O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
5-rasm. Markaziy bankning maqomi
5-§. Markaziy bankni boshqarish. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki nafaqat boshqaruv organi, ayni paytda boshqarilishi talab etiladigan muassasa hamdir. Markaziy bank davlat boshqaruv organi sifatida eng avvalo qonunlar yordamida, qolaversa parlament va Prezident tomonidan ham boshqariladi (masalan, raxbar kadrlarini tayinlash yoki lavozimidan ozod qilish, asosiy iqtisodiy ko‘rsatgichlarini belgilab berish, hisobotlarini eshitish va boshqalar). Bularning barchasi amalga oshirib kelinayotgan moliyaviy islohotlar doirasida davlat oliy boshqaruv organlari tomonidan tashqaridan turib Markaziy bank faoliyatini boshqarishdan iborat. Bundan tashqari, Markaziy bank ichkaridan o‘z vakolatli boshqaruv organlari orqali ham boshqariladi. qonun ushbu ichki boshqaruv organlari, ularning vakolatlari, vazifalarini belgilab qo‘yish, bu vakolatlarning amalga oshirilishini tekshirib borish orqali Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan maqsad va vazifalar muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlaydi. Markaziy bank yuridik shaxs sifatida o‘z tashkiliy tuzilishiga va vakolatli boshqaruv organlariga ega. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bo‘ylama (vertikal) boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan markazlashgan yagona tizimni tashkil etadi. Bunga Markaziy Mahkama (Respublika Markaziy banki), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi bosh boshqarmalar (yuridik shaxs maqomisiz), boshqa xududiy muassasalar, hisob-kitob markazlari, hisoblash markazi va boshqalar kiradi. Markaziy bankning hududiy muassasalari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘la olmaydilar, normativ-xuquqiy xujjatlar qabul qilish vakolatiga ega emaslar. Markaziy bank xududiy muassasalarining vazifa va vakolatlari MB boshqaruvi 90 tomonidan tasdiqlanadigan xududiy muassasalar to‘g‘risidagi Nizomga asosan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oliy organi MB boshqaruvi sanaladi. Boshqaruv Markaziy bank siyosati va faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi, bankni boshqaradi. Boshqaruv o‘n bir kishidan iborat bo‘lib, uning tarkibiga MB raisi, uning o‘rinbosarlari, shuningdek, uning asosiy bo‘limlarining boshliqlari kiradi. Boshqaruv a’zolarini MB Raisi taqdimnomasiga muvofiq, Oliy Majlis kengashi tasdiqlaydi. Boshqaruv majlisiga MB Raisi, u yo‘q paytlarda esa uning o‘rnini bosadigan boshqa shaxslar raislik qiladi. Boshqaruv majlisida ko‘pchilik ovoz bilan qaror qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi vakolatlarga ega: - monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini, shu jumladan, Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari ko‘lami, Markaziy bankning hisob va ssuda berishdagi foiz stavkalari hamda banklarning Markaziy bankdagi majburiy rezervlari me’yorini belgilaydi; - Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini hal qiladi; - banknotlar va tangalarning nominal qiymati va namunalarini, shuningdek, pul belgilarini muomaladan chiqarish shartlarini belgilaydi; - O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga beriladigan ssudalar miqdori va shartlarini tasdiqlaydi; - banklar uchun iqtisodiy me’yorlarni tasdiqlaydi va ularga rioya etilishini kuzatib boradi; - bank faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berish va ularni qaytarib olish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qiladi; - Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi; 91 - Markaziy bank muassasalari hamda korxonalarini tashkil etadi, qayta tuzadi va tugatadi; - Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi; - Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini ko‘rib chiqadi; - Markaziy bankning tarkibiy bo‘linmalari, muassasalari va korxonalari rahbarlarini tasdiqlaydi; - Markaziy bank tarkibiy bo‘linmalari, uning muassasalari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari hamda ma’ruzalarini tinglaydi; - Markaziy bank xodimlarini ishga yollash, ishdan bo‘shatish, ularning mehnatiga haq to‘lash shartlarini, shuningdek, ularning kreditlar olishi va aksiyalar sotib olishini tartibini qonun xujjatlariga muvofiq belgilaydi; - Markaziy bank vakolati doirasidagi boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va hal qiladi. Markaziy bank Raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.Markaziy bank raisi: - Markaziy bank va uning boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi; - Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi, Ushbu qonunga binoan Boshqaruv vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno; - Boshqaruv qarorlarini imzolaydi, buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi; - Markaziy bank faoliyati va joriy operatsiyalarini operativ tarzda boshqarish bo‘yicha harakatlarni amalga oshiradi; 92 - Oliy Majlis, hukumat, vazirliklar, idoralar, banklar va muassasalarda, xalqaro va chet el tashkilotlarida bank faoliyatiga doir barcha masalalar bo‘yicha Markaziy bank nomidan ish ko‘radi; - ayrim masalalarni hal qilishni o‘zining o‘rinbosarlariga, markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining hamda xududiy muassasalarining rahbarlariga topshiradi. Markaziy bank Raisining vakolat muddati – besh yil. Markaziy bank raisi bo‘lmagan paytda uning vazifalarini o‘rinbosarlaridan biri bajaradi. Markaziy bank Raisi quyidagi hollarda o‘z egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi mumkin: - vakolat muddati tamom bo‘lganida; - sabablarini ko‘rsatgan holdagi shaxsiy arizasiga ko‘ra; - jinoyat sodir qilishda belgilangan tartibda aybdor deb topilganida; - o‘z xizmat vazifasini salomatligi xolatiga ko‘ra bajara olmasligini asoslovchi davlat tibbiy komissiyasining xulosasi mavjud bo‘lganida; - egallab turgan lavozimiga nomunosib hatti-harakatlar qilgan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining “ Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunni qo‘pol tarzda buzgan, bank manfaatlariga jiddiy zarar etkazgani hollarda; - qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra. Markaziy bank Raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari Rais tavsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan vazifasiga tayinlanadi yoki ozod qilinadi. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling