O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


YUridik shaxslarni identifikatsiyalashda zarur bo‘ladigan ma’lumotlar


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

YUridik shaxslarni identifikatsiyalashda zarur bo‘ladigan ma’lumotlar
62
 
№ 
YUridik shaxslarning zaruriy ma’lumotlari 
1. 
To‘liq, shuningdek, agar davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi 
guvohnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, qisqartirilgan nomi; 
2. 
Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumot: sana, raqam, 
ro‘yxatga oluvchi organ nomi; 
3. 
Soliq to‘lovchining identifikatsion raqami 
4. 
Joylashgan eri (pochta manzili) 
5. 
Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan 
boshqa ma’lumotlar 
6. 
Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun 
mavjud bo‘lgan litsenziyalar to‘g‘risida ma’lumotlar: faoliyat turi, 
litsenziyaning raqami va berilgan sanasi; kim tomonidan berilganligi; 
amal qilish muddati 
62
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5296 –sonli farmoni. T.: 2018 yil 9 
yanvardagi farmon asosida tuzildi 



217 
7. 
Imzo huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxs nomidan 
ish ko‘ruvchi jismoniy shaxsning identifikatsiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar 
8. 
YUridik shaxs ta’sischilari (yirik aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi 
hamda mijozning ustav fondi (kapitali)dagi ularning ulushlari to‘g‘risida 
ma’lumotlar 
9. 
Ro‘yxatga olingan va to‘langan ustav fondi (kapitali) miqdori 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
10. YUridik shaxs boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv 
organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
11. Telefon raqamlari. 
Bank faoliyati nazorati administrativ va moliyaviy nazorat liniyalari orqali 
amalga oshiriladi: Administrativ nazorat bank operatsyalarini faqatgina bank 
tomonidan o‘rnatilgan xizmat vazifalari taqsimoti asosida amalga oshirilishini 
ta’minlashi zarur. Moliyaviy nazorat aktivlar butligini saqlash, operatsiyalarning 
me’yoriy hujjatlar asosida bajarilishi, bank operatsiyalarini hisob va hisobotda 
to‘g‘ri aks ettirish va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlashga 
qaratiladi.
Dastlabki nazoratda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish jarayoni nazoratga 
olinadi. Ichki nazorat xizmati bankda xodimlar bazasiga nisbatan o‘rnatilgan 
mezonlarga 
amal 
qilinishini 
nazorat 
qiladi. 
Ushbu 
mezonlar 
xizmat 
yo‘riqnomasida to‘la aks ettiriladi. Bunda xodimning klassifikatsiyasi (ma’lumoti, 
ish tajribasi) va individual xususiyatlariga katta e’tibor beriladi.
6-jadval 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling