O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

БАНК БОШҚАРУВИ 
Ички назорат хизмати 
Филиал раҳбари 
Филиал раҳбари 
Филиал раҳбари 


223 
7-rasm. Tijorat banki ichki nazorat tuzilmasi 
65
 
Rasmdan ko‘rinadiki, filiallardagi ichki nazorat xizmati xodimlari bevosita 
filial rahbariga bo‘ysunadi. Ushbu tashkiliy tuzilma ichki nazorat xodimining 
rahbarga aniqlangan kamchiliklar, aktivlardan samarali foydalanish yo‘nalishlari 
haqida o‘z vaqtida aniq axborotni etkazib borishiga imkon yaratadi. Ichki nazorat 
xizmati boshqarmasi esa bank bo‘g‘inlaridagi nazorat tizimi uchun umumiy 
yo‘riqlarni ishlab chiqadi, mas’ul xodimlarning xuquq va majburiyatlari, ish 
faoliyatini tashkil qilish tartibini belgilab beradi. 
Jahon tajribasi ko‘rsatadiki, nazorat tizimida ishlovchi xodimlar bank 
bo‘linmalari tomonidan bajariladigan barcha operatsiyalar tavsifi haqida to‘liq 
tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Xususan, yirik fransuz banklari (Societe General, 
Credit Agricoli Agricole, BNP-Paribas va boshqalar)da nazorat tizimi rahbarlariga 
kamida 8-10 yil ish tajribasi bo‘lishi va yoshi 35-40 dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Ichki nazorat xizmati rahbari yoki xodimi lavozimiga quyidagi shaxslar 
tayinlanishi mumkin emas: 
 o‘z faoliyati va axlohida ishonib topshirilgan bo‘linmani noto‘g‘ri 
boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaxslar; 
 iqtisodiyot sohasidagi jinoyati uchun avval sud tomonidan jinoiy 
javobgarlikka tortilgan shaxslar. 
Umuman mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazoratni tashkil etish va 
uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash borasida umumiy jihatdan etarlicha 
65
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2009 yil 13 oktyabrdagi 23/6, 32-sonli
“Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va 
ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini 
tasdiqlash haqida” qarori asosida tuzildi. 


224 
huquqiy asos mavjud va bunda ko‘proq e’tiborni ushbu yo‘nalishning bank 
boshqaruvida etarlicha o‘rin tutishini ta’minlashga qaratish kerak. Bunda 
xodimlarni rivojlangan mamlakatlar bank tizimi, shuningdek xalqaro miqyosda 
tashkil qilingan maxsus tashkilotlar (masalan FATFning hududiy guruhlari) ish
faoliyati bilan tanishtirish hamda ular tomonidan ishlab chiqilayotgan va 
amaliyotga joriy qilinayotgan taklif va tavsiyalarni bevosita kuzatish imkoniyatini 
yaratib berish lozim. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling