O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish deganda
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
- Bu sahifa navigatsiya:
- Terrorizmni moliyalashtirish
- Ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish deganda
— pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, ularni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan ularning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, xuddi shuningdek bunday pul mablag‘larining yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat bo‘lgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmishni tushunish lozim. Terrorizmni moliyalashtirish — terrorchilik tashkilotining mavjud bo‘lishini, faoliyat ko‘rsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik 205 faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni ta’minlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘- vositalarni, resurslarni berishga yoki yig‘ishga, boshqa xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmishdir. Ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish — yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurolini, bunday qurolni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon bo‘lgan materiallarni hamda uskunalarni yaratish, ishlab chiqarish, olish, to‘plash, saqlash, o‘tkazish, foydalanish maqsadida har qanday mablag‘-vositalarni, resurslarni berish yoki yig‘ish, boshqa xizmatlar ko‘rsatishni ifodalaydi. Qonunga ko‘ra jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi: -maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat; -ichki nazorat; -mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar; -tavakkalchiliklarni aniqlashga, baholashga va kamaytirishga doir choralar. Ushbu yo‘nalishda tashkil etilgan maxsus vakolatli davlat organi doimiy ravishda qonun talablariga nazoratni amalga oshirishi lozim. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar taqdim etadigan axborotni tekshirish va qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga 206 oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadigan chora-tadbirlar majmuini o‘zida mujassamlashtiradi. Ichki nazorat pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyatidir. Ichki nazorat amalga oshirilayotganda zarur axborotni rasmiylashtirish, uning maxfiyligini ta’minlash tartibi, kadrlarni tayyorlash va o‘qitishga doir malaka talablari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni aniqlash mezonlari va ularning alomatlari belgilanadi. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalari tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda, bunday organlar bo‘lmagan holda esa, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi; Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat mazkur qoidalarni tasdiqlagan organlar, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning quyidagi majburiyatlari yuqoridagi qonunga asosan belgilab berilgan. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar: ichki nazorat tizimlarini tashkil qilishi va joriy etishi; identifikatsiyalash tartib-taomillarini amalga oshirishi va mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishi, shu jumladan mijoz va uning mulkdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni verifikatsiyalashi hamda muntazam yangilab borishi; mulkdorlar va mijozlarni nazorat qiluvchi shaxslarni identifikatsiyalashi hamda ularning shaxsini tekshirish bo‘yicha imkon qadar choralar ko‘rishi; 207 jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bo‘yicha o‘z tavakkalchiliklarini aniqlash hamda baholash choralarini ko‘rishi, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlar bilan qayd etishi va ularni kamaytirish yuzasidan choralar ko‘rishi; mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, hisobvaraq ochishni, operatsiyani amalga oshirishni, amaliy munosabatlarga kirishishni rad etishi va mavjud amaliy munosabatlarni tugatishi, shuningdek shubhali operatsiya to‘g‘risidagi xabarni maxsus vakolatli davlat organiga yuborishi; shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni, shu jumladan ularni amalga oshirishga bo‘lgan urinishlar to‘g‘risidagi xabarlarni ular aniqlangan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirmay maxsus vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda yuborishi; operatsiya ishtirokchilarini terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxati bilan solishtirishi; terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to‘xtatib turishi, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalar mustasno, va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yishi, shuningdek shubhali operatsiya to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishi shart. Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol- 208 mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol- mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. 60 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh ( FATF )ning tavsiyalari ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 20 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoevning “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiyani tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3947-son qarori qabul qilingan bo‘lib unda respublikaning moliyaviy tizimini yanada mustahkamlash va takomillashtirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimining umumqabul qilingan xalqaro normalar va andozalarga muvofiqliligini ta’minlash maqsadida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Evroosiyo guruhiga a’zo davlatlarning o‘zaro baholashning ikkinchi bosqichini o‘tkazish rejasiga muvofiq 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini o‘zaro baholash rejalashtirilgan. O‘zaro baholashning ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tishi va Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (FATF)ning tavsiyalari ijrosini ta’minlash maqsadida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda 60 “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonun. T.2004y.26 avgust. 209 ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar ishtirokida xavflarni milliy darajada baholash o‘tkazilishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyasi tasdiqlagan bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (Departament) Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi. Komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: -jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq xavflarni baholash bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, shuningdek, uning asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish va choralar ko‘rish; -jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; -FATF tavsiyalaridagi talablarni va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilishni ta’minlash; -jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va boshqalar. 210 Bugungi kunda tijorat banklarida ichki nazoratni tashkil etishda banklarning ichki meyoriy hujjatlaridan keng foydalanilmoqda. CHunki etibor qilinadigan bo‘lsa Markaziy bank va boshqa vakolatli organlar tomonidan ishlab chiqilgan va banklarga tavsiya etilgan meyorlar ushbu tizimning umumiy xususiyatlarini qamrab oladi va har bir bank boshqaruvi o‘z ichki mee’yorlari asosida ichki nazorat xizmatini to‘liq va samarli tashkil etadi. 2-§. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling