O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
-§. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’muriy-boshqaruv
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
4-§. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’muriy-boshqaruv
vakolatlari va ularni amalga oshirilishi. Markaziy bankning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda uning funksiyalarini belgilash mumkin. Bunday fuknsiyalar jumlasiga: 1) Baholar va to‘lov tizimining barqarorligi va himoya qilinishi maqsadida O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda yagona davlat pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; 2) Naqd pul emissiyasini monopol tarzda amalga oshirish va uning muomalasini tashkil etish; 3) Qayta moliyalashtirish tizimlarini tashkil qilish va amalga oshirish; 4) Bank operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini, tijorat banklarida hisob- kitob va hisobot ishlari tartiblarini belgilash; 5) Kredit tashkilotlarini davlat ro‘yxatiga olish, ularga litsenziya berish va litsenziyani qaytarib olish; 6) Kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish; 7) Valyutani tartibga solish, valyuta nazoratini amalga oshirish; 87 8) CHet davlatlari bilan hisob-kitob tartiblarini o‘rnatish; 9) O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi istiqbollarini aniqlash, to‘lov balansini tuzish. Markaziy bank o‘ziga yuklatilgan funksiyalarni bajarish chog‘ida preventiv (oldini olishga qaratilgan), himoyaviy hamda ta’minlovchi chora-tadbirlarni ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tashkiliy funksiyasi barcha moliya hamda pul-kredit tizimlarini tashkil qilish, ular faoliyatini lozim darajada ushlab turishga qaratilgan. Markaziy bank kredit tizimiga mansub tashkilotlar oldiga pul barqarorligini ta’minlash, hisob-kitoblar samaradorligiga erishish vazifalarini qo‘yish bilan birga ushbu vazifalarni bajarilishida pul kredit siyosatini shakllantirish hamda ro‘yobga chiqarish orqali bevosita ishtirok etadi. Mamlakatda amalga oshiriladigan pul-kredit siyosatining tarkibiy qismlari foizlar siyosatini, eng kam majburiy rezervlar siyosatini, ochiq bozor siyosatini, qayta moliyalashtirish, valyutani tartibga solish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri miqdoriy cheklovlar qo‘llash siyosatini o‘z ichiga oladi. Ushbu sohalarda Markaziy bank amalga oshiradigan siyosat aslida iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazish vositalaridan bo‘lib sanaladi va tijorat banklari to‘lov qobiliyatini muayyan darajada saqlab turishga qaratilgan. Naqd pul muomalasini yo‘lga qo‘yish ham Markaziy bankning tashkiliy funksiyalaridan bo‘lib, naqd pullar va tanga-chaqalar emissiyasini amalga oshirish, pul birliklarini muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish, rezerv banknotlar saqlanishi, tashilishi, ishlab chiqarilishini o‘z ichiga oladi. Naqd pulsiz hisob-kitob ishlarini tashkil qilish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan tashkiliy funksiyalardan sanaladi va bu funksiya kredit tashkilotlari korrespondentlik hisobvarag‘lari orqali banklararo hisob-kitoblarni yo‘lga qo‘yish, kredit tashkilotlariga bu sohada uslubiy yordam ko‘rsatish, naqd pulsiz hisob-kitob qoidalarini ishlab chiqish, qabul qilish va joriy etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 88 Ўзбекистон Республикасининг Марказий банки – банк тизимини бошқарув сохасидаги давлат ижроя органи. Юридик шахс сифатида қонун хужжатларида к¤рсатилган доирада банк хизматлари к¤рсатади, молия бозорида иштирок этади Банк тизимини ва бошқа кредит ташкилотлари фаолиятини бошқаради, пул-кредит сиёсатини шакллантиради ва рўёбга чиқаради Ўз таркибидаги хизмат кўрсатувчи корхоналарни бошқаради, ўқув юртлари фаолиятига раҳбарлик қилади Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар, Тошкент шаҳридаги худудий бошқармаларга эга ва уларнинг хуқуқий мақомини белгилайди Fuqarolar xuquqlarini himoya qilish va bank-kredit tizimlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash Markaziy bank funksiyalari orasida alohida o‘rin tutadi. «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunga asosan Markaziy bank: 1) tijorat bankini davlat ro‘yxatiga olish chog‘ida qonuniylik va maqsadga muvofiqlik jihatdan tekshiradi; 2) iqtisodiy-majburiy rezervlarni belgilaydi; 3) banklarning faoliyati ustidan bevosita kundalik nazoratni olib boradi. Markaziy bank tomonidan qabul qilinadigan normativ xujjatlar kredit tizimini va pul-kredit munosabatlarini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishning zarur xuquqiy mexanizmlarini belgilaydi va ushbu mexanizmlarni samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan yuridik shart-sharoitlar va kafolatlarni ta’minlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling