O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashni tashkil etish. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi Qarori asosida “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat Qoidalari” tasdiqlangan. Mazkur me’yoriy hujjat tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil qilish hamda amalga oshirish tartibini belgilaydi. Bugungi kunda banklarda ichki nazoratni tashkil qilishda mazkur hujjat hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. CHunki banklarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga jalb etilishi iqtisodiyotning yashirin ko‘rinishga o‘ta borishiga imkon yaratadi. Tijorat banklarida ichki nazorat tizimi uch elementdan tarkib topadi, bular nazorat muhiti, ichki nazorat turlari, hamda ichki nazorat sub’ekti va ob’ektidan iborat. Ichki nazoratga baho berishda asosiy e’tiborniqaratadigan yana bir omil – bu ichki nazorat (ichki audit) bo‘limlarining mustaqillik darajasidir. Bunda mustaqillik darajasini aniqlash muammosi yuzaga keladi. Mustaqillik darajasi ichki nazorat bo‘limlarining ham moliyaviy jihatdan, ham har xil aralashuvlardan mustaqilligini aniqlash orqali baholash mumkin bo‘ladi. 211 Ichki nazorat bo‘limlarining aralashuvlardan holi ekanligini aniqlash esa mushkul masaladir. CHunki aksariyat holatlarda ularning aniq dalillari bo‘lmaydi. Bunda faqatgina ichki nazorat bo‘limlarining hisobdorligi, haqiqatda ular tomonidan birinchi kimga hisobot berishlari, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha buyruqlarni kim chiqarishi va ularni bartaraf etilishi qay tarzda amalga oshirilishini tahlil qilgan holda nisbiy aniqlash imkoni bo‘ladi. Bugungi kunda mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazorat ishini tashkillashtirish, uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, ushbu jarayonda har bir xodimning faol ishtirokini ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Umumiy jihatdan olib qaraganda bank ichki nazoratida bank barcha xodimlarining o‘z o‘rni bor, ya’ni bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan lavozim majburiyatlarida har bir xodimning operatsiyalarni bajarishdagi faqatgina o‘zigagina tegishli huquq va majburiyatlari belgilanadi va ana shu majbuiyatlar ichida nazorat mexanizmini amalga oshirishdagi shu xodimga tegishli ma’lum vazifa aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bu holat xodimning ichki nazorat xizmatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqadorligini anglatmaydi, lekin bank asosan mijozlar mablag‘lari bilan ish olib borishini inobatga olganda nazorat har bir bo‘g‘inda shartligi yaqqol ko‘rinadi. Mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazoratning amaliy jihatdan tashkil qilinishini inobatga olib, bank ichki nazoratining asosiy ish yo‘nalishlarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: 1. Bankda kundalik hujjatlashtirish va xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini to‘laqonli bajarishini nazorat qilish. 2. Banklarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat ishini tashkil etish. Ichki nazoratning birinchi yo‘nalishi yuzasidan asosiy meyoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2008-yil 3-mayda qabul qilingan 674-sonli “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma” hisoblanadi. SHuningdek tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan ichki 212 meyoriy hujjatlar va xodimlarning xizmat vazifalari to‘g‘risidagi buyruqlar shular jumlasidan. Bank faoliyati nazorati administrativ va moliyaviy nazorat liniyalari orqali amalga oshiriladi: Administrativ nazorat bank operatsyalarini faqatgina bank tomonidan o‘rnatilgan xizmat vazifalari taqsimoti asosida amalga oshirilishini ta’minlashi zarur. Moliyaviy nazorat aktivlar butligini saqlash, operatsiyalarning me’yoriy hujjatlar asosida bajarilishi, bank operatsiyalarini hisob va hisobotda to‘g‘ri aks ettirish va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlashga qaratiladi. Dastlabki nazoratda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish jarayoni nazoratga olinadi. Ichki nazorat xizmati bankda xodimlar bazasiga nisbatan o‘rnatilgan mezonlarga amal qilinishini nazorat qiladi. Ushbu mezonlar xizmat yo‘riqnomasida to‘la aks ettiriladi. Bunda xodimning klassifikatsiyasi (ma’lumoti, ish tajribasi) va individual xususiyatlariga katta etibor beriladi. Joriy nazoratda ichki nazorat xizmati bank xodimlari tomonidan operatsiyalar bajarishda qabul qilingan meyorlarga amal qilinishini doimiy monitoring qiladi. SHuningdek, xodimlarning o‘z xizmat majburiyatlariga to‘laqonli amal qilishi ham nazorat ostiga olinadi. So‘nggi nazoratda bankda mavjud ma’lumotlardan xodimlarning foydalanish imkoniyati, ya’ni xodimning ma’lumotlar bazasiga kirish yoki kirmasligi to‘la nazorat qilinadi. SHu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, hozirgi vaqtda tijorat banklarida xodimlarning bank amaliyotlarini mavjud meyoriy asoslarga tayanib bajarishiga ichki nazorat tizimida katta e’tibor berilmoqda. Xodimlarning bank operatsiyalarini to‘g‘ri bajarishi keyingi nazorat tomonidan muntazam kuzatib boriladi. Bugungi kunda bank operatsiyalarining murakkablashib borayotganini inobatga olib xodimlarni murakkab amaliyotlar bo‘yicha muntazam malakasini oshirib borish eng asosiy vazifalardan biridir. O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilikka asosan moliyaviy nazorat tizimida buxgalteriya operatsiyalarining dastlabki nazorati front ofis xodimlari yoki mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalar samaradorligi, 213 ularning bank ichki siyosatiga hamda amaldagi qonunchilikka mosligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar operatsiyalar xalqaro shartnomalar asosida xorijiy valyutada amalga oshirilayotgan bo‘lsa, shartnoma shartlariga rioya qilinishi ta’minlanadi. Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlari qabul qilinayotganda quyidagi jihatlarga kata e’tibor qaratilishi kerak: ❖ Ularning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning normativ- huquqiy hujjatlarida belgilangan shakldagi blankda yozilib to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi; ❖ Barcha rekvizitlar to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilganligi; ❖ Ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaganligi; ❖ Hisobvaraqni tasarruf etuvchilarning imzolari va muhr izi taqdim etilgan namunalarga mosligi va boshqalar. Dastlabki nazoratni amalga oshirgan xodim quyidagi hollarda pul hisob-kitob hujjatini ijro uchun qabul qilmaydi: - Hujjatda belgilangan talablarga zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa; - Hujjatda summa, mijozlar nomi va ularning hisobvaraqlari raqami o‘zgartirilgan bo‘lsa ; - Hujjat mijozlar tomonidan o‘zaro kelishilgan tartibda o‘zgartirish kirtilgan bo‘lsa; - To‘lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tushadigan reestri mavjud bo‘lmagan holda; - Mijozning talab qilib olinguncha deposit hisobvarag‘ida to‘lov uchun etarli mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda (budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari mijozning hisobvarag‘ida to‘lov uchun etarli mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda 2-son kartatekaga qabul qilinadi); - To‘lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo‘yish uchun foydalaniladigan e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lmasa. 214 Joriy nazorat bek ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan pul hisob- kitob hujjatlarining asl va elektron nushalarini qabul qilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Joriy nazoratda xodim quyidagi nazorat tadbirlarini amalga oshiradi; ❖ Dastlabki nazoratdan o‘tkazilgan to‘lov hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi va ularning elektron nushalarining to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini qaytadan tekshiradi; ❖ Hujjatlardagi muhr izi va imzolarni o‘zlarida mavjud muhr izi va imzo namunalari bilan solishtiradi; ❖ To‘lov hujjatlarinig asl nushasida front ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalterning imzolari va shtampi borligini tekshiradi; ❖ Bankning ichki moliya-xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha kelib tushgan to‘lov hujjatlarining asl va elektron nushalari hamda ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos bo‘lgan bank tegishli bo‘linmalari Xizmat farmoyishlarining nushalari to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, xato va kamchiliklar yo‘qligi tekshiriladi. YAkuniy nazorat banklarda amaliyot kuni tugaganidan so‘ng, kunlik operatsiyalar uchun asos bo‘lgan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda tikilib va rasmiylashtirilib bo‘lingandan keyin amalga oshiriladi. Bunda yakuniy nazorat xodimlari bankning elektron ma’lumotlar bazasiga kirib hujjatlarning asl va elektron nushalarini nazoratdan o‘tkazadi. YAkuniy nazorat xodimi bank operatsiyalarini bajarish uchun asos bo‘lgan barcha hujjatlarni talab qilishga va ular asosida operatsiyalar qanchalik darajada to‘g‘ri va maqsadga muvofiq bajarilganligi bo‘yicha bank rahbariyatiga xulosa berishi mumkin. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling