O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
-§. Markaziy bankning hukumat bilan o‘zaro munosabatlari
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
3-§. Markaziy bankning hukumat bilan o‘zaro munosabatlari
21 O‘zbekiston Respublikasining “Markaziy bank to’g’risida”gi qonuni . 2019y.15 noyabr. 79 Xukumat maslahatchisi-xazina vakili vazifasi. Bu vazifa “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumat banki sifatida davlat muassasalari va tashkilotlarining hisobvaraqlarini yuritadi, Ana shu hisobvaraqlarda mablag‘larni jamg‘aradi va ulardan to‘lovlarni amalga oshiradi, davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni o‘tkazib turadi, davlatga bevosita qisqa muddatli ssudalar shaklida yoki davlat obliga tsiyalarini harid qilish tarzida kredit beradi, hukumati doralarining topshirig‘iga binoan oltin bilan yoki xorijiy valyutada operatsiyalar bajaradi. Markaziy bank hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati pul-kredit va soliq-budjet siyosati sohasida hamkorlik qiladi. Markaziy bank va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiy siyosat uchun ahamiyatga ega bo‘lgan mo‘ljallanilayotgan harakatlar hamda erishilgan natijalar to‘g‘risida bir-birini xabardor qilishi va muntazam ravishda maslahatlashuvlar o‘tkazishi shart. Markaziy bank o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiy siyosati amalga oshirilishiga, uning asosiy maqsadlariga ziyon yetkazmagan holda, ko‘maklashadi. Markaziy bank va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tizimli moliyaviy tanazzul vujudga kelishining oldini olish va uning oqibatlarini kamaytirish maqsadida moliyaviy barqarorlik uchun tavakkalchilik omillarini birgalikda baholash, kelishilgan qarorlar majmuini ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirish orqali moliyaviy tizim barqarorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi. Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti (xazina vakili) sifatida ish tutadi. Markaziy bank hukumatga Markaziy bankning vazifalariga hamda vakolatlariga daxldor barcha muhim masalalar, davlat sektoriga qarz ajratish masalalari bo‘yicha maslahat beradi, har yili hukumatga iqtisodiy va moliyaviy masalalar, shuningdek monetar va valyuta siyosati bo‘yicha davlat byudjetini tayyorlashga doir tavsiyalarni o‘z 80 ichiga olgan ma’ruzani taqdim etadi. Hukumat o‘z navbatida kelgusi moliya yilida kreditlashning ichki va tashqi manbalaridan qarz ajratish to‘g‘risida Markaziy bank bilan maslahatlashadi. Moliya vazirligi esa respublika va davlat organlari olayotgan barcha qarzlar to‘g‘risida Markaziy bankka xabar beradi. Hukumat davlat sektoriga qarz ajratish masalalarida, kredit berishning ichki va tashqi manbalaridan mablag‘ olish rejalari to‘g‘risida Markaziy bank bilan maslahatlashadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumatning fiskal (xazina) agenti vazifasiga muvofiq hukumat hisobvaraqlarini yuritar ekan, hukumatning moliya operatsiyalarini amalga oshirishda ko‘maklashadi, budjet kirimlari va chiqimlari masalalari yuzasidan maslahatlar beradi, davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishda vakil sifatida ishlaydi, ular bo‘yicha hisobvaraqlarni yuritadi, davlat Qarz majburiyatlari bilan bog‘liq boshqa masalalarini hal etishdaqatnashadi. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling