O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
8. Ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa ma’lumotlar Ichki nazoratning birinchi yo‘nalishi yuzasidan asosiy me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2008-yil 3-mayda qabul qilingan 674-sonli “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma” hisoblanadi. SHuningdek tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan ichki meyoriy hujjatlar va xodimlarning xizmat vazifalari to‘g‘risidagi buyruqlar shular jumlasidandir. Joriy nazoratda ichki nazorat xizmati bank xodimlari tomonidan operatsiyalar bajarishda qabul qilingan meyorlarga amal qilinishini doimiy monitoring qiladi. SHuningdek, xodimlarning o‘z xizmat majburiyatlariga to‘laqonli amal qilishi ham nazorat ostiga olinadi. So‘nggi nazoratda bankda mavjud ma’lumotlardan xodimlarning foydalanish imkoniyati, ya’ni xodimning ma’lumotlar bazasiga kirish yoki kirmasligi to‘la nazorat qilinadi. SHu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, hozirgi vaqtda tijorat banklarida xodimlarning bank amaliyotlarini mavjud meyoriy asoslarga tayanib bajarishiga ichki nazorat tizimida katta e’tibor berilmoqda. Xodimlarning bank operatsiyalarini to‘g‘ri bajarishi keyingi nazorat tomonidan muntazam kuzatib boriladi. Bugungi kunda bank operatsiyalarining murakkablashib borayotganini inobatga olib xodimlarni murakkab amaliyotlar bo‘yicha muntazam malakasini oshirib borish eng asosiy vazifalardan biridir. Dastlabki nazoratni amalga oshirgan xodim quyidagi hollarda pul hisob-kitob hujjatini ijro uchun qabul qilmaydi: - Hujjatda belgilangan talablarga zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa; - Hujjatda summa, mijozlar nomi va ularning hisobvaraqlari raqami o‘zgartirilgan bo‘lsa ; 221 - Hujjat mijozlar tomonidan o‘zaro kelishilgan tartibda o‘zgartirish kirtilgan bo‘lsa; - To‘lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tushadigan reestri mavjud bo‘lmagan holda; - Mijozning talab qilib olinguncha deposit hisobvarag‘ida to‘lov uchun etarli mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda (budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari mijozning hisobvarag‘ida to‘lov uchun etarli mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda 2-son kartatekaga qabul qilinadi); - To‘lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo‘yish uchun foydalaniladigan e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lmasa. Joriy nazorat bek ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan pul hisob- kitob hujjatlarining asl va elektron nushalarini qabul qilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Joriy nazoratda xodim quyidagi nazorat tadbirlarini amalga oshiradi; ❖ Dastlabki nazoratdan o‘tkazilgan to‘lov hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi va ularning elektron nushalarining to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini qaytadan tekshiradi; ❖ Hujjatlardagi muhr izi va imzolarni o‘zlarida mavjud muhr izi va imzo namunalari bilan solishtiradi; ❖ To‘lov hujjatlarinig asl nushasida front ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalterning imzolari va shtampi borligini tekshiradi; ❖ Bankning ichki moliya-xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha kelib tushgan to‘lov hujjatlarining asl va elektron nushalari hamda ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos bo‘lgan bank tegishli bo‘linmalari Xizmat farmoyishlarining nushalari to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, xato va kamchiliklar yo‘qligi tekshiriladi. YAkuniy nazorat banklarda amaliyot kuni tugaganidan so‘ng, kunlik operatsiyalar uchun asos bo‘lgan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda tikilib va rasmiylashtirilib bo‘lingandan keyin amalga oshiriladi. Bunda yakuniy nazorat xodimlari bankning elektron ma’lumotlar bazasiga kirib hujjatlarning asl va elektron nushalarini nazoratdan o‘tkazadi. YAkuniy nazorat xodimi bank 222 operatsiyalarini bajarish uchun asos bo‘lgan barcha hujjatlarni talab qilishga va ular asosida operatsiyalar qanchalik darajada to‘g‘ri va maqsadga muvofiq bajarilganligi bo‘yicha bank rahbariyatiga xulosa berishi mumkin. Ichki nazoratga nisbatan bunday kompleks yondashuv banklar faoliyatida uchraydigan barcha risklarni aniqlash, tahlil qilish va oldini olish, shuningdek operatsiyalar samaradorligini baholashda operativlikni taminlaydi. Banklarda Bank Kengashi, Bank boshqaruvi, ichki va tashqi auditorlar ichki nazoratni tashkil qilish va uning samarali faoliyat yuritishida ma’lum vazifalarni bajaradi: 1- Ichki nazorat tizimini shakllantirish; 2- Ichki nazorat tizimi ishini ko‘zatib borish; 3- Ichki nazorat tizimi ish faoliyatini tashkil qilish; 4- Ichki nazorat tizimining ishini nazorat qilish; 5- Ichki nazorat tizimi ishini tekshirib turish; 6- Ichki nazorat tizimi ishini baholash; Bank sohasini isloh qilishning ustuvor jihati oqilona bank nazoratini amalga oshirishdan iboratdir. SHu jihatdan, respublikamizda ta’sirchan bank nazorati tizimi iqtisodiyotning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan asosiy o‘zak ekanligini hisobga olgan holda Markaziy bank tomonidan banklarni nazorat qilish faoliyati «oldindan ogohlantirish tizimi» asosida tashkil etilgan. Tijorat bankining ichki nazorat tizimi bank faoliyatining jihatlari, asosiy yo‘nalishi, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan bog‘liq xatarlar darajasini hisobga olgan holda tashkillashtiriladi. Masalan, yirik banklarda bu xizmat alohida department shaklida, shu bank filiallari tarmog‘ida esa alohida bo‘lim sifatida tashkil etilib, xodimlar bazasi ham ichki nazoratni muofiq darajada olib borish uchun etarli bo‘lishi zarur. Tijorat banki ichki nazorat tuzilmasi quyidagi rasmda keltirilgan. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling