalar. 
Notarial xarakatlarni amalga oshirish tartiblari, notarius xatti-xarakati ustidan 
shikoyat berish va uni ko‘rib xal etilishi masalalari qonun xujjatlari bilan 
belgilangan. 
Bugungi kunda xuquqlarni nodavlat usullarida, jumladan, xakamlik 
mexanizmini qo‘llash obro‘li himoyalash masalalari tobora dolzarb bo‘lib 
bormoqda. 
Fuqarolar va yuridik shaxslar xuquqlarini yuqori darajada kafolatlanganligi va 
samarali himoyalash mexanizmlari bilan ta’minlangan ligi xuquqiy davlatning 
asosiy xususiyatlaridan biridir. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling